Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

 
1.4. 
jismoniy 
shaxslar ayrim 
dehqon 
xo’jaliklari a’zolarining ixtiyoriy tartibda 
to’lanadigan sug’urta badallari
 
89
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi 
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi to’g’risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 30-son Qarori. 


190 
toifalarining 
sug’urta 
badallari
 
1.5. 
majburiy 
ajratmalar 
 
Hisoblangan jarimalar summasining bir qismi hamda 
majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlar o’z 
vaqtida 
to’lanmaganligi 
uchun 
penyalar 
(qonun 
hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlarini 
ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnik ta’minlash 
maxsus jamg’armasiga hamda Jamg’arma xodimlarini 
ijtimoiy 
rivojlantirish 
va 
moddiy 
rag’batlantirish 
jamg’armasiga undiriladigan summalardan tashqari)
 
1.6. 
 
Yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo’jaligi kooperativi 
(shirkati), fermer va dehqon xo’jaligi qayta tashkil 
etilganda yoki tugatilganda mehnat vazifalarini bajarish 
bilan bog’liq holda mayib bo’lgan, kasb kasalligiga 
chalingan yoki sog’lig’iga boshqacha shikast etkazilgan 
xodimga etkazilgan zararni qoplash uchun to’lanadigan 
summalar
 
1.7. 
 
Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, 
Davlat byudjeti mablag’lari va ixtiyoriy badallar.
 
O’zbekiston Respublikasida byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi pensiya 
ta’minoti tizimidagi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, davlat ijtimoiy 
sug’urtasi bo’yicha majburiy badallar, ajratmalar va to’lovlarning to’liq 
yig’ilishini, aholini davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya qilish chora-
tadbirlarini o’z vaqtida mablag’ bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. 
O’zbekiston Respublikasida byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi 
daromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi (-jadval). Majburiy 
to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlarni o’tkazish Pensiya jamg’armasi 
daromadlarining belgilangan tasnifiga muvofiq tushumlarning har bir turi bo’yicha 
Jamg’armaning banklardagi tegishli hisob raqamlari bo’yicha amalga oshiriladi. 


191 
Jamg’armaning hisob raqamlaridan mablag’larni qonun hujjatlarida nazarda 
tutilmagan maqsadlarda o’tkazish va vaqtincha olib qo’yish taqiqlanadi.
Ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag’batlantirish jamg’armasi, shuningdek 
Jamg’arma mablag’larini sarflash tartibi to’g’risidagi Nizom Jamg’armaning 
Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Jamg’armaga muddatida to’lanmagan 
majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlarni undirish qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasida «Soliq tizimi o’ziga xos vazifani - fiskal, qayta 
taqsimlash va rag’batlantirish vazifasini to’la bajarishi kerak»
90
. Soliqlar va 
majburiy to’lovlar tartibga solishning shakllari sifatida soliqlar va majburiy 
to’lovlar orqali rag’batlantirish, soliq stakalarini optimallashtirish, soliq imtiyozlari 
va moliyaviy jarimalar tizimi mavjud. 
Pensiya jamg’armasi va Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi 
xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag’batlantirish jamg’armasini 
quyidagi manbalar hisobiga shakllantiradi: 

«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi O’zbekiston 
Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq tayinlangan mehnatda 
mayib bo’lganlik yoki kasb kasalligi oqibatida nogiron bo’lganlarga 
pensiyalar to’lash xarajatlarini qoplash uchun regressiv talablar (da’volar) 
bo’yicha ish beruvchilar va fuqarolardan undiriladigan mablag’larning 15 
foizi; 

majburiy ajratmalar, badallar va Jamg’armaga boshqa to’lovlarning o’z 
vaqtida to’lanmaganligi uchun hisoblangan jarimalar, penyalar summasining 
5 foizi. 
Ish vaqtini hisobga olib bo’lmaydigan xodimlarning (dehqon xo’jaliklarining 
a’zolari, ayrim fuqarolarning yumushlarini bajaruvchi shaxslar va boshqalarning) 
pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqining miqdori O’zbekiston 
90
Karimov I. “ 2014 yil yuqori o’sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o’zini 
oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 
yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2014 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor 
yo’nalishlariga bag’ishlangan O’zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq 
so’zi. 2014 yil. 18 yanvar.


192 
Respublikasi 
Moliya 
vazirligi 
huzuridagi 
byudjetdan 
tashqari 
Pensiya 
jamg’armasiga to’langan sug’urta badallarining miqdoridan kelib chiqqan holda 
aniqlanadi. Chet elda ishlagan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining pensiyasini 
hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga to’langan sug’urta 
badallarining miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Jamg’arma o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq daromadlar bo’yicha quyidagi 
funktsiyalarni amalga oshiradi: 

Jamg’arma mablag’lari bo’yicha majburiy to’lovlar, badallardan mablag’larni 
hamda boshqa to’lovlarni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
G’aznachiligidagi hisob raqamiga jamlaydi hamda pensiyalar, ijtimoiy 
nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to’lovlarga xarajatlarni moliyalashtirishni 
ta’minlaydi; 

har yili manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Jamg’arma 
daromadlari tushumlar prognozini ishlab chiqadi; 

davlat ijtimoiy sug’urtasi tizimining barqarorligini ta’minlash va uni yanada 
takomillashtirish 
bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida 
Jamg’arma daromadlari va xarajatlarining o’rtacha va uzoq muddatli 
prognozlarini tayyorlaydi; 

«Fuqarolarning 
davlat 
pensiya 
ta’minoti to’g’risida»gi O’zbekiston 
Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq mehnatda mayib bo’lganlik 
yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarga 
to’langan mablag’larni aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan regress 
da’volar bo’yicha belgilangan tartibda undirib oladi; 

badallar va boshqa to’lovlar tushishi hisobini olib boradi, shuningdek yuridik 
shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxslarning 
hamda dehqon xo’jaliklari a’zolarining mehnat daftarchalarini belgilangan 
tartibda yuritadi va saqlaydi. 
Jamg’arma faoliyati hamda fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga va davlat ijtimoiy 
sug’urtasiga bo’lgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlari amalga oshirilishi 


193 
bilan bog’liq boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi. Jamg’armaning Kuzatuv 
kengashi vakolatlariga O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining 
Jamg’armaga majburiy ajratmalar, badallar hamda boshqa to’lovlarning to’liq va 
o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash to’g’risidagi axborotini eshitadi. 
 
Pensiya jamg’armasi daromadlari tarkibida etakchi o’rinni mehnat haqi fondidan 
to’lanadigan yagona ijtimoiy to’lov egallaydi. “Yagona ijtimoiy to’lov yuridik 
shaxslarning mablag’lari hisobidan har oyda soliq solinadigan bazadan hamda 
belgilangan stavkalardan kelib chiqib, soliq agentlari tomonidan hisoblanadi. 
Hisoblangan yagona ijtimoy to’lov bo’yicha hisob-kitoblar davlat soliq xizmati 
organlariga soliq to’lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan yilning har 
choragida hisobot davridan keyingi 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari 
bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. 
Soliq to’lovchilar yagona ijtimoiy to’lov har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 
10-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi»
91
.
Respublikada yaratilgan YaIMga nisbatan soliq to’lovlari va davlat maqsadli 
jamg’armalarga to’lovlar miqdori nisbati unchalik katta ko’rsatkichni tashkil 
etmaydi. Soliqlar g’aznani to’ldirish siyosatining muhim unsuri bo’lib, Davlat 
byudjetining daromadlari qismi eng muhim umumdavlat, iqtisodiyot vazifalarini 
hal etish uchun zarur bo’lgan miqdorda shakllanishini ta’minlashi lozim. 
O’zbekistonda 
bozor 
islohotlari 
chuqurlashtirish 
va 
iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash, to’liq bozor iqtisodiyotini yaratish sohasida olib borilayotgan 
iqtisodiy 
islohotlar 
orasida 
byudjet 
va 
soliq 
sohasidagi 
islohotlarni 
chukurlashtirish, soliq tizimini soddalashtirish hamda soliq yukini sezilarli 
darajada engillashtirish masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Soliqlar va 
majburiy to’lovlar o’zining iqtisodiy funktsiyasi orqali takror ishlab chiqarishning 
o’sishi va jamg’armalarning to’planishi sur’atlariga, aholining to’lov qobiliyatiga 
ta’sir ko’rsatadi.
91
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011 yil 9 sentyabrda 2262-son bilan ro’yxatga olingan “Yagona 
ijtimoiy to’lovni taqsimlash, shuningdek, xarajatlarni qoplash bo’yicha summalarning to’lanishini va yuridik 
shaxslarning davlat ijtimoiy sug’urtasi xarajatlari bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish tartibi to’g’risida”gi Nizom. 


194 
Hozirgi tez sur’atlarda rivojlanish sharoitida har qanday davlat o’zining 
mavjudligini agarda ma’lum daromadlar tizimiga ega bo’lsa va bu daromadlar har 
bir soliq to’lovchini davlat hal qilishi lozim bo’lgan asosiy maqsadlarga yo’naltira 
olsagina kafolatlay oladi. Soliqlar va majburiy ajratmalar ishlab chiqarish sohasi, 
tadbirkorlar, yuridik va jismoniy shaxslar, er va mulk egalari, turli resurslardan 
foydalanuvchilardan undiriladi. Lekin katta miqdordagi soliq stavkalari 
iqtisodiyotning ravnaq topishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shunday qilib, davlatning 
soliq siyosati bir-biriga qarama-qarshi va raqobatbardosh bo’lgan masalalarni hal 
qilishga qaratiladi. Pensiya jamg’armasi daromadlari tarkibida ishlovchilar ish 
haqidan majburiy sug’urta badallarining o’sib borish tendentsiyasiga ega ekanligini 
pensiya ta’minotida ijobiy holat sifatida qayd etish mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 24 dekabrdagi 1449-son 
«O’zbekiston Respublikasining 2011 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari 
prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida»gi Qaroriga muvofiq, 2011 yil 
2 fevralda O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va Moliya 
vazirligining «Xodimlar soni va mehnatga haq to’lash fondining eng kam 
me’yorlari joriy etilishini hisobga olgan holda, soliqlar va boshqa majburiy 
to’lovlarni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi to’g’risida»gi nizomni tasdiqlash 
haqida»gi 2200-qarori qabul qilindi. Xodimlar soni va mehnatga haq to’lash 
fondining eng kam me’yorlari joriy etilishini hisobga olgan holda, soliqlar va 
boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi to’g’risida»gi 
ilovaga muvofiq tasdiqlandi. Mazkur Nizom tatbiq etiladigan soliq to’lovchilar 
asosiy faoliyat turiga bog’liq holda tasdiqlangan shakl bo’yicha ortib boruvchi 
yakunsiz Ma’lumotnoma-hisob-kitobni yagona ijtimoiy to’lov va fuqarolarning 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari hisob-kitobiga ilova 
qiladi. Qo’shimcha hisoblangan to’lovlar summasini to’lash Ma’lumotnoma-hisob-
kitobni taqdim etish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Qo’shimcha 
hisoblangan to’lovlar summasi Yagona g’azna hisobraqamga o’tkazilib, mazkur 
mablag’lar Davlat byudjeti va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi o’rtasida belgilangan 


195 
normativlar bo’yicha taqsimlanadi. Qo’shimcha hisoblangan to’lovlar summasi 
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 145-moddasiga muvofiq, yuridik 
shaxslardan olinadigan foyda solig’ining soliq solinadigan foydasini aniqlashda 
chegiriladi. Davlat soliq xizmati organlari xodimlar soni va mehnatga haq to’lash 
fondining eng kam me’yorlari joriy etilishini hisobga olgan holda to’lovlarni 
to’g’ri hisoblab chiqarish va to’lash ustidan nazoratni amalga oshiradilar. Mazkur 
Nizomda nazarda tutilgan xodimlar soni va mehnatga haq to’lash fondining eng 
kam me’yorlari joriy etilishini hisobga olgan holda to’lovlarni hisoblab chiqarish 
tartibi buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari qonun 
hujjatlariga muvofiq, penya hisoblanishini hisobga olgan holda mehnatga haq 
to’lash fondining eng kam me’yorlaridan kelib chiqib to’lovlarni qo’shimcha 
hisoblashni amalga oshiradi. 
O’zbekiston Respublikasining «Soliq va byudjet siyosatining 2014 yilga 
mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari” qabul qilinganligi munosabati bilan 
O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish 
to’g’risida»gi Qonuni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
«O’zbekiston Respublikasining 2014 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari 
prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida»gi PQ-2099-son qarori bilan 
soliq siyosatining asosiy vazifalari belgilab berildi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni 
davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, ularni rivojlantirish maqsadida ayrim soliq 
imtiyozlarining muddatlari uzaytirildi. Xususan, uy sharoitida xalq badiiy 
hunarmandligi va amaliy san’ati buyumlari ishlab chiqaradigan yakka tartibdagi 
tadbirkorlar va oilaviy korxonaga belgilangan soliq imtiyozlari 2017 yilning 1 
yanvarigacha, 
mehnat 
shartnomasi 
asosida 
kasanachilarga 
to’lanadigan 
mablag’larga teng miqdorda mehnatga haq to’lash fondidan yagona ijtimoiy 
to’lovni to’lashdan ozod qilish 2019 yilning 1 yanvarigacha uzaytirildi.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish