8.4. Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalarni to’lash
i
ni axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari asosida takomillashtirish
O’zbekiston Republikasi Moliya vazirligi huzurida yangidan tashkil etilgan
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi o’ziga yuklangan vazifalar va
funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega
133
:
–
Jamg’arma vakolatiga tegishli masalalar bo’yicha axborotni davlat organlari
va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so’rash va olish;
–
o’z vakolatlari doirasida Jamg’armaning vazifalarini amalga oshirish uchun
zarur bo’lgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni va uslubiy hujjatlarni
ishlab chiqish;
133
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya
Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi to’g’risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 30-son
Qarori.
294
–
majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlar miqdorlarini belgilash,
shuningdek pensiya ta’minotiga tegishli bo’lgan boshqa masalalar bo’yicha
takliflar kiritish;
–
Jamg’arma vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha xalqaro hamkorlikni
amalga oshirish.
–
Jamg’arma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi
mumkin.
Bugungi kunda davlat soliq xizmati organlarida qo’llanilayotgan dasturiy tizim
oldiga qo’yilayotgan vazifalaridan kelib chiqqan holda, xalqaro standartlar
darajasida takomillashtirilishi pensiya tizimi vakillari oldiga qo’yilgan vazifalarni
bajarilishiga yordam beradi.
O’zbekiston Republikasi Prezidentining 2011 yil 24 avgustdagi “Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini
shakllantirishga
doir
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 4354-son
Farmonida barcha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini soliqlar va
majburiy ajratmalar to’lash hamda moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron
tizimiga
bosqichma-bosqich
o’tkazishni ta’minlash belgilangan. Soliq
to’lovchilarning soliq hisobotlarini elektron ko’rinishda taqdim etishlarida elektron
raqamli imzoni yangilash sababli uzilishlar bo’lishi oldini olish hamda soliq
to’lovchilarning xarajatlarini kamaytirish maqsadida, elektron raqamli imzoning
amal qilish muddatini soha vakillari o’n ikki oydan ikki yilga uzaytirishni
maqsadga muvofiq deb hisoblashadi.
Davlat maqsadli jamg’armalari barqarorligini ta’minlashning yazamonaviy
mexanizmi
bu
integrallashgan
axborot
tizimlarini
takomillashtirishdir.
Respublikamizda davlat maqsadli jamg’armalari daromad qismi ijrosini amalga
oshiruvchi organlar asosiy ishtirokchilari – Moliya vazirligi, Davlat soliq
qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi, Markaziy bank hamda tijorat banklari
hisoblanadi. Bundan tashqari, davlat byudjeti daromad qismining ijrosi bilan
bog’lik jarayonda qonunchilikka muvofiq davlat byudjetiga majburiy to’lovlarni
hisoblash va undirish bo’yicha vakolat berilgan Adliya vazirligi, Ichki ishlar
295
vazirligi va boshqa vazirlik hamda idoralarning tarkibiy bo’linmalari ham ishtirok
etadi. O’z bazasida qonunchilik va ijro hokimiyati organlari, shuningdek,
vakolatli vazirliklar, qo’mitalar va idoralar foydalana oladigan soliqlar va boshqa
majburiy to’lovlarni hisoblash va to’lash bo’yicha axborotga ega bo’lgan
birlashgan integratsiyalashgan tizimni yaratish davlat byudjetining daromad
qismini shakllantirish va ijro etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tashkil
etish, muvofiqlashtirishni yaxshilash samarasini oshirishga xizmat qilishi
mumkin.
Birlashgan integratsiyalashgan axborot bilan ta’minlash tizimi uzatilayotgan va
qabul qilinayotgan moliyaviy va boshqa ma’lumotlarning asosiy oqimlarini va
parametrlarini inobatga olishi, turli davlat organlari o’rtasida axborot
almashinuvi, shuningdek, ular tomonidan boshqa vazirliklarning ma’lumotlar
bazasida mavjud bo’lgan axborotlardan ham joriy ishda, ham rejalashtirish va
prognozlashtirish maqsadlarida foydalanish imkonini berishi lozim. Boshlang’ich
bosqichda bu vazifa vazirliklar va idoralar guruhi doirasida hal etilishi, ya’ni ular
o’rtasida almashiladigan ma’lumotlar tarkibi va xajmi aniqlanishi, keyinchalik
esa umumdavlat miqyosida axborot almashishning global tizimini yaratishga
qaratilgan masalaning echimiga o’tish mumkin.
Pensiya ta’minoti tizimining asosiy moliyaviy instituti – O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi
bo’lib, uning moliyaviy barqarorligi, birinchidan, to’g’ridan-to’g’ri aholining
ijtimoiy himoya tizimi barqarorligiga, ikkinchidan, Pensiya jamg’armasiga
to’lanishi lozim bo’lgan majburiy to’lovlar va badallar hamda boshqa to’lovlarga
bog’liq bo’ladi. Qolaversa, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining
moliyaviy barqarorligi davlatning ijtimoiy funktsiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Shu
sababli mazkur jamg’arma mablag’larini shakllantirish manbalarining muntazam
ravishda takomillashtirilib borilishi, tushumlarning o’z vaqtida va to’liq tushishini
ta’minlashga erishish Pensiya jamg’armasining moliyaviy barqarorligini
mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
296
Hozirgi kunda moliyaviy va soliq hisobotlarini elektron ko’rinishda qabul qilish
va qayta ishlash tizimi to’la ravishda O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq
qo’mitasi
http://www.soliq.uz/uz
axborot portalida amalga oshirilmoqda. Mavjud
portalda moliyaviy va soliq xisobotlarini elektron ko’rinishda shakllantirishning
asosiy dasturiy vositalari joylashtirilgan Tizim
Do'stlaringiz bilan baham: |