198
Hisoblangan to’lovlar summasi g’aznachilikning Yagona g’azna hisobvarag’iga
o’tkaziladi, ushbu mablag’lar Davlat byudjeti va O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi o’rtasida mazkur
Nizomning belgilangan normativlar bo’yicha taqsimlanadi.
Hisob-kitoblarni
bugungi kundagi o’rtacha oylik ish haqiga nisbatan yoki jami mehnat haqi fondiga
nisbatan aniqlaganda natija, albatta, korxona uchun yanada yuqori bo’lishini
kuzatish mumkin. Bu holat qaysi nisbatda bo’lishi kerak, - degan savol tug’iladi.
To’g’ri, byudjetga tushadigan barcha to’lovlar va ushlanmalarni olib tashlash
mumkin emas, negaki ular maqsadli xarakterga ega. Qator yillar davomida
davlatning byudjet tizimini isloh qilish borasidagi harakatlari natijasida yagona
ijtimoiy to’lov 40,0 foizdan 25,0 foizga tushirildi.
Lekin bu erda stavkani
kamaytirish yoki olib tashlash masalasi to’g’risida emas, balki stavkani imkon
qadar optimallashtirish to’g’risida gap borishi kerak. Yagona ijtimoiy to’lov
ob’ektini to’g’ri tanlash mezonlarini ham esdan chiqmasligi kerak.
Ijtimoiy ta’minotning
maqsadli
mablag’lari manbalari ichida Pensiya
jamg’armasi ham alohida o’rin egallaydi. Shu bois pensiya ta’minoti
mamlakatimizda shakllangan ijtimoiy muhofaza tizimining muhim tarkibiy qismi
bo’lib, mehnatga layoqatsiz aholi va kam ta’minlangan fuqarolarning turmush
darajasi va farovonligini ta’minlashga
qaratilgan iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy,
tashkiliy xususiyatga ega kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko’zda
tutadi. Bunda davlat tomonidan fuqarolarning yaxshi yashashi uchun byudjet
hisobidan yuqoridagi ijtimoiy qatlamlarga ajratilayotgan mablag’lardan samarali
foydalanish maqsadida qat’iy byudjet nazoratini samarali tashkil etish talab etiladi.
Pensiya ta’minoti tizimini isloh etishning asosiy sababi davlatning pensiyaga oid
majburiyatlarini bajarishi uchun moliyaviy resurslarning etishmasligidir va bu
muammo aholining keksayib borishiga muvofiq kuchayib, murakkablashib boradi.
Aholining
hayot sharoitlarini yaxshilash, turmush farovonligini yanada oshirish
maqsadida ijtimoiy sohaning istiqboldagi rivojlantirilishi yuqori iqtisodiy o’sish
sur’atlarini
ta’minlash,
ishlab
chiqarishni
modernizatsiyalash
va
199
diversifikatsiyalash,
iqtisodiyotni
tarkibiy
jihatdan
o’zgartirish,
milliy
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga bog’liq.
Pensiya tizimining kelgusidagi rivojlanish bosqichlarini jadallashtirish va ijtimoiy
himoya tizimida yangi o’zgartirishlarni amalga oshirish, tizimga innovatsiyalarni
tatbiq etish orqali hamda Pensiya jamg’armasi daromadlarining yangi manbalarini
shakllantirishdan va bu mablag’lardan samarali foydalanishni
yangicha usullarini
talshkil etish orqali ko’zlangan maqsadga erishish mumkin. Shuningdek, taraqqiy
etgan mamlakatlar tajribalaridan kelib chiqib, O’zbekistonda xususiy pensiya
fondlari faoliyatini tashkil etishning huquqiy
asoslarini ishlab chiqish, pensiya
tizimini rivojlantirishda jahonning rivojlangan mamlakatlar pensiya tizimi
borasidagi tajribalarini o’rganish, ulardan mamlakatimiz pensiya tizimining o’ziga
xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ijodiy foydalanish mumkin.
Iqtisodiy rivojlanishning bugungi bosqichida rivojlangan mamlakatlarning
ko’pchiligi ijtimoiy himoya tizimini yuqori darajaga olib chiqishdi,
shuningdek,
tizimga yangilik va innovatsiyalarni olib kirishda davom etishmoqda.
Respublikamizda aholini ijtimoiy himoyalash tizimini mukammallashtirish,
jumladan, uning qonuniy-huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda me’ëriy
normativ hujjatlar yartish asosida tizimni rivojlantirish mustaqillika erishilgandan
hozirga qadar eng dolzarb yo’nalishlardan biri sifatida e’tiborlidir. O’zbekistonga
sobiq Ittifoq tizimidan meros bo’lib qolgan pensiya ta’minoti tizimi bozor
iqtisodiëtiga
javob
berolmaydigan,
asosan,
davlat
byudjetidan
moliyalashtiriladigan ijtimoiy ta’minot tizimiga aylanib qolgan edi. Pensiya
tizimini
rivojlantirish
istiqbollarini
yaratishdagi
qonuniy-huquqiy bazani
mukammal darajada rivojlantirish mamlakatimizda umr davomiyligi oshib
boraëtgan bir davrda aholini pensiya oluvchi qismini moddiy ta’minlashda va
ularning turmush darajasini yaxshilashda eng muhum vazifalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: