Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

 
9.3.-jadval 
Riskka yaqin sinonimlar o’rtasidagi bog’liklik
152
 
№ 
 
Yaqinlik foizi 
151
Sambridge International Dictionary. Dictionary Uniyersity Press. 2005. – P 33. 
152
Smirnova E.. Proizvodstvenniy risk: sushchnost i upravlenie. Monografiya. Moskva.: 2012. – S 3. 


328 
1. 
Xavf- xatar 
25 
2. 
Taxdid 
25 
2. 
Extimollik 
20 
3. 
Imkoniyat 
15 
4. 
Mavhumlik 
10 
5. 
Noaniqlik 
10 
6. 
Og’ish, chetga chiqish 

7. 
Tavakkalchilik 

8. 
Imkon 

9. 
O’zgarish 

10. 
Harakat 

E. Smirnova «Proizvodstvenniy risk: sushchnost i upravlenie» nomli 
monografiyasida riskni yuzaga kelishini quyidagicha ta’riflaydi. «Risk» – bu 
dinamik holatda paydo bo’lib, u doim harakatda va rivojlanishda bo’ladi. Bunday 
rivojlanishni risk mexanizmi deb ataladi, mazkur mexanizm riskni o’zgarishini va 
vaqtini belgilab beradi. Bu esa riskni talqin etishda turlicha izohlarni keltirib 
chiqardi (-jadval). Riskni talqin qilish sinonimini yaratish har xil adabiyotlarda 
turlicha izohlanadi. «Risk»ni talqin etishda turlicha izohlar keltirib chiqarildi. 
Mashxur Vebster lug’otida «risk»ka «tahdid», «ehtimollik» «xavf-xatar», 
«faoliyatning vaziyatli tavsifi», «imkoniyat», «o’zgarish», «imkon», «noaniqlik», 
«mavhumlik», «og’ish», «zarar» yoki «talofat ko’rish ehtimoli» deb qaraladi. 
Evropa davlatlarining ko’p tillarida «risk» atamasi uchraydi. Masalan, grek tilida 
«ridsikon» so’zi mavjud bo’lib, u cho’qqi, qoya ma’nosini bildiradi. Italiyan tilida 
«risiko» so’zi xatar, tahdid ma’nosini, «risikare» so’zi qoyadan mohirona o’tish 
ma’nosida ishlatiladi. Frantsuzlarda «risdoe» so’zi tahdid, qoyani aylanib o’tmoq 
ma’nosini beradi. «Risk» so’zi ispan- portugal tilida «suv ostidadagi qoya» degan 
ma’noni bildiradi. Taniqli lug’otshunos S.I. Ojegovning rus tili izohli lug’otida 
«risk» - bu muvaffaqiyatga intilish, baxtli xodisaga umid degan ma’noni anglatadi. 


329 
A.Olishanskiy «risk-bu zarar ko’rish yoki manfaatni qo’ldan chiqarish bilan 
bog’liq ehtimollar o’lchamidir»
153
degan ta’rifni keltiradi.
A.P.Algin riskni yuzaga kelishini shunday izohlaydi. Risk
154
–shunday 
umumlashgan hodisaki, u inson tsivilizatsiya jarayonini rivojlanishi bilan 
chambarchas bog’liq. Riskni nazariy jihatdan sodir bo’lish jarayonini aniqlash juda 
murakkab, chunki bu jarayon birinchidan, risk to’g’risidagi tushunchalarni 
umumlashtirayotgan bo’lsa, ikkinchidan, riskni alohida o’rganish bo’yicha ilmiy 
izlanishlar juda kam. Risk nazariyasini o’rganishni bizning uzoq o’tmishimizdagi 
ajdodlarimizning olib borgan ilmiy izlanishlarini bilan bog’lash mumkin. O’sha 
davrda «risk» aniq bir jumla sifatida ishlatilmasa-da uning mohiyatini ochib 
beruvchi sinonimlar bilan shakllantirilgan.
Professor H. N. Sobirovning «O’zbekiston davlat moliyasi tarixi» nomli 
o’quv qo’llanmasida yozilishicha, Buyuk sarkarda Amir Temur tomonidan 
ko’rsatilgan ko’rsatmalar asosida to’g’ri ish olib borilgani, unga qarshi ikkinchi bir 
yomon hodisaning yuz berishi muqarrar, deb ta’kidlab o’tilgan. Inson tsivilizatsiya 
jarayonini rivojlanishida, davlatchilikni boshqarishda va davlat moliyasi sohasida 
ishlarni amalga oshirishda «risk» to’g’risidagi kategoriyaga juda katta e’tibor 
berilgan.
Moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda risklar mavjud ekan, ularni 
o’rganish, nazorat qilish, baholash va boshqarish doimo muhim bo’lib qolaveradi. 
Risklarni iqtisodiy kategoriya sifatida yuzaga kelishida iqtisodiy munosabatlarning 
rivojlanishi 
muhim 
rol 
o’ynaydi. 
Rus 
olimlarining 
M..Kudryatsov, 
A.Yu.Korolyovning fikricha, «moliyaviy risk» – bu ob’ektiv kattalik yoki 
ehtimollik ko’rsatkichi bo’lib, hozirgi sharoitda va kelajakda belgilangan ma’lum 
vaqt oralig’ida iqtisodiy sub’ektlardan yo’qotilishi kutilayotgan daromadni 
tasniflaydi. Ya.M.Mirkin «moliyaviy risk» – bu daromadni kamaytiruvchi risk deb 
ta’rif beradi.
Operatsion risklarning quyidagi turlari ko’rsatiladi:
1)
moliyaviy 
(jamg’armalar, 
tashkilotlar 
faoliyatini 
mablag’lar bilan 
153
Gvezdenko A.A. Osnovi straxovaniya.– Moskva.: «Finansi i statistika». 1999. –S.148.
154
Algin A.P. Risk i ego rol v obshchestvennoy jizni. -Moskva.: Misl. 2009. –S 18 


330 
ta’minlanganligiga bog’liq);
2)
ijroiy (davlat ijtimoiy xizmatlarini taqdim etish jarayoni bilan bog’liq);
3)
loyihaviy (investitsion loyiha maqsadlariga erishilishi, uni amalga oshirish 
muddatlari va rejalashtirilgan sarf-xarajatlar miqdoriga rioya qilinishi bilan 
bog’liq);
4)
ijtimoiy (davlat va xususiy pensiya tizimining sifati bilan bog’liq);
5)
texnologik (davlat xizmatlarini taqdim etishda yangi texnologiyalar 
qo’llanilishi bilan bog’liq). 
Moliyaviy risklar to’g’risidagi fikrlarimizni rivojlantirish va risklarning 
mohiyatini to’liq ochib berish maqsadida moliyaviy riskka quyidagicha ta’rif 
beramiz. «Moliyaviy risk» deganda – moliyaviy operatsiyalarini amalga oshirish 
natijasida, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlarni hisobga olmaslik, kerakli 
imkoniyatlardan to’g’ri foydalanmaslik tushuniladi. Moliyaviy operatsiyalarini 
amalga oshirish natijasida kutilayotgan moliyaviy daromadning bir qancha omillar 
ta’siri natijasida kamayishi yoki oshish ehtimoli tushuniladi. «Risk»ka «xavf», 
«zarar» yoki «talofat ko’rish ehtimoli» deb qaraladi, o’rganilgan barcha usullar 
bilan riskni hisoblash orqali unga uch xil holatda yondoshish mumkin: 

birinchi holat, risk barcha zararlarni yig’indisi orqali baholanadi; 

ikkinchi holat, qabul qilingan qarorlar asosida yuzaga kelgan risklar va 
qarorlarga bog’lanmagan holatdagi risklar yig’indisi bilan baholanadi; 

uchinchi holat, qarama-qarshi xabarlarning ehtimolligi orqali yuzaga 
keladigan omillar orqali baholanadi. 
Har bir riskni risklar kategoriyasining ma’lum bir guruhiga kiritish ularni 
baholashga tuzilmaviy yondoshuvning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Iqtisodiy 
adabiyotlarda ko’rsatilgan risk turlari quyidagilardan iborat:
1.
Noaniqlik turiga qarab: miqdoriy risk; ishonchlilik riski; tasodifiy risk. 
2.
Ob’ektlarni qamrab olishiga qarab: global risk; qisman risk; ijtimoiy risk; 
ba’zan uchraydigan risk. 
3.
O’lchamiga qarab: absolyut risk; nisbatan olingan risk. 


331 
Har bir riskni risklar kategoriyasining ma’lum bir guruhiga kiritish ularni 
baholashga tuzilmaviy yondoshuvning eng yaxshi usuli hisoblanadi.
Nazariy ma’lumotlarga qaraganda, ijtimoiy sug’urta aholini turli xavf-xatar (risk) 
lardan ijtimoiy himoyalash hisoblanadi, boshqacha qilib aytganda, ishdan 
bo’shash, mehnatga layoqatlilik, daromadni yo’qotish kabi xavf-xatar (risk)lar 
yig’indisi hisoblanadi.
Jahon tajribalar asosida ijtimoiy himoya tizimining to’rtta asosiy tarkibiy qismi 
ajratib ko’rsatiladi
155

1.
Ijtimoiy ta’minot va davlat pensiya ta’minoti. Bu iqtisodiy faol aholining ish 
joyini yo’qotish yoki pensiya yoshiga etishi bilan daromaddan mahrum 
bo’lish xavfi (risk)dan ijtimoiy himoya qilish tizimi bo’lib, majburiy ijtimoiy 
sug’urtalash shaklida amalga oshiriladi. 
2.
Mehnatga layoqatli bo’lmaganligi, ish joyi, daromad manbalari mavjud 
emasligi sababli o’z-o’zini mustaqil ravishda moddiy jihatdan ta’minlashga 
qodir bo’lmagan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilinadi. 
3.
Ixtiyoriy qo’shimcha (kasbiy) sug’urtalash. Bu alohida tarmoqlar va 
korxonalar doirasida uzoq muddatli jamoa bitimlari asosida amalga 
oshiriladi. 
4.
Fuqarolarning ixtiyoriy ravishda o’z-o’zini shaxsiy sug’urtalashi asosida 
amalga oshiriladi. 
Iqtisodchi D.R. Vaxabov o’zining ilmiy ishida ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy 
risklar masalasiga to’xtalgan. «Ijtimoiy sug’urta ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya 
sifatida milliy daromadni qayta taqsimlash bo’yicha munosabatlar tizimi bo’lib, 
xodimlar va ish beruvchilarning majburiy sug’urta badallari hisobiga maxsus 
sug’urta jamg’armalarini shakllantirish va muayyan ijtimoiy risklarga uchrash 
oqibatida yo’qotilgan mehnat daromadlarini qoplash uchun foydalanishdan 
iborat»
156

155
Pensions at a Glance 2013 OECD AND G20 INDICATORS.-R.125. 
156
Vaxabov D.R. Ijtimoiy sug’urtaning fundamental asoslari, nazariyalari va ijtimoiy risklar xususida ba’zi 
mulohazalar // Iqtisodiyot va ta’lim.− Toshkent. 2010.№ 6.− B.16-18. 


332 
Iqtisodchilar E.I. Nosirov, B.S. Mamatov, N.K. Shoislomova, K.U. 
Sharifxo’jaevaning «Investitsiya risklarini boshqarish» nomli o’quv qo’llanmasida 
risk turlarini guruhlashda tarmoq riski, infratuzilma riski va operatsion risklarga 
e’tibor qaratiladi. Ularning fikricha, «Tarmoq riski - ma’lum tarmoqning samarasiz 
faoliyati riski deb ko’rsatilsa, «operatsion (texnik va texnologik xodimlar) risk» - 
axborot, elektr tarmoqlari va boshqa tizimlarning nosozligi, mos emasligi, 
qimmatli qog’ozlar bozori infratuzilmasining mukammal emasligi bilan, 
operatsiyalarni amalga oshirish texnologiyasi, boshqaruv tartibi, hisobot va 
nazorat, «inson omili» ta’sirida tashqi xodisalar ta’siri bilan bog’liq xatolar tufayli 
kelib chiqadigan bevosita va bilvosita yo’qotishlar riskidir»
157

Ijtimoiy sohani o’rganishga qaratilgan adabiyotlarda ijtimoiy himoyaning turli 
shakllarini vujudga kelishi va rivojlanishi «ijtimoiy xatar» yoki «ijtimoiy risk» 
tushunchasini e’tirof etish bilan belgilanadi. Ijtimoiy xatar ommaviy bo’ladi, 
ijtimoiy shart-sharoitlar bilan belgilanadi va alohida fuqarolarga bog’liq bo’lmagan 
ijtimoiy xarakter kasb etadi.
 
Ijtimoiy riskning muhim tamoyillari quyidagilar 
hisoblanadi
158


jamiyat umumiy farovonligi darajasini oshirish va inson huquqlarini himoya 
qilish;

fuqarolarning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash;

aholining kam ta’minlangan qatlamlariga yordam ko’rsatish va qo’llab-
quvvatlash;

keksa kishilar, bolalar, onalar, etimlar, nogironlar, qochoqlar, ishsizlar 
manfaatlarini himoyalash.
Pensiya tizimining asosiy vazifasi fuqarolar ehtiyojini hamda ularning keksalik 
chog’ida himoyalanishga bo’lgan talabini qondirishdir. Vatanimiz iqtisodchilaridan 
Q.X.Abduraxmonov «Mehnat iqtisodiyoti» nomli darsligida kishilarning ijtimoiy 
himoyalanmaganlik darajasini baholashda «ijtimoiy xavf-xatar» tushunchasidan 
157
Nosirov E.I., Mamatov B.S., Shoislomova N.K., Sharifxo’jaeva K.U. Investitsiya risklarini boshqarish. O’quv 
qo’llanma. – T.: «Fan va texnologiya». 2012. –B.22.
158
M. Barton Waring, C. Robert Merton. 
Pension Finance: Putting the Risks and Costs of Defined Benefit Plans 
Back Under Your Control Hardcover – November 1, 2011.
-P.91. 


333 
foydalandi. «Ijtimoiy xavf-xatar»ning ehtimollik darajasi vujudga keladigan 
zararni qoplash, pensiya tizimining mazmuni va chegaralarini belgilaydi. Ish haqi 
jamiyatning ko’pchilik a’zolari uchun asosiy tirikchilik manbaiga aylanishi bilan 
ijtimoiy himoyasizlikning alohida turi, ya’ni ish haqidan maxrum bo’lish tufayli 
moddiy ta’minlanmaganlik riski vujudga keladi. Ijtimoiy muammolarini hal 
qilishda ijtimoiy riskning mumkinligi va unga yo’l qo’yilishi, baholashi, 
amaliyotda ijtimoiy riskni hisobga olishi muhim. Bunday baholash insonning u 
yoki bu risk vaziyatini boshqarish uchun mas’ul bo’lgan institutlar va 
tashkilotlarga ishonch darajasiga bog’liq deb hisoblanadi. Risk vaziyatiga 
moslashish omillari aholi turli guruhlarida turlichadir.
Fuqarolar uchun mehnatga layoqatsizlikni va daromadni yo’qotishga olib 
keladigan ijtimoiy risklar quyidagilardan iborat (.-rasm). Ijtimoiy risk — ijtimoiy 
omillar va oqibatlarni hisobga olish va tartibga solishdir. Ijtimoiy risklar
159
kishilar 
hayoti va sog’lig’iga xavf tug’diradi. Ekologik, texnologik, iqtisodiy halokatlar va 
buzilishlar oqibatini ana shunday ijtimoiy risk qatoriga kiritish mumkin. Bu risklar 
inson faoliyatining turli sohalarida yuz beradi.
159
Roik V. Ekonomika, finansi i pravo sotsialnogo straxovaniya. Instituti i straxovie mexanizmi. — M.: 
Alpina 
Pablisher
. 2012. -S.25. 


334 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish