337
yoki yaxshi vaziyatlar o’rinli bo’lishi mumkinligini kafolatlay olmaslik bilan
bog’liq.
Davlat sektorida quyidagi iqtisodiy kategogoriyalarni qayta ko’rib chiqish o’rinli
bo’ladi
162
:
boshqarish, strategiya va rejalashtirish. Risklarning xususiyatlari
tashkilot maqsadi, strategiyasi va moliyaviy nazorat qanday tashkil kilinganligi
bilan bog’liq. Risklarni baholash jarayonida tuzilgan risklar reestri quyidagilaradn
iborat:
163
risk maqomi;
risk raqami;
risk tavsifi;
risk aniqlangan sana.
riskning amalga oshish ehtimoli;
riskni kim tomonidan aniqlanishi;
risk uchun javobgar shaxs;
mablag’larning ehtimoliy zarar miqdori;
pensiya fondining xarajatlar rejasi;
pensiya fondining yo’l qo’ysa bo’ladigan zarar miqdori;
risklarni kamaytirish uchun chora-tadbirlar qo’llash zaruriyati;
risklarni kamaytirish uchun chora-tadbirlar uchun javobgar shaxs;
risklarni kamaytirish uchun chora-tadbirlarning boshlanish vaqti;
risklarni kamaytirish uchun chora-tadbirlarning tugallanish vaqti.
Jahon
tajribasida
pensiya
ta’minotini moliyalashtirish va boshqarish
mexanizmining uch xil turi ko’p uchraydi.
1.
Barcha mamlakatlarda keng tarqalgan byudjet daromadlaridan mo-
liyalashtiriladigan davlat ijtimoiy dasturlarini amalga oshirish.
2.
Ixtiyoriy va majburiy shaxsiy jamg’arma rejalarini amalga oshirish.
162
Haydarov M. Byudjet tashkilotlarida ichki auditni tashkil qilishda risklarni baholash mohiyati. //
Iqtisod va
moliya. -Toshkent. 2012. -№9. – B.62.
163
M. Barton Waring, C. Robert Merton.
Pension Finance: Putting the Risks and Costs of Defined Benefit Plans
Back Under Your Control Hardcover – November 1, 2011.
P. 211.
338
3.
Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz, inflyatsiya, jamg’armalarni yo’qotishga va
qadrsizlanishga olib keladigan investitsion risklardan himoya qiladigan
ijtimoiy sug’urta tizimini rivojlantirish.
Ijtimoiy risk muammolarini hal qilishda
aholining ishtirok etishi; ijtimoiy qayta
qurishlar muqobil variantlarini qiyoslash zarurati, iqtisodiy mulohazalar
ustuvorligini rad etish; ijtimoiy riskning mumkinligi va unga yo’l qo’yilishi,
maqbulligini kishilarning qabul qilishi va baholashi
ijtimoiy mexanizmlarini
hisobga olish. Bunday baholash insonning u yoki bu risk vaziyatini boshqarish
uchun mas’ul bo’lgan institutlarga va tashkilotlarga ishonch darajasiga bog’liq deb
hisoblanadi.
Xorijiy davlatlarda pensiya fondlarining maqsad va vazifalarining nazorat
tizimi o’z ichiga to’rt darajani qamrab oladi:
1)
fondning missiyasi va ular ijrosini qo’llab-quvvatlovchilar bilan bog’liq
strategik maqsadlar;
2)
operatsiyalarni tegishli tarzda amalga oshirish vazifalari (ahloqiy standartlar
va tejamkorlik,
samaradorlik, natijaviylik hamda resurslarni himoyalash
tamoyillariga muvofiq);
3)
zaruriy hisobot taqdim etish vazifasi (ishonchli, faoliyatning asosiy jihatlarini
aks ettiruvchi, ichki va tashqi manfaatdor shaxslarga moliyaviy va moliyaviy
bo’lmagan axborotlarni o’z vaqtida va to’g’ri oshkor qilinishini ta’minlovchi);
4)
Pensiya ta’minotiga oid hujjatlar va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan
siyosat talablariga rioya qilish vazifasi.
Pensiya fondi jarayonlarni to’lig’icha nazorat ostiga oladi,
shuning uchun
risklarni boshqarish tizimi tashkilotlar boshqaruvchilariga hisobdorlik va
qonuniylikni
ta’minlash vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishda to’liq
ishonchlilikni kafolatlashga qodir sanaladi. Strategik maqsadlar va operatsion
vazifalar masalasiga kelsak, risklarni boshqarish boshqaruvchilarga faqatgina
maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirishda oqilona
ishonchlilik bera olishi
mumkin, chunki bu darajadagi jarayonlar tashkilotlar tomonidan amalga
339
oshirilayotgan nazorat chegarasidan tashqarida bo’lgan omillar ta’siriga uchrashi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: