Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


Pensiya ta’minotida fuqarolarning axborotlarga bo’lgan talabini



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

8.2.Pensiya ta’minotida fuqarolarning axborotlarga bo’lgan talabini 
bajarilishi 
«Bugungi sharoitda, Internet va elektronika davrida iqtisodiyot tarmoqlarida 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, Elektron 
hukumat tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish ustuvor axamiyatga ega.Jahon 
tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni paytda global iqtisodiyotda kompyuter va 
telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab 
chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko’rsatishni o’z ichiga 
olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora 
ortib bormoqda
»
130
.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi 
mamlakatning raqobatdoshlik darajasiga ta’sir ko’rsatishi, katta hajmda axborot 
130
Karimov I. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, 
iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka 
yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 
mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy 
dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq 
so’zi. 2016 yil. 


287 
to’plash va uni umumlashtirish imkonini berishi, boshqarishni strategik darajada 
tashkil etish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi.
 
O’zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida”gi 
Qonuni (1997 yil 24 aprel)ga ko’ra, har bir fuqaro o’z manfaatlariga daxldor 
axborotlarni bepul, boshqa axborotlarni kelishuv bo’yicha haq to’lab olish 
imkoniyatiga ega. 
“O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg’armasi to’g’risidagi Nizomga muvofiq, fuqarolarning pensiya 
ta’minoti bilan bog’liq masalalar bo’yicha: 

ommaviy axborot vositalari yordamida respublika aholisini fuqarolarning 
pensiya ta’minoti masalalari bo’yicha xabardor qiladi; 

belgilangan tartibda tayinlangan shaxsiy pensiyalar to’lanishini tashkil etadi; 

imtiyozli pensiya ta’minoti huquqini beradigan ishlab chiqarish, ishlar, 
kasblar, lavozimlar va ko’rsatkichlar ro’yxatlarini qo’llash masalalari 
bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari bilan o’zaro hamkorlik 
qiladi, imtiyozli pensiyalarni nazorat qilish va tartibga solish bo’yicha 
takliflar ishlab chiqilishini tashkil etadi; 

fuqarolarning murojaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda 
ko’rib chiqadi, fuqarolarni qabul qiladi. 
Pensiya tizimi faoliyatiga zamonaviy veb-texnologiyalarni joriy etilishining 
mantiqiy davomi bo’lib, Pensiya jamg’armasi tizimida tezkor elektron hujjat 
almashinuvi va kadrlar majmui bo’yicha — WSP «Personal» dasturiy ta’minoti 
ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy qilinishini ta’kidlash mumkin. WSP 
«Personal» dasturiy ta’minoti – tizimda faoliyat ko’rsatuvchi barcha mutaxassis 
xodimlar to’g’risidagi ma’lumotlarning umumlashtirilgan bazasi bo’lib, bunda 
joylardagi kadrlar sifat tarkibini tezkor nazorat qilish, tahlil qilish va tegishli 
ma’lumotlarga ega bo’lish imkoni mavjud. Shu bilan birga, mazkur dasturning 
yuqoridagi imkoniyatlaridan tashqari, uning tarkibida xodimlar malakasini oshirib 
borish uchun pensiya qonunchiligiga doir huquqiy-me’yoriy hujjatlar, idoraviy 
me’yoriy qo’llanmalar elektron baza takomillashtiriladi. 


288 
«Shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda jahon miqyosida yaratilayotgan yalpi 
ichki mahsulotning taxminan 5,5 foizi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
sohasiga to’g’ri kelmoqda. Nufuzli xalqaro ekspertlarning fikriga ko’ra, 2020 yilda 
bu 
ko’rsatkich 

foizdan 
oshadi.
Masalan, 
Koreya 
Respublikasining 
yalpi 
ichki 
mahsulotida 
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalariningulushi 11,8 foizdan ziyodni, Shvetsiyada 7 
foizni, Amerika Qo’shma Shtatlarida esa 6,8 foizni tashkil etadi
»
131
.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning strategik 
maqsadlaridan biri - iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida milliy axborot-
kommunikatsiya 
tizimidan 
samarali 
foydalanish 
hisoblanadi. 
Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari yordamida byudjet-soliq tizimi ish yuritish va 
uning istiqbollarini belgilash amaliyotida foydalanilayotgan mavjud dasturiy 
mahsullarining oqilona ishlatilishiga bog’liq.
Hozirgi kunda soliq tizimini oldiga qo’yilgan vazifalarini to’laqonli bajarish 
uchun tizimni tegishli dasturiy ta’minot vositalari bilan deyarli ta’minlangan 
deyish mumkin. «…Ma’lumot uzatish, statistika, moliya va soliq hisobotlarining 
elektron shakli va tarmoqlari hayotimizning izchil va tizimli asosda joriy 
etilmoqda. Bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektlarining 89 foizidan ortig’i soliq 
hisobotlarini, qariyib 86 
foizi statistik hisobotlarini elektron shaklda 
topshirmoqda»
132
.
Mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 
2016 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan 
O’zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi yig’ilishda 2016 yil 
uchun bir qator vazifalar belgilandi. Jumladan, Markaziy bank, Moliya vazirligi, 
131
Karimov I. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, 
iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka 
yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 
mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy 
dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq 
so’zi. 2016 yil. 
132
Karimov I. “ 2014 yil yuqori o’sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o’zini 
oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 
yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2014 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor 
yo’nalishlariga bag’ishlangan O’zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq 
so’zi. 2014 yil. 18 yanvar.


289 
Davlat soliq qo’mitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya 
texnologiyalari davlat qo’mitasi boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda 
2004 yilda qabul qilingan va bugungi kun talablariga javob bermay qolgan 
«Elektron tijorat to’g’risida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasini tayyorlash 
vazifa sifatida yuklandi. Yuqoridagilar byudjet-soliq tizimiga axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etilayotganligidan dalolot beradi. 
O’zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 26 sentyabrdagi 215-
sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro’yxatga olish 
markazlarining faoliyat ko’rsatish tartibi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq, elektron 
raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati elektron raqamli imzo 
ro’yxatga olingan vaqtdan boshlab 12 oydan oshmasligi belgilandi. Keyinchalik 
elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati shartnoma bilan 
uzaytiriladi, biroq, ikki martadan ortiq uzaytirilmaydi. 
Pensiya 
tizimdagi 
informatsion-interaktiv 
xizmatlar 
turlari 
ro’yxati 
takomillashtiriladi, jumladan: 

pensiya oluvchilarga ularning pensiya miqdorlari o’zgarishi xususidagi 
ma’lumotlarni mobil telefonlariga SMS ko’rinishida yuborish; 

fuqarolarga ularning hisoblangan pensiya miqdorlari xususidagi 
ma’lumotlarni elektron pochtalari orqali kuzatib borish imkoniyatini berish; 

fuqarolar tomonidan o’zlarining pensiya miqdorlarini masofadan turib 
(Pensiya 
kalkulyatori) 
Pensiya 
jamg’armasining veb-saytida hisoblash 
imkoniyatini ta’minlash; 

pensiya ta’minoti qonunchiligiga doir yangiliklar va o’zgarishlarni 
fuqarolarning elektron pochtalariga tarqatish; 

fuqarolar murojaatlarini o’rganib chiqadigan, doimiy avtomatik ravishda 
faoliyat yurituvchi ishonch va shoshilinch telefonlarini ishga tushirish. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish