299
nazoratni kuchaytirishga xizmat qiladi. Pensiya jamg’armasining tuman (shahar)
bo’limlari faoliyatiga doir tahliliy materiallariga muvofiq, Toshkent shahri
bo’yicha 2015 yil davomida 306702 nafar pensiya va nafaqa oluvchilarga jami
1750,2 mlrd. so’m pensiya va nafaqalar to’landi. O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2015 yil 14 apreldagi PF-4715-sonli Farmoniga asosan, 75 yoshga
to’lgan 601 nafar pensionerlar bo’yicha 1 600,7 mln. so’mlik ortiqcha to’lovlar
hisobdan chiqarildi
135
. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi bo’yicha 591
nafar nogironlariga to’langan 3139,9 mln. so’m pensiya xarajatlari 460 ta
korxonalardan regress da’vo tartibida undirildi. O’zbekiston Respublikasining
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonunining 12-moddasi
“b”-“j” bandlariga asosan to’langan pensiyalar xarajatlarini Pensiya jamg’armasi
hisobiga qoplash bo’yicha soliq idoralari bilan hamkorlikda 2015 yil davomida 315
ta korxonalardan 6 372,8 mln. so’m mablag’ jamg’arma hisob raqamiga qoplandi.
Hozirgi
kunga kelib, 117 ta tuman (shahar) bo’limida o’tkazilayotgan
mazkur tekshiruvlar avval tayinlangan pensiya ishlarining 35,0 foizini qamrab
olgan bo’lib, ularning 10,0 foizida pensiya va nafaqalarni asossiz tayinlanishi va
to’lanishi yuzasidan ko’plab qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Bugungi kunda
pensiya jamg’armasini texnik modernizatsiya qilish masalasiga ustuvor vazifa
sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda, eng avvalo, pensiya va nafaqa
oluvchilarning ishonchli himoyalangan yagona markazlashgan ma’lumotlar
bazasini shakllantirish imkonini beradigan avtomatlashtirilgan
axborot tizimini
takomillashtirish ishlari jadal olib boriladi.
Pensiya
jamg’armasining
moliyaviy
barqarorligini
mustahkamlashda
quyidagilarga alohida e’tibor qaratish kerak. O’zbekistonda demografik
omillarning chuqur tahlili asosida aholi yoshi tarkibining o’zgarishlari bo’yicha
uzoq yillik prognozlarni ishlab chiqish va shu asosda pensiya tizimini isloh qilish
strategiyasini belgilab olish zarur. Bu esa istiqbolda pensiya tizimida daromadlar
va xarajatlar bo’yicha yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nomutanosibliklarni oldini
olishga hamda tizimning barqaror faoliyat yuritishini ta’minlashga imkon beradi va
135
Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalarining Pensiya jamg’armasining tuman (shahar)
bo’limlari faoliyatiga doir tahliliy materiallari.
300
shu orqali jamiyatdagi ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf etadi. Sug’urta
badallari
bo’yicha tushumlar hajmi Pensiya jamg’armasi daromadlari hajmining o’sishiga
to’g’ridan-to’g’ri bog’liq va bozor iqtisodiyotida bu bog’liqlik katta ahamiyatga
ega. Shuning uchun Pensiya jamg’armasi daromadlari barqarorligini ta’minlashda
sug’urta badali to’lovi bo’yicha tushumlar miqdorini ko’paytirish eng muhim
omillardan sanaladi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining daromadlarini
ko’paytirish bilan birga mablag’larning maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni
kuchaytirish va uning monitoringini samarali tashkil etish zarur.
Axborot
texnologiyalari
asosida
Pensiya
jamg’armasining
moliyaviy
barqarorligini
mustahkamlashda birinchidan, fuqarolarning majburiy va ixtiyoriy
sug’urta badallariga asosiy e’tiborni qaratish zarur. Ularning stavkalarini oshirib
borish siyosatini davom ettirgan holda pirovardida hisoblab chiqariladigan pensiya
miqdorini ishlovchining to’lagan sug’urta badaliga bog’liqligini ta’minlash va shu
orqali mazkur manbadan tushumlar miqdorini oshirish hamda iqtisodiy adolatni
ta’minlash lozim.
Ikkinchidan, aholini pensiya tizimiga jalb etish qamrovini
kengaytirish, ularni Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lanish tizimini
takomillashtirib borish lozim. Bu borada mamlakatimiz va chet elda norasmiy ish
bilan band bo’lgan fuqarolarni pensiya tizimiga jalb etish zarur bo’ladi. Buning
uchun
ommaviy axborot vositalari, vaqtli matbuot va televidenie orqali aholini
pensiya tizimiga jalb qilish va istiqbolda undan manfaatdorligini ta’minlashga
qaratilgan keng qamrovli targ’ibot-tashviqot ishlarini olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: