Tasdiqlayman:
Internat maktab direktori Sh.Yuldashev.
Namangan Viloyati Chust tumanidagi 42-internat maktabining 2- sinf o’quvchilari o’rtasida o’tkaziladigan “Eng zukko bolajon” tadbiri
REJASI
T\N
|
Bajarilgan ishlar
|
sana
|
Bajaruvchi shaxs
|
1
|
“Eng zukko bolajon” tadbir rejasini tuzish va o’quvchilarni saralash .
|
1-dekabr
|
Mamajonova M.
M. Otaboyeva,
D .Qodirxonova M.Nurmatova R.Ma’rulov .
|
2
|
Tadbir uchun qo’shiqlar tanlash
|
4-dekabr
|
Mamajonova M.
D.Qodirxonova
R.Ma’rulov .
|
3
|
Tadbir ishtirokchilariga shartlar tuzish.
|
6-dekabr
|
M. Otaboyeva,
M.Mamadjonova R.Ma’rulov .
|
4
|
Saxna ko’rinishlarini tayyorlash
|
11-dekabr
|
Mamajonova M.
M.Nurmatova
M. Otaboyeva D.Qodirxonova.
|
5
|
Tadbir uchun raqslar saxnalashtirish
|
15-dekabr
|
D.Qodirxonova
R.Ma’rulov
M. Nurmatova
|
6
|
Tadbir ishtirokchilari uchun viktorina o’yinlari tayyorlash
|
16-dekabr
|
M. Mamadjonova
M .Otaboyeva
|
7
|
Ota-onalar bilan Tadbir tadbirini tartiblari, farzandslarini Tadbir kiyimlari haqida suxbatlashish.
|
20-dekabr
|
M.Mamadjonova
M.Otaboyeva
D .Qodirxonova
M.Nurmatova .
|
8
|
Tadbir uchun faollar zalini bezatish
|
22-dekabr
|
M.Mamadjonova .
M.Otaboyeva
D .Qodirxonova
M .Nurmatova .
|
9
|
Tadbirini o’tkazish
|
22-dekabr
|
M.Mamadjonova
M.Otaboyeva
D. Qodirxonova
M. Nurmatova
R.Ma’rulov
|
Namangan Viloyati Chust tumanidagi 42-internat maktabining boshlang’ich sinf o’quchilari o’rtasida o’tkaziladigan “Eng zukko bolajon” tadbiri
SENARIYSI
Kirish so’zi: M. mamajonova: Assalomu alaykum hurmatli ustozlar , ota-onalar, aziz o’quvchilar. Bugun jajji bolajonlarimiz o’lkamiz bo’ylab yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan sizlarni tabriklash maqsadida “Eng zukko bolajon” tadbirini tayyorlashgan. Barchangizga bayram muborak bo’lsin.
M.Otaboyeva: Aziz mexmonlar biz barchamiz bugungi tadbir ishtirokchilariga omad tilaymiz.
M.Mamadjonova: Bu o’quvchilarimiz bugungi Tadbir uchun o’zlarini kuy va qo’shiqlari, raqslari va saxna ko’rinishlarini tayyorlab kelishgan. Marxamat tinglab tomosha qiling.
M Mamajonova: Xozir davraga bugungi Tadbirimizni ochib berish uchun maktab direktori Sh. Yuldashevni taklif etamiz.
Davraga ishtirikchilarni taklif etamiz keladi.
1-ishtirokchi 2 “A” sinf o’quvchisi Abdumutalibov Bekmurod 2-ishtirokchi 2 “A” sinf o’quvchisi Abdumannono’va Mumtoza
3-ishtirokchi 2 “A” sinf o’quvchisi Fazliddinova Moxinur
4-ishtirokchi 2 “A” sinf o’quvchisi. Maxmudov Muxammmadrasul
5-ishtirokchi 2 “A” sinf o’quvchisi Mullamirzayeva Gulasal
6-ishtirokchi 2 “B” sinf o’quvchisi Xolmadjonova Xumoyun
7-ishtirokchi 2 “A” sinf o’quvchisi.Boyto’rayev Eldor
8-ishtirokchi 2 “A” sinf o’quvchisi Yo’lchiyev Og’abek
9-ishtirokchi 2 “B” sinf o’quvchisi: MAxmudjonova Madina .
M. Nurmatova so’zi: Aziz o’quvchilar 1-shartimizni boshlaymiz, bu shartda qarshingizdagi olma daraxtidan olma mevalarini tanlaysiz ustozingiz sizga mevalarni taqdim etadi sizlar mevalar ostidagi matematik amallarni tez fursatda bajarib savachchalarni olmaga to’ldirasiz, o’yin yakunida kimni savatida olma ko’p bo’lsa shu gurux g’olib sanaladi. Marxamat.
D.Qodirxonova : Hakamlarimiz ballarni e’lon qilgunlariga qadar 2- sinf o’quvchilari ishtirokida “Lazgi raqsi” ni tomosha qilamiz.
M.Otaboyeva : Hakamlar marxamat ballarni e’lon qilishingizni so’raymiz.
2-shartimiz. Ona tili fani bo’yicha bo’lib bu shartimizda ishtirokchilarimiz o’z ustozlari bilan bellashadilar. Ular hakamlar oldidagi konvertdan tanlab olib unda yozilgan so’z dagi harflardan yangi so’zlar xosil qilib yozadilar. Qaysi gurux belgilangan vaqtda ko’p so’z yozsa shu gurux g’olib sanaladi.
D.Qodirxonova so’zi: Ona tili fani bo’yicha olingan ballarni eshitamiz. Hozir navbatni 3-sinf o’quvchilari ishtirokida “O’zbekiston ” qo’shig’iga beramiz.
O’zbekiston chamanim, sen baxorim va yozim.
Quvongayman baxtimdan, yaratgan tole taxtimdan.
M. Otaboyeva so’zi: Endigi shartimizda bilimdonlar ustozlari bilan bellashadilar. Bilimdonlar peshonasidagi yozuvlarga qarab ustozlar artikulyatsiyasiz mimika va harakatlar yordamida topshiriq bajaradilar o’quvchilar esa topadilar.
M.Mamadjonova : Bilimdonlar topqirliklari bo’yicha o’quvchilarimiz to’plagan ballarni tinglaymiz. Hozirgi navbat 3-sinfning raqqosa qizlariga ular ijrosida raqs tomosha qilamiz.
D.Qodirxonova: Hozir ishtirokchilarimiz o’z raqiblari uchun tayorlab kelgan O’qish fani darsligidagi hikoya va ertaklar asosida ko’rinishlar namoyish etishadi. Ishtirokchilardan talab namoyish etilgan ko’rinish qaysi asardan olinga, muallifi kim ekanligini topishlari shart.
Ishtirokchilar navbat bilan saxna ko’rinishlarini namoyish etadilar.
M. Mama jonova so’zi tadbirimiz juda qiziqarli o’tib bormoqda xozirgi navbat 2-sinf o’quvchilari ishtirokida “Tinchlik” qo’shig’iga.
Yer katta bizlar kichik,
Ammo bizlar ko’pchilik.
Istagimiz yagona,
Barqaror bo’lsin tinchlik.
M.Nurmatova : Xurmatli tadbir ishtirokchilari hozir davraga hakamlar hay’atini taklif etamiz, ular 4 shart bo’yicha olingan ballarni e’lon qiladilar.
M.Otaboyeva : Aziz tadbirimiz ishtirokchilari bugungi tadbirda barcha bolajonlarimiz eng zukko bolajon deb topildi, biz ustozlar ularga omadlar tilaymiz, yakunlovchi so’zni maktab ilmiy bo’limi A. Sattorovga beramiz.
M. Mamajonova so’zi: Ishtirokchilarimiz maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlari va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar. Bayramda ishtirok etgan barchangizga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |