Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

tasdiqlandi. 
 
A.
2015 yil 30 yanvardagi
B.
2016 yil 30 yanvardagi
C.
2017 yil 30 yanvardagi
D.
2010 yil 28 yanvardagi
 BOB. PENSIYa TA’MINOTIDA IChKI NAZORATNI TAShKIL QILISh 
10.1.Ichki nazorat – xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-xo’jalik 
faoliyati nazorati 
 
«Mamlakatimizda qabul qilingan qator qonunlar va qonunchilik hujjatlari 
huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat organlari va ma’muriy tuzilmalarning 
tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvini bartaraf etish uchun qat’iy tartib 
o’rnatish va ana shu idoralarning rahbarlari hamda mansabdor shaxslarining 
javobgarligini oshirish bo’yicha katta ahamiyatga ega bo’ldi»
177
.
177
Karimov I. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, 
iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka 
yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 


371 
Nazorat – har qanday boshqaruv jarayonining ajralmas qismidir. Nazoratning 
davlat va nodavlat turlari o’tkazish usullariga ko’ra o’xshash bo’lishi bilan 
birgalikda yakuniy maqsadi bo’yicha bir-biridan keskin farq qiladi. Nodavlat 
moliyaviy nazoratining asosiy maqsadi esa xo’jalik sub’ektlari tomonidan davlat 
byudjetiga soliqlar va boshqa iqtisodiy agentlarga qilinadigan xarajatlarni 
minimallashtirish hisobiga, qo’yilgan kapitallardan foyda normasini oshirishga 
yordam berish hisoblanadi.
Moliyaviy nazorat ichki (soha, firma, korporativ) va tashqi (auiditorlik) 
nazoratlariga bo’linadi.Moliyaviy nazoratda xato kamchiliklarning oldi olinadi va 
ogohlantiriladi. Moliyaviy nazorat tadbirlarini amalga oshirish vaqtiga ko’ra, 
moliyaviy nazoratning uch ko’rinishini sanab aytish mumkin: dastlabki, joriy va 
yakuniy. “Moliyaviy nazorat sub’ektlariga ko’ra moliyaviy nazorat ichki va tashqi 
nazoratga bo’linadi. Faoliyat samaradorligini oshirish, byudjet mablag’lari 
ishlatilishining samaradorligini oshirishning muhim sharti – ichki nazorat tizimini 
rivojlantirishdir”
178
. Byudjet nazoratini amalga oshirishdan maqsad byudjet 
mablag’larini shakllantirish va ishlatishda maqsadlilik, samaradorlik, tartiblilik, 
qonuniylikning ta’minlanishiga erishishdir. Byudjet mablag’larining davlat 
nazoratidan chetda qolishi va ularning tavakkalchilikka duchor bo’lishi kabi 
muammolarni hal qilinishi, g’aznachilik tizimi joriy qilinishi bilan bu tizim har bir 
bosqichda pul mablag’larini ichki nazorat qilish, miqdor va xarajatlarning vaqtida 
amalga oshirilishi jarayoniga to’la aniqlik kiritish imkonini yaratdi. 
O’zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va qonunlarining ustunligi asosida 
davlat 
boshqaruv 
organlari, 
korxonalar, 
muassasalar, 
davlat 
maqsadli 
jamg’armalari, byudjet tashkilotlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, 
nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish 
ko’radilar. O’zbekiston Respublikasida byudjet tashkilotlari faoliyatida salbiy 
holatlarining oldini olish maqsadida bank, moliya, byudjet, g’aznachilik tizimini 
mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy 
dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq 
so’zi. 2016 yil. 
178
Organizatsiya vnutrennego kontrolya i audita v organax kaznacheystva.
http://www.biznes33.ru/bigplayer/view/3758/
  


372 
mustahkamlash, 
byudjet 
ijrosida 
ishtirok 
etuvchilarni, 
davlat 
maqsadli 
jamg’armalari, byudjetdan mablag’ oluvchilarning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini 
boshqarishning sifat jihatidan yaxshilashga alohida e’tibor berilmoqda. 
 
Bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitida 
mamlakatimizda 
cheklangan 
byudjet 
mablag’lardan manzilli foydalanish davlat byudjetini boshqarishni barcha 
bosqichlarining asosiy tamoyili desak mubolag’a bo’lmaydi. Moliyaviy 
resurslardan samarali foydalanish zaruriyati davlat maqsadli jamg’armalari 
mablag’larini maqsadli taqsimlanishining doimiy nazoratini talab qiladi.
 
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganlaridek, 
«Davlat byudjetini boshqarishga qaratilgan g’aznachilik hizmati institutini 
rivojlantirish 
va 
mustahkamlash 
byudjet 
mablag’laridan 
foydalanish 
samaradorligini ancha oshiradi»
179
. Mana shu jarayonlarda ichki nazoratni 
kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor beriladi.
 
Ichki 
nazorat 
– g’aznachilik operatsiyalarini amalga oshirishda 
qonunchilikka, me’yoriy-huquqiy hujjatlarga va reglamentga qat’iy rioya 
qilinishini ta’minlashga, faoliyatning samaradorligini va natijaviyligini oshirishga, 
lavozim majburiyatlarini maqbul tarzda taqsimlanishiga, risk (xatar), xato va 
kamchiliklarni tezkor aniqlashga, ishonchli buxgalteriya hisobini yuritilishiga va 
hisobotlarni sifatli tuzilishiga yo’naltirilgan monitoring, jarayonlar, tadbirlar va 
tuzilmalar 
majmuasidir. 
Nazorat 
sub’ektlariga yuridik va moliyaviy 
majburiyatlarni amalga oshiruvchi g’aznachilik xodimlari va ularning bevosita 
rahbarlari kiradi.
O’zbekistonda qabul qilingan islohotlar, yangiliklar va modernizatsiya modeli 
orqali o’z oldimizga uzoq va milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini 
qo’yar ekanmiz, eng avvalo, davlat moliyasini boshqarish sohasida, byudjetning 
g’azna ijrosi bosqichida byudjet ijrosi jarayoni qatnashchilarining faoliyatini ichki 
nazorat mexanizmi bilan takomillashtirish aniq belgilab olindi. 
 
179
Karimov I.A. Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o’zgarishlarimizning bosh 
maqsadidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan 
Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. 2008 yil. fevral. 


373 
Ichki nazorat tizimi
180
- xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati tomonidan 
moliyaviy-xo’jalik faoliyatini nazorat qilish va samarali yuritish, aktivlar va hisob 
hujjatlarining saqlanishini ta’minlash, xato va firibgarlik holatlarini oldini olish va 
aniqlash, buxgalteriya yozuvlarining aniq va to’liqligi, o’z vaqtida ishonchli 
moliyaviy ma’lumotlarni tayyorlash maqsadida qabul qilingan tashkiliy tadbirlar, 
usullar va amallar (ichki nazorat vositalari) yig’indisidir. Ichki nazorat tizimining 
samarali amal qilishi, shuningdek tegishli faoliyatni yuritish yuklatilgan 
xodimlarga ham bog’liq. Xodimlarni tanlash, lavozimini ko’tarish, o’qitish va 
qayta tayyorlash tizimi tegishli xodimlarning malakasining yuqoriligini ta’minlashi 
lozim.
 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimi tekshiruvlar jarayonida 
quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:
a)
buxgalteriya hisobi tizimi; 
b)
nazorat muhiti; 
c)
alohida nazorat vositalari. 
Buxgalteriya hisobi tizimi–xo’jalik yurituvchi sub’ektning vazifalari va 
yozuvlarining yig’indisi bo’lib, ular orqali moliyaviy hisobotda xo’jalik 
operatsiyalari va boshqa voqealar natijalarini identifikatsiyalash, to’plash, tahlil 
qilish, hisoblash, tasniflash, umumlashtirish va aks ettirish maqsadida buxgalteriya 
hisobini yuritish usuli sifatida xo’jalik operatsiyalari natijalarini qayta ishlanadi. 
Nazorat muhiti deganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatining ichki nazorat 
tizimini belgilash va ushlab turishga yo’naltirilgan amaliy harakatlari va 
xabardorligi tushunilib, quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
a)
xo’jalik yurituvchi sub’ektni boshqarishning asosiy tamoyillari; 
b)
xo’jalik yurituvchi sub’ektning tashkiliy tuzilmasi; 
c)
ishchilarning vakolati va javobgarligining taqsimlanishi; 
d)
amalga oshirilayotgan xodimlar siyosati; 
e)
tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotlarni tayyorlash tartibi; 
180
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standarti 
(12-son AFMS) "Auditorlik tekshiruvlari jarayonida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash"ni 
tasdiqlash haqida”gi buyrug’i. 2007 yil. 12 aprel. 


374 
f)
ichki maqsadlar uchun hisobotlarni tayyorlash va boshqaruv hisobini amalga 
oshirish tartibi;
g)
xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-xo’jalik faoliyatining umuman 
qonunchilikka mosligi. 
Ichki nazorat deganda, korxona, tashkilot, jamg’arma oldida turgan maqsadga 
erishishga bo’lgan ishonchni ta’minlaydigan hamda tashkilotning barcha 
darajalarida (raxbar va tashkilotda vazifalarni ijro qiluvchi xodimlar) amalga 
oshiriladigan jarayon tushuniladi. Bunda tashkilotda har bir xodim ichki nazorat 
bo’yicha o’zining majburiyatlaridan iborat «nazorat muhiti»ning umumiy 
atmosferasi aniqlanadi. Nazorat muhiti – ichki nazorat tizimining boshqa 
komponentlarining asosi hisoblanadi. Bu muhitni yaratish uchun tashkilot raxbari 
berilgan maqsadga erishish uchun «risklarini baholash»ni bajaradi. Bu vazifalarni 
bajarayotganda axborotlar kommunikatsiyasi paydo bo’ladi. Ichki nazorat tizimi 
kundalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishga oid boshqarish mexanizmi 
bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
- boshqarish siyosati va tartibi; 
- majburiyatlarning taqsimlanishi; 
- vakolatlarni taqsimlanishi; 
- tekshirishlar tartibi; 
- kundalik operatsiyalar ustidan nazoratni olib borish va ular hisobini yuritish; 
- xarajatlarni nazorat qilish. 
Ichki nazorat tizimi ustidan muntazam nazoratni olib borish va uni 
takomillashtirish rahbarlar majburiyatidir. Nazorat tartibi uchun javobgar xodimlar 
bevosita rahbariyatga hisobot berishi lozim. Har bir tarkibiy tuzilma o’zi amalga 
oshirayotgan operatsiyalar ustidan ichki nazoratni olib borishi shart. Bunday 
nazorat mas’ul ijrochilardan boshlanadi, tashkilot boshlig’igacha barcha 
xodimlarning lavozim majburiyatlariga kirishi lozim. Aktsiyadorlar ham bank 
Kengashi va taftish komissiyasi orqali o’z ichki nazoratini amalga oshiradi. Bir 
hodisa boshqasiga turtki berishi mumkin, ayrim hodisalar bir vaqtning o’zida sodir 
bo’lishi mumkin. Davlat moliyaviy nazorat tizimida idoraviy moliyaviy nazorat 


375 
ajratiladi, u vazirliklar, idoralar va boshqa davlat boshqaruv organlari tomonidan 
ularning tizimiga kiruvchi byudjet tashkilotlari va muassasalar, korxonalarning, 
davlat maqsadli jamg’armalari, faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Kassali xarajatlar – davlat byudjeti mablag’larining byudjet tashkilotlari, davlat 
maqsadli jamg’armalariga bank muassasasi orqali berilgan yoki ko’zda tutilgan 
xarajatlariga ularning to’lov hujjatlari asosida o’tkazilgan pul mablag’lari 
summasidir.
 
G’aznachilikda ichki nazoratning maqsadi shundan iboratki, davlat 
maqsadli jamg’armalari, byudjet tashkilotlarini uzluksiz moliyalashtirib borish, 
bosh taqsimlovchilar va byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan ajratilgan 
resurslarni byudjet qonunchiligi talablaridan kelib chiqib, byudjet tashkilotlariga 
etkazish va ularni topshirig’iga asosan g’aznachilikda kassa operatsiyalarni 
yuritishdagi nazoratdan iborat.
Ichki nazorat funktsiyalari byudjet tashkilotlari xodimlarining buxgalteriya 
xatolarini qidirish, byudjet tashkilotlari rahbarlariga qarorlar qabul qilishda 
(risklarni boshqarish bo’yicha) konsultatsiya berish bilan murakkablashtirilmoqda. 
Korporativ sektorda tajribadan o’tgan yondoshuvlardan foydalanish bilan byudjet 
tashkilotlarida ichki nazorat kuchaytirilmoqda.
Jahon stardartlariga muvofiq davlat moliyasini boshqarish sohasida tashkil etilgan 
ichki nazorat va audit rivojlangan jamiyatda erishishning zarur quroli deb 
baholanmoqda. Davlat moliyasi sohasida byudjet tashkilotlari, davlat maqsadli 
jamg’armalarning moliyaviy hisobotida ko’plab xatolarga yo’l qo’yganligi 
natijasida tashqi auditorlarning talabi bilan Buyuk Britaniyada 2002 yilda 
«Sarbeynsa-Oksli» qonuni qabul qilindi. Qonunga muvofiq, Ichki Auditorlar 
Institutining 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish