Yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar (keyingi o‘rinlarda Milliy maqsad va vazifalar deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin



Download 227,92 Kb.
bet1/29
Sana06.07.2022
Hajmi227,92 Kb.
#747890
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
841 20.10.2018 (2)




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 83-sonli “2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yilning sentyabrida Barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son rezolyutsiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini (keyingi o‘rinlarda BRM deb ataladi) izchil amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar (keyingi o‘rinlarda Milliy maqsad va vazifalar deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
3. 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari hisoblansin:
Milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul vazirlik hamda idoralarning samarali ishlarini tashkil etish, BRMga erishishda sektorlararo muvofiqlashtirish va uyg‘unlashgan yondashuvni ta’minlash;
Milliy maqsad va vazifalarning tarmoq, mintaqa va maqsadli rivojlantirish dasturlari, strategiyalar va konsepsiyalarga kiritilishini ta’minlash;
vazirliklar, idoralar va ishchi guruhlarning Milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda natijalarga erishish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish.
5. Milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish davrida quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi funksiyasini bajaradi;
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
b) ishchi organ quyidagi huquqlarga ega:
Milliy maqsad va vazifalarning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan Milliy maqsad va vazifalarni zarur darajada bajarish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
Milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni ishlab chiqish va hal qilish uchun tegishli mutaxassislar va ekspertlarni, shu jumladan xorijiy, shuningdek, ilmiy va boshqa muassasalarni jalb qilish.
6. Milliy maqsad va vazifalarning izchil va zarur darajada bajarilishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ularga muvofiqligi yuzasidan vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligi belgilansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda Iqtisodiyot vaziri B.A. Xo‘jayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-oktabr,
841-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 841-son qaroriga
1-ILOVA
2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar


Download 227,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish