352
asoslangan risklarni boshqarish jarayonining mohiyati
va uning omillari haqida
xarakteristika berilgan. Ushbu hujjatda davlat boshqaruv sektori tashkilotlarida
faoliyat yuritishni tartibga solishga mo’ljallangan bo’limlar mavjud:
tashkilotlar nazariyasiga kirish;
kadr resurslariga ehtiyojlarni hisoblash;
tashkilot faoliyatini tahlil qilish uslublari va texnologiyalari;
risklarni boshqarish vositalari va yondoshuvlari.
tashkilotlar maqsad va vazifalari ekspertizasi;
ichki nazorat va jarayonlarni optimallashtirish.
Tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish va kadr resurslariga ehtiyojlarni hisoblash
bo’yicha hujjatning risklarni boshqarish bo’limida ta’kidlanishicha, risklarni
muvaffaqiyatli boshqarishning eng zaruriy sharti idorada shakllantirilgan xodimlar
madaniyatning yuksak darajada ochiqligi va samimiyligi hisoblanadi. Aynan ochiq
va samimiy holat tashkilotlarning barcha xodimlari tomonidan risklar barvaqt
aniqlanishini ta’minlay oladi. Risklar haqida imkon
qadar jim yurilishi esa hal
qilinishi lozim muammoni yanada murakkablashtiradi
173
.
Risklarni boshqarish vositalari va yondoshuvlari haqidagi Yo’riqnomaning
ettinchi bo’limga quyidagilar kiritilgan: maqsadlarni muvofiqlashtirish va
aloqalarni boshqarish; o’zgarishlarni boshqarish; bilimlarni boshqarish;
faoliyat
ko’rsatkichlarining balanslashtirilgan tizimi; moliyaviy tahlil; tizimli nazorat;
xarajatlar va natijalarni taqqoslash; sifatni boshqarish.
Xorijiy davlatlar pensiya
fondlarida boshqaruvning maqsad va vazifalarini quyidagicha takomillashtiriladi:
inqiroz kelib chiqish ehtimoli bo’lgan holatlarni oldindan ko’ra bilish va
uning xavflilik darajasidan kelib chiqqan holda tayyorgarlik ko’rish, pensiya
jamg’armasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan salbiy holatlarga qarshi tura
olish;
moliyaviy nazorat bilan shug’ullanadigan xodimlarning malakasi va
mas’uliyatini oshirish;
xarajatlarning navbatligiga rioya qilish ustidan nazoratni kuchaytirish;
173
http://derewasuren.narod2.ru/kaznacheistvo/
353
pensiya fondining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini mutanosibligini saqlash.
pensiya fondida moliyaviy risklarni to’liq hisobga olish.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
byudjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasi faoliyatida risklarini boshqarish uchun zarur huquqiy, uslubiy
va dasturiy bazani shakllantirish va rivojlantirish yuzasidan amalga oshiriladigan
tadbirlarni ishlab chiqish kerak. Jahon iqtisodiyoti integratsiyalashuvi jarayoni
mamlakatimizda
ham
pensiya
tizimini
boshqarishni
doimiy
tarzda
takomillashtirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Hozirgi kunda pensiya
ta’minotida g’aznachilik xizmatidan keng foydalanish va pensiya amaliyotida shu
asosda tub o’zgarishlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Pensiya jamg’armasida boshqaruv qarorlarining samarali qabul qilinishi ko’p
jihatdan tahlil ishlarini aniq va to’g’ri yo’lga qo’yilishiga bog’liq.
Uning
yordamida Pensiya jamg’armasining to’lov qobiliyati, likvidligi va moliyaviy
barqarorligi
xo’jalik-moliyaviy jarayonlarni baholash mumkin. Pensiya
jamg’armasining barqaror rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan moliyaviy risklar
tahlil yordamida aniqlanadi va sabablari bartaraf etiladi.
Maqsad va vazifalar
qo’yilishi (strategik maqsadlar, operatsion vazifalar, hisobot va qonuniylikni
ta’minlash vazifalari) – hodisalarni samarali aniqlash,
risklarni va riskka javob
berishni baholash uchun zaruriy dastlabki shart sanaladi.
Pensiya jamg’armasi maqsadi va vazifalari, rahbarlar, tashkilotlar faoliyati bilan
bog’liq risklarni, ularning parametrlarini aniqlab, risklarni yumshatish uchun talab
qilingan choralarni qo’llagunga qadar belgilab olingan bo’lishi lozim. Pensiya
jamg’armasining maqsadi va vazifalarning riskka moyilligi bilan to’liq
muvofiqlashtirilishini ta’minlash zarur. Pensiya jamg’armasi
missiyasini bajarish
uchun bitta emas, balki bir nechta strategiyalar ishlab chiqish mumkin va ularning
har biriga turlicha risk mutanosib bo’ladi. Pensiya jamg’armasi rahbarlari shunday
strategiyani tanlashi talab qilinadiki (maqsad va vazifalar tizimi bilan uzviy
bog’lanishdi), uni amalga oshirish tashkilotning belgilangan riskka moyillik
chegarasi doirasida faoliyat yuritishiga eng maqbul tarzda imkon beradi. Riskka
moyillikka bog’liq ravishda maqsadlar erishilishi va vazifalar bajarilishi bo’yicha
354
rejalashtirilgan indikatorlardan quyi va yuqoriga og’ishning mumkin bo’lgan
chegarasi qayd qilinadi. Qarorlar qabul qilish uchun axborotlar bilan bog’liq risklar
e’tiborga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: