Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

Yuritishga talablar 
Tr 
Barcha ko’rsatib o’tilgan
hujjatlarda quyidagilar 
amalga
oshirilgan bo’lishi lozim: 
Mas’ul 


207 
1. 
Nomerlangan 
Pensiya tayinlash, Pensiya va nafaqalar 
to’lovi monitoringi guruhlari rahbarlari, 
huquqshunoslar 
2. 
Tikilgan 
Pensiya tayinlash, Pensiya va nafaqalar 
to’lovi monitoringi guruhlari rahbarlari, 
huquqshunoslar 
3. 
Imzolar bilan tasdiqlangan 
Pensiya tayinlash, Pensiya va nafaqalar 
to’lovi monitoringi guruhlari rahbarlari, 
huquqshunoslar 
4. 
Muhr qo’yilgan 
Bo’lim boshlig’i 
5. 
Yozuvlar o’chirilishlar va 
o’zgartirishlarsiz
Pensiya tayinlash, Pensiya va nafaqalar 
to’lovi monitoringi guruhlari rahbarlari, 
huquqshunoslar 
6. 
Barcha rekvizitlar bilan 
to’ldirilgan 
Pensiya tayinlash, Pensiya va nafaqalar 
to’lovi monitoringi guruhlari rahbarlari, 
huquqshunoslar 
7. 
O’z vaqtida yopilgan
Pensiya tayinlash, Pensiya va nafaqalar 
to’lovi monitoringi guruhlari rahbarlari, 
huquqshunoslar 
Pensiya jamg’armasi bo’limi arxivida saqlanayotgan pensiya (ijtimoiy nafaqa) 
to’lovlari amalga oshirilayotgan yoki to’xtatilgan pensiya yig’majildlari pensiya 
yig’majildlarini alfavit tartibida ro’yxatga olish kitoblarida ro’yxatga olinadi. 


208 
Bunda alfavit kitobidagi qayd etish raqami pensiya yig’majildiga beriladi. 
Alfavitning har bir harfi bo’yicha bir raqamidan boshlab alohida tartib raqamlari 
qo’yib chiqiladi. 
Pensiya jamg’armasi arxividagi pensiya yig’majildlarining saqlanishi uchun 
javobgarlik arxivariusga (Pensiya jamg’armasi bo’limi boshlig’ining buyrug’i 
bilan tayinlangan mas’ul xodimga) yuklatiladi. Pensiya (ijtimoiy nafaqa) tayinlash 
rad etilgan shaxslar yig’majildlari arxivda alohida saqlanadi. Ushbu yig’majildda 
quyidagi hujjatlar bo’lishi lozim
97


pensiya (ijtimoiy nafaqa) tayinlash yuzasidan ariza; 

ariza va ilova qilingan hujjatlarning olinganligi to’g’risidagi tilxat nusxasi; 

ish staji va ish haqi hisob-kitobi; 

arizachi tomonidan taqdim etilgan yoki Pensiya jamg’armasi bo’limi 
tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar kseronusxalari yoki ko’chirmalari; 

pensiya (ijtimoiy nafaqa) tayinlash rad etilganligi to’g’risidagi komissiya 
qarori yoki xabarnoma kseronusxasi. Agar xabarnoma arizachining shaxsan 
qo’liga berilgan bo’lsa, uning kseronusxasida qaytarilayotgan hujjatlarning 
olingan sanasi ko’rsatilgan holda, arizachining imzosi bo’lishi lozim. 
Agar qaytarilayotgan hujjatlar pochta orqali jo’natilgan bo’lsa, buyurtma xat 
orqali jo’natilganligi to’g’risida kvitantsiya raqami va sanasi ko’rsatiladi. Yuqorida 
ko’rsatib o’tilgan hujjatlar pensiya yig’majildi muqovasiga tikiladi va alfavit 
tartibida saqlanadi. Pensiya yig’majildi muqovasida arizachining familiyasi, ismi, 
otasining ismi va yashash manzili ko’rsatiladi. 
Pensiya jamg’armasi bo’limida saqlanayotgan pensiya yig’majildlari Pensiya 
jamg’armasi bo’limida pensiya yig’majildlarini olishga huquqi bo’lgan 
xodimlarga, arxivdan pensiya yig’majildlarining berilishini ro’yxatga olish 
kitoblarida berilishi holatini oldindan qayd etish orqali beriladi. Pensiya 
yig’majildlarini arxivdan berish va qaytarilishini nazorat qilish arxivariusga 
yuklatiladi. Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish (FHDYo) bo’limlari har 
97
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining «Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya 
hujjatlarining shakllari va ularni to’ldirish qoidalari to’g’risidagi yo’riqnomani tasdiqlash haqida»gi 2011 yil 14 
oktyabrdagi 63-son buyrug’i. "O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami". 2011 yil. 45-46-son. 483-
modda.


209 
oyda joriy oyning 5-sanasiga qadar o’tgan oy uchun vafot etgan pensioner (nafaqa 
oluvchi)lar ro’yxatini belgilangan shakl bo’yicha Pensiya jamg’armasi bo’limiga 
taqdim etadi. Pensiya va nafaqalar to’lovi monitoringi bo’limi inspektori ushbu 
ro’yxatga asosan vafot etgan pensioner (nafaqa oluvchi)lar pensiya yig’majildlarini 
yopish ishlarini amalga oshiradi. 
Pensiya jamg’armasi bo’limi xodimlari pensiya yig’majildlari butligini 
ta’minlash uchun barcha zarur choralar ko’rishi lozim. Ma’lum bir sabablarga 
ko’ra (yong’in, suv toshqini va favqulodda xarakterga ega bo’lgan boshqa 
hodisalarda) pensiya yig’majildi yo’qolgan yoki saqlanmagan taqdirda pensiya 
yig’majildi dublikati tiklanadi. Pensiya yig’majildi dublikatida pensiya yoki 
ijtimoiy nafaqa tayinlash (qayta hisoblash)ga doir barcha hujjatlar, shaxsiy 
hisobvaraq kseronusxasi, shuningdek Pensiya jamg’armasi bo’limi arxivida 
pensiya yig’majildi mavjud emasligi to’g’risida ma’lumotnoma tikiladi. Pensiya 
yig’majildi muqovasida, shuningdek unda mavjud barcha hujjatlarda "Dublikat" 
belgisi va uning rasmiylashtirilgan sanasi yoziladi. Pensiya yig’majildi dublikati 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasi hududiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi. Pensiya jamg’armasi 
bo’limi arxivariusi o’zi egallab turgan lavozimidan ozod qilingan taqdirda Pensiya 
jamg’armasi bo’limi boshlig’i buyrug’i asosida tashkil etilgan ishchi guruhi 
tomonidan pensiya yig’majildlari qabul qilish-topshirish ishlari amalga oshiriladi. 
Ishchi guruh pensiya tayinlash guruhi rahbari, inspektori va yuriskonsultdan iborat 
bo’ladi. Inspektor ishdan bo’shatilgan taqdirda, Pensiya jamg’armasi bo’limi 
arxividan pensiya yig’majildlarini qaytarish bo’yicha qarzdorligi mavjud emasligi 
to’g’risida aylanma varaqda arxivarius belgisi qo’yilishi lozim. 
Pensiyani qayta xisoblashni, bir turdagi pensiyadan boshqa turdagi pensiyaga 
o’tkazishni, avval tayinlangan pensiyani tiklashni so’rab yozilgan ariza, tegishli 
hujjatlar bilan birga bo’limga topshiriladi. Pensiyalarni qayta xisoblash bir turdagi 
pensiyadan boshqa turdagi pensiyaga o’tkazish, avval tayinlangan pensiyani 
tiklash to’g’risidagi arizalar 5 kun ichida ko’rib chiqiladi.Fuqaro qayta hisoblash 


210 
uchun qo’shimcha xujjatlar bilan murojaat etganda tayinlash guruhi raxbari va 
inspektori
98
:
a) taqdim qilinayotgan xujjatlar va qayta xisoblash bo’yicha arizani bo’lim 
boshlig’i yoki birinchi o’rinbosarga kiritadi; 
b) bo’lim boshlig’i yoki birinchi o’rinbosar arizaga tegishli ko’rsatma 
qo’yadi; 
v) tayinlash guruxi inspektori arizani qabul qilib olganligi to’g’risida murojaat 
etuvchiga tilxat yozib beradi va qayd etish kitobiga ro’yxatga oladi. 
Ariza ro’yxatga olingandan keyin, tegishli hujjatlar bilan birga tayinlash 
guruxi inspektori tomonidan qayta hisoblanadi va tekshirish uchun tayinlash guruh 
raxbariga beriladi va tasdiqlash uchun Komissiyaga taqdim etiladi. Pensiyalarni 
qayta hisoblashdagi hujjatlar ko’rsatilgan tartibda tikiladi. Pensiyani qayta 
hisoblashda, bir turdagi pensiyadan boshqa turdagi pensiyaga o’tkazishda, avval 
tayinlangan pensiyani tiklashni rad etilgan xolda, Komissiyaning tegishli qarori 
chiqarilgan kundan boshlab 5 kun ichida rad etish sababi va arz qilish tartibi 
tushuntirilib, arizachiga yoki korxona, muassasa, tashkilotga xabarnoma yuboradi 
va taqdim etilgan hujjatlarning aslini qaytaradi.
Pensiya noto’g’ri tayinlanganligi aniqlangan hollarda, pensiya to’lovini 
to’xtatish masalasi Komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi va bayonnoma bilan 
rasmiylashtirilib, 5 kun ichida fuqaroga yoki korxona, muassasa, tashkilotga 
bayonnomadan ko’chirma beriladi. Pensiya to’lovi qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda to’xtatilganda, (masalan pensiya to’lash muddati tugaganda, pensioner 
vafot etganda yoki pensiya to’lovi vaqtincha to’xtatilganda, tibbiy mexnat ekspert 
komissiyasidan (TMEK) ko’rigidan o’tish muddati o’tkazib yuborilganda, 
pensioner ozodlikdan maxrum etish jazosiga xukm qilingan xollarda), pensiya 
to’lashni to’xtatish yoki vaqtincha to’xtatib turish pensiya va nafaqalar to’lovi 
bo’yicha monitoring guruhi tomonidan pensiya ishining maxsus grafasiga to’lov 
98
O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining «Pensiya hujjatlarning shakllari 
va ularni to’ldirish qoidalari hamda pensionerlar yig’ma jildini rasmiylashtirish va yuritish taribi haqida 
yo’riqnomani tasdiqlash to’g’risida»gi 2007 yil 23 iyuldagi 118-son buyrug’i. O’zbekiston Respublikasi qonun 
xujjatlari to’plami. 2007 yil. 35-36-son, 368-modda. 


211 
qachondan to’xtatilganligi va to’xtatilish sababini ko’rsatilib, rasmiylashtiriladi. 
Fuqaro TMEK ko’rigidan o’z vaqtida o’tmasdan keyinchalik o’tganda, unga 
O’zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti 
to’g’risida"gi Qonuni 55-moddasiga asosan pensiyani to’lash Komissiya qaroriga 
asosan 
rasmiylashtiriladi. 
Pensiyani 
tiklash 
Komissiya 
qarori 
bilan 
rasmiylashtiriladi. Pensiyani tiklash rad etilgan hollarda, bu haqda arizachi 5 
kunlik muddatda yozma ravishda xabardor qilinadi. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish