Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

 
3. 
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari yoki uzoq muddatli tarmoq yoki jamoa 
bitimlari asosida tashkil etiladigan kompaniyalar doirasida yollanma ishchilarni 


348 
ixtiyoriy ravishda qo’shimcha ijtimoiy sug’urtalash. Ijtimoiy sug’urtalashning 
ixtiyoriy qo’shimcha tizimlari qoida tarqasida xususiy bo’ladi, lekin ularning 
faoliyati maxsus qonunlar bilan boshqariladi. Bu qonunlarda sug’urtalanganlar 
uchun ijtimoiy kafolatlar tizimi: bir ish beruvchida ish bilan band bo’lishning eng 
kam davri, shundan keyin himoyaning qo’shimcha turlari, pensiya ta’minotiga 
huquq paydo bo’ladi. Ayrim korxonalarning pensiya tizimlari ushbu ijtimoiy 
himoya institutining tashkiliy-xuquqiy shakllari bo’lib xizmat qiladi. Bu tizimlarda 
pensiya aktivlari korxonaning o’z mablag’laridan ajratilmagan bo’ladi. Tashkiliy-
xuquqiy shakllar jumlasiga aktivlar ajratiladigan va mustaqil pensiya kassalari, 
pensiya fondlari, madad kassalari va sug’urta kompaniyalari tomonidan 
boshqariladigan pensiya tizimlari kiradi. Fuqarolar tomonidan qo’lga kiritilgan 
pensiya xuquqlari amalga oshirilishini kafolatlash maqsadida pensiya fondi 
zaxirasi mavjud bo’lib, korxona yoki mustaqil pensiya kassasi to’lovga qobiliyatsiz 
bo’lib qolgan holda to’lovlar amalga oshiriladi. Nodavlat pensiya fondlari yuridik 
maqomi bo’yicha notijorat ijtimoiy ta’minot tashkilotlari bo’lib, majburiy ijtimoiy 
sug’urtalashga qo’shimcha ixtiyoriy shakl deb hisoblanadi.
4. Majburiy ijtimoiy sug’urtalash, iqtisodiy jihatdan faol aholini mehnat qilish 
qobiliyatini (kasallik, baxtsiz xodisa, keksalik tufayli) yoki ish joyini yo’qotishi 
natijasida daromaddan, ish haqidan maxrum bo’lish risklaridan ijtimoiy 
ximoyalash
172
. Moliyaviy manbalari ish beruvchilar, xodimlar, davlatning o’zaro 
yordam va shaxsiy mas’uliyat tamoyillari asosida tashkil etilgan sug’urta 
badallaridir. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar munosabaati bilan sug’urtalash 
tizimi 
bundan 
mustasno, 
ular 
faqat 
ish 
beruvchilarning 
badallaridan 
moliyalashtiriladi. Ijtimoiy sug’urta tizimida pensiya va nafaqalar sug’urtalangan 
shaxsning huquqi, sug’urtalangan shaxs va ish beruvchining ushbu tizimni 
moliyalashtirishda ishtirok etish darajasi bo’yicha beriladi. Byudjet tashkilotlari va 
byudjetdan tashqari fondlarning xarajatlar smetasida ko’rsatilgan summalar 
doirasida va maqsadga muvofiq tuzilishi ustidan qattiq nazorat qilinadi. 
172
Blake D., Cairns A., Dowd K. Pensionmetrics: stochastic pension plan design and value-at-risk during the 
accumulation phase // Insurance: Mathematics and Economics. 2001. № 29. P. 187. 


349 
Xarajatlarini moliyalashtirishga yo’naltirilgan mablag’lardan foydalanishni 
maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib boriladi.
Korxona va tashkilotlarda faoliyati davomida foyda olishni maqsad qilib 
qo’yar ekan, ushbu maqsadga erishish yo’lida korxonalar turli darajadagi risklar 
bilan to’qnash keladi. Ma’lumki, korporativ moliyaning asosiy kantseptsiyalaridan 
biri bo’lib, risk va daromadlilik kontseptsiyasi hisoblanadi. Ya’ni, risk va 
daromadlilik har doim yonma-yon yuradi va bir-birini takrorlaydi, shuningdek 
daromadlilik yuqori sohalarda risk ham yuqori va aksincha daromadlilik past 
sohalarda risk darajasi ham pastroq bo’ladi. Demak korxonalar va jamg’armalar 
qanday faoliyat bilan shug’ullanmasin va qanday daromadlilikka erishishga 
harakat qilmasin ma’lum bir darajadagi riskka duch keladi. Shu sababli korxonalar 
faoliyatida risklarni baholash, risk darajasini pasaytirish, shuningdek risk natijasida 
yuzaga kelishi mumkin bo’lgan moliyaviy yo’qotishlar miqdorini kamaytirish 
bugungi kunning eng asosiy masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shundan kelib 
chiqqan holda quyida korxona va tashkilotlar faoliyatida risklarni baholash 
metodlari va ularni kamaytirish xususida o’z ilmiy fikrlarimizni keltirib o’tamiz. 
Korxona va tashkilotlar faoliyatida boshqariladigan risk va daromadlilik bir-
biriga yaqin boshqaruv ob’ektlari bo’lib hisoblanadi. Ushbu ikkita ko’rsatkichning 
kelgusidagi qiymatlarini aniqlash asosiy masala bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki, 
kelgusida korxonalar faoliyatida daromadlilik va risk darajasini oldindan 100% 
aniq bilib bo’lmaydi. Lekin, aniq ma’lumotlardan foydalanilgan holda kelgusidagi 
erishilishi mumkin bo’lgan natijalarni ma’lum bir ehtimollik doirasida baholash 
mumkin. Shundan kelib chiqqan holda bugungi kunda iqtisodchi olimlar 
tomonidan korxona va tashkilotlarlarda risklarni baholash bo’yicha ko’plab 
metodlar ishlab chiqilgan va ilmiy asoslab berilgan. Ushbu metodlarni quyidagi 
ikkita guruhga ajratishimiz mumkin: 
1. Risklarni baholashning statistik metodlari: daromadlilikning standart 
chetlanishi (σ); 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish