Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

 
5.
 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar JBPT mablag’larini joylashtirish to’g’risidagi 
ariza berishdan oldingi … uchun foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotni 
taqdim etishi lozim. 


279 
 
A.
uch yil
B.
to’rt yil
C.
ikki yil
D.
bir yil
6.
 
JBPT mablag’larini ... joylashtirilishi mumkin. 
A.
davlat qimmatli qog’ozlariga, ipoteka obligatsiyalariga, muomalaga chiqarilgan 
va listingdan o’tgan korporativ qimmatli qog’ozlarga, banklardagi milliy va chet 
el valyutasidagi muddatli depozitlarga 
B.
muomalaga chiqarilgan va listingdan o’tgan korporativ qimmatli qog’ozlarga 
C.
ipoteka obligatsiyalariga 
D.
davlat qimmatli qog’ozlariga 
7.
 
Portfel investitsiyalarning turiga kirmaydi: 
A.
kamayish portfeli, daromad portfeli, xatarli sarmoya portfeli, aralash portfel. 
B.
o’sish portfeli, daromad portfeli, xatarli sarmoya portfeli, aralash portfel. 
C.
kamayish portfeli, daromad portfeli, xatarli sarmoya portfeli,
D.
kamayish portfeli, xatarli sarmoya portfeli, aralash portfel. 
 
 
 
VIII BOB. PENSIYa TA’MINOTINING AXBOROT TIZIMI 
ASOSIDAGI NAZORATI
 
8.1.O’zbekistonda fuqarolarning pensiya ta’minoti nazoratida
axborot texnologiyalarining qo’llanilishi 


280 
 
Davlat ijtimoiy majburiyatlarining bajarilishi, bunda pensiya va ijtimoiy 
nafaqalarning aniq hisob-kitob qilinishi, o’z vaqtida to’liq hajmda to’lanishi va 
umuman Pensiya jamg’armasi faoliyati samaradorligi bevosita ushbu tizimda 
qo’llanilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ham bog’liq. 
So’nggi yillarda aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, pensiya 
va ijtimoiy nafaqalarni o’z vaqtida moliyalashtirish, barqaror daromadlarni 
ta’minlash, shuningdek, yangi axborot tizimidan foydalangan holda, barcha 
tarkibiy bo’linmalar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash Pensiya jamg’armasi 
faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi “Zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1730-sonli qaroriga muvofiq davlat pensiya 
ta’minoti tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter 
texnikasi va telekommunikatsiya vositalari joriy etildi. Pensiya va nafaqalarni 
hisobga olish, tayinlash hamda to’lashni tashkil etish, zamonaviy innovatsion 
dasturiy mahsulotlaridan foydalanish orqali Pensiya jamg’armasining barcha 
tarkibiy bo’linmalari o’rtasida samarali elektron hamkorlikni yo’lga qo’yishga 
qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. “Pensiya” dasturiy majmui
126
shulardan biridir. Ayni vaqtda barcha pensionerlar va nafaqa oluvchilar haqidagi 
shaxsiy ma’lumotlar shakllantirilgan yagona elektron ma’lumotlar bazasini o’z 
ichiga olgan, pensiyalarni tayinlash hamda to’lash joriy etilgan axborot tizimi 
orqali amalga oshirilmoqda.
“Pensiya” axborot tizimi pensiya va nafaqalarni tayinlash, ularning hajmini 
hisoblash, pensiya hamda nafaqalarni qonunchilikka asosan qayta hisob-kitob 
qilish va hisobga olish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan bo’lib, 
u ishonchli himoya qilingan va markazlashtirilgan yagona ma’lumotlar bazasini 
shakllantirish, foydalanuvchilarni ishonchli, to’liq va dolzarb axborotlar bilan o’z 
126
Mazkur mujmua O’zbekiston yirik kompaniyalardan biri – “Fido-biznes” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan 
hamkorlikda yaratilgan. Tizimni ishlab chiqish 2010 yilning mayida boshlangan va bir yildan so’ng bu jarayon Pensiya 
jamg’armasining Toshkent shahar va viloyatidagi tuman bo’limlarida davom ettirilgan. 2012 yilning birinchi choragida 
dasturiy majmua O’zbekistonning barcha hududlarida ishga tushirilgan. 


281 
vaqtida ta’minlash imkonini beradigan avtomatlashtirilgan axborot tizimidir. 
Mazkur tizim Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limlarida pensionerlarni 
ro’yxatga olish, ular haqidagi axborotlarni saqlash, qayta ishlash va berish, qayta 
ishlanayotgan axborotlarning tezkorligi va ishonchliligini oshirish uchun 
pensionerlar to’g’risida markazlashtirilgan yagona ma’lumotlar bazasini yaratishga 
ko’maklashadi. Bundan tashqari, axborot tizimi to’lov hujjatlarini (pensiya va 
nafaqalar to’lash uchun qaydnomalar) shakllantirish, elektron to’lov hujjatlarini 
to’lovlar uchun mas’ul tegishli tashkilotlarga jo’natish imkonini ham beradi.
“Pensiya” axborot tizimidan foydalanish hisob shakllarini Pensiya 
jamg’armasi bo’linmalari darajasida olish, fuqarolar pensiya ta’minoti tizimining 
faoliyat ko’rsatkichlarini sifat jihatidan yaxshilash, pensiya va nafaqalarni turlari 
bo’yicha moliyalashtirishni hisobga olish hamda monitoring qilishga yordam 
beradi. Shu bilan birga, tizimda davlat pensiya va nafaqalarini tayinlash, qayta 
hisob-kitob qilish va to’lash bo’yicha daromadlar hamda xarajatlarning kunlik 
balansini tuzish, Pensiya jamg’armasi mablag’larining sarflanishini barcha joylarda 
tezkor qayd etish, markazlashtirilgan ma’muriy nazoratni amalga oshirish imkoni 
ham bor. Ta’kidlash joizki, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda ham, 
jumladan, AQShda pensiya tizimini boshqarish, pensiya imtiyozlarini belgilash
pensiya tizimida investitsiyalarni boshqarish va boshqalar maxsus kompyuter 
dasturlari asosida amalga oshiriladi
127
. Albatta, bunday holat pensiya tizimi 
faoliyati samaradorligini ta’minlash imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi 
“2015-2017 
yillarda 
pensiya 
ta’minotining 
yagona 
idoralararo 
integratsiyalashtirilgan axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 
297-sonli qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
“Pensiya” axborot tizimi negizida byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi 
pensiya ta’minotining yagona idoralararo integratsiyalashtirilgan axborot tizimi 
(“Nafaqa” yagona axborot tizimi) tashkil etildi. Bu axborot tizimi keksa kishilar 
uchun pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlashning eng qulay tizimini nazarda 
127
Jun Peng. State and Local Pension Fund Management. (Public Administration and Public Policy) 0th Edition . 
USA: Publisher: Auerbach Publications (August 21, 2008). – P. 29; 85; 111.


282 
tutadi, shuningdek, ma’lumotnomalar va tasdiqlovchi hujjatlarni qog’oz shaklida 
olishni istisno etgan holda pensiyalar va nafaqalar to’lashga mablag’larni o’z 
vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash imkonini beradi.
Pensiya ta’minoti tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining faol 
joriy etilishi pensiya va nafaqalarning to’g’ri va aniq hisob-kitob qilinishini, davlat 
byudjeti mablag’laridan samarali foydalanilishini, o’zaro axborot almashinuvining 
tezkorligi va shaffofligini, pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolarga katta qulayliklar 
yaratilishini ta’minlaydi.
O’zbekistonda rivojlanishga yordam berish bo’yicha Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining 2010-2015 yillar dasturi dasturining maqsadi aholi, shu jumladan 
uning nochor qatlamlari (iqtisodiy jihatdan qoloq mintaqalar, jumladan qishloq 
joylari aholisini, xususan, ayollarni, uy bekalarini, mehnat muhojirlari va ularning 
oilalarini, bolalarni, o’smirlarni, pensionerlarni, keksa kishilarni, SPIDga chalingan 
shaxslarni, nogironlarni) iqtisodiy farovonligini oshirishga qaratildi. 
O’zbekistonda Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish hamda YuNDAF 
2010-2015 yillar dasturi bo’yicha turmush darajasini oshirish yuzasidan 
quyidagilar ko’zda tutilgan: 

keksa kishilar, aholining kam ta’minlangan qatlamlari turmush darajasini 
oshirishga qaratilgan iqtisodiy va ijtimoiy himoya choralarini ishlab chiqish 
va amalga oshirishda boshqaruvning markaziy va mahalliy organlari 
salohiyatini mustahkamlash; 

aholining nochor qatlamlarini ishga joylashtirish imkoniyatlarini kengaytirish 
va ularning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash; 

biznes yuritish sohasida mikromoliyalashtirish xizmatlaridan hamda 
maslahat-axborot xizmatlaridan foydalanishni kengaytirish; 

aholining 
asosiy 
ijtimoiy 
xizmatlardan 
foydalanish 
imkoniyatlarini 
kengaytirish uchun mahalliy organlar bilan birgalikda infratuzilmalarni 
tiklash. 
O’zbekiston Respublikasida «…Tanlagan va mashhur besh tamoyilga asoslangan 
taraqqiyot modelining naqadar haqqoniy va samarali ekani biz qurayotgan yangi 


283 
demokratik tizimda, iqtisodiyotimiz rivojlanishining barqaror, barchani hayratda 
qoldirayotgan sur’atlarida, xalqimizning hayot darajasi va sifati ortib 
borayotganida o’zining amaliy tasdig’ini topmoqda» 
128
.
Pensiya ta’minotini zamonaviy texnik usullar orqali boshqarish ijtimoiy 
yordamga muhtoj bo’lganlar to’g’risida tezkor va ishonchli axborotga ega bo’lish 
uchun o’ta muhimdir. Ma’lumotlar hisobi va uni qayta ishlash tizimini tubdan 
yaxshilamay turib aholini ijtimoiy himoyalash tizimida islohotlarni amalga oshirib 
bo’lmaydi. Etarli darajada tezkor va aniq bo’lmagan axborotlarga asoslangan holda 
prognozlar tayyorlash va qarorlar qabul qilishda jiddiy xatoliklarga olib kelishi 
mumkin.
Pensionerlar bo’yicha kompyuterlarda axborot bazalarini yaratish nafaqat ularni 
muhtojlik bo’yicha toifalarga ajratish, balki etarli aniqlik bilan mo’ljallanayotgan 
rejalarni O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti va Davlat byudjetiga qanday ta’sir 
ko’rsatishini hisoblash imkonini beradi. Pensiya jamg’armasi «O’zbekiston 
pochtasi» ochiq aktsiyadorlik jamiyati va O’zbekiston Respublikasi Xalq 
bankining bo’linmalarida pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to’lovlari 
hamda boshqa to’lovlarning to’liq va o’z vaqtida to’lanishi monitoringini olib 
boradi va tekshiradi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda 
qatnashadi, fuqarolarning pensiya ta’minoti masalalari bo’yicha zamonaviy nazariy 
ishlanmalarni va xorijiy tajribani o’rganadi. Jamg’armaning mablag’larini 
oluvchilar, pensiyalar hamda Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar 
tayinlash va to’lash to’g’risidagi axborotni ishlab chiqishda qatnashadi va 
avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashni joriy etadi.
Respublikamizda pensiya tizimini zamonaviy axborotlashtirish orqali pensiya 
xizmati ko’rsatish ko’lami yaxshilandi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi 
tizimida texnik modernizatsiya qilish masalasiga ustuvor vazifa sifatida alohida 
e’tibor berilar ekan, avvalambor, pensiya ta’minotini tashkil etishda 
avtomatlashtirilgan axborot tizimini ommaviy ravishda joriy etilishi sohaga 
128
Karimov I.A. Mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishga qaratilgan taraqqiyot yo’limizni 
qat’iyat bilan davom ettirish – bosh maqsadimizdir.O’zbekiston Respublikasi Prezedenti I. Karimovning 
O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 22 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. \\ Xalq 
so’zi. 2014 yil. 5 dekabr.


284 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni jadal kirib borayotganligidan 
dalolat beradi. Shu maqsadda, eng avvalo, respublikamizda istiqomat qiluvchi 
barcha pensiya va nafaqa oluvchilarning ishonchli himoyalangan, yagona 
markazlashgan ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Bunda, respublikamizda 
istiqomat qiluvchi 3,3 mln.dan ortiq pensiya va nafaqa oluvchilarning yagona 
elektron ma’lumotlar bazasi tashkil etildi. Ahamiyatli jihati shundaki, bugungi 
kunda markazlashgan holda 140 dan ortiq hisobotlarni ushbu dastur orqali 
shakllantirishga erishildi. Amaliyotga tadbiq etilgan dastur, o’z salohiyatini joriy 
etilishining birinchi kunlaridanoq ko’rsata boshladi. Buning natijasida, noqonuniy 
pensiyalarni tayinlanishi oldi olindi, Pensiya jamg’armasining mablag’lari 
tejalishiga erishildi. 
Respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha pensiya va nafaqa oluvchilarning 
ishonchli 
himoyalangan, 
yagona 
markazlashgan 
ma’lumotlar 
bazasini 
shakllantirish imkonini beradigan zamonaviy avtomatlash-tirilgan axborot tizimini 
amaliyotga keng joriy etish ishlari jadal olib borilmoqda. «Pensiya to’lovlari hisob-
kitobi va nazoratining avtomatlashtirilgan tizimiga hisobot davrida jami 1731 ta 
pochta aloqa ob’ektlari bog’landi»
129
.
Fuqarolarga pensiya tayinlash uchun murojaat etgan shaxsning boshqa hududda 
mehnat faoliyati yuritgan davrini aniqlash uchun, Pensiya jamg’armasining 
xududiy bo’linmalari o’rtasida o’zaro so’rov xatlarini yuborish, murojaatga 
to’laqonli va haqqoniy javob olish hamda ushbu jarayon ustidan tegishli nazorat 
mexanizmi nazarda tutadigan «So’rov» moduli — WSP «Personal» dasturining 
qo’shimcha funktsionali hisoblanadi. Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) 
bo’limlarida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar aybi bilan mehnatda mayiblanish tufayli 
tayinlangan nogironlik pensiyalariga sarflangan mablag’larni qoplash yuzasidan 
regress da’volari hisobini yuritish, undirilishi lozim bo’lgan mablag’lar hamda 
129
Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy 
o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib 
berish hisobidan oldinga yurishdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor 
yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha 
ilmiy-ommabop risola. Toshkent. Ma’naviyat. 2016. –B.320. 


285 
ularning qoldiqlari bo’yicha yagona integrallashgan ma’lumotlar bazasi 
yaratilmoqda. 
Pensiya islohotining axborot bilan etarli ta’minlanmaganligi eng katta kamchilik 
edi. Bozor iqtisodiyoti mamlakatlardagi pensiya sug’urtasi islohoti dolzarb 
muammmolarni xal etish uchun yo’naltirildi. Pensiya islohotini yaxlit, to’laligicha 
amalga oshirish katta xarajatni talab etadigan tadbir bo’lib, iqtisodiy inqiroz 
sharoitida ushbu islohot davlat byudjeti va fuqarolar uchun ham qimmatga tushadi. 
Sug’urtalanganlarni hisobga olishning xususiylashgan tizimi yaratilganligi yangi 
tuzilmalar faoliyatini tashkil etish, ular ustidan nazorat o’rnatish, avvalo, davlat 
hokimiyati organlari tuzilmalaridan nihoyatda katta kuch va e’tiborni talab etdi.
Rossiya, Polsha va Qozog’iston tajribasining ko’rsatishicha, fuqarolar ijtimoiy 
faollligining sustligi avvalo aholi pensiya islohotlarining vazifalari, yo’nalishlari 
va natijalari to’g’risida, jamg’arib boriladigan yangi pensiya tizimining mexanizmi 
va tarkibiy tuzilmasi to’g’risida bexabar ekanligi bilan izohlanadi. Islohotlar 
bo’yicha axborot etkazib berish ta’minlanmagan edi, sug’urta qilingan shaxslarga 
jamg’arib boriladigan tizimga o’tish jarayonidagi hatti-harakatlari, huquq va 
burchlari ushbu o’zgarishlarning ijobiy va ehtimol tutilgan salbiy jihatlari 
tushuntirib berilmagan. Axborot berish sohasida bunday etishmovchilik sababi 
yangicha pensiya tizimining shoshilinch tarzda joriy etilishi bilan bog’liq. 
Masalan, Rossiyada jamg’arib boriladigan pensiya mablag’larini boshqarish 
uslublarini tanlash to’g’risidagi va ana shunday tanlovni amalga oshirish 
to’g’risidagi axborotnomalarni tarqatish muddatlari bir necha marta boshqa 
muddatga ko’chirildi.
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimining investitsion jozibadorligi fuqarolarga 
islohotlarning vazifalari va tamoyillari to’g’risida to’liq va ochiq axborot etkazib 
berilgan bozorlarda ishonchli va daromadli investitsiyalash vositalarining 
mavjudligiga bog’liq. Xususiy pensiya jamg’armalarini imtiyozli soliqqa tortish 
(jismoniy shaxslar daromadlari solig’i va korporativ soliq) orqali rag’batlantirib 
borish, shuingdek davlat kafolatlarini ta’minlash muhim. 


286 
Xorijiy davlatlarda pensiya tizimida ko’plab imtiyozlar mavjudligi pensiyaga 
qo’shib beriladigan ustamalarning pensiya jamg’armasidan to’lanishi, pensiya 
miqdorida sug’urta «stajiga» emac «ish stajiga» qarab hisoblanishi pensiya 
jamg’armasi defitsitini vujudga keltiradi. Pensiya tizimida «ish staji» 
tushunchasidan voz kechib, «sug’urta staji» tushunchasiga o’tish, bu jarayonlarni 
elektron ko’rinishda nazorat qilish mavjudligi uchun pensiyalarni hisoblashda 
faoliyatning faqat majburiy ajratmalar to’langan davr hisobga olinadi. 
Pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishdan ko’zlangan asosiy maqsadlar 
quyidagilardan iborat: 

bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida pensiya ta’minotini modernizatsiyalash; 

byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi daromadlarini shakllantirish 
monitoringini kuchaytirish; 

pensiya ta’minotini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida boshqarish; 

pensiya ta’minoti xarajatlarini boshqarish, pensiya to’lovlarini maqsadli 
amalga oshirish yuzasidan nazoratni kuchaytirish. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish