Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


…tomonidan Pensiya jamg’armasiga Markazlashgan axborot bazasida



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

 
…tomonidan Pensiya jamg’armasiga Markazlashgan axborot bazasida 
joylashgan ma’lumotlardan foydalanish huquqi beriladi. 
 
A.
Soliq qo’mitasi
B.
Bojxona qo’mitasi
C.
Moliya vazirligi
D.
Moliya vazirligi
 
 
 
 
 
 
 
 
 


304 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
UChINChI BO’LIM 
IX BOB. PENSIYa TA’MINOTINING MOLIYaVIY XAVFSIZLIGI VA 
IJTIMOIY RISKLAR 
 
9.1.Davlat siyosatida iqtisodiy-moliyaviy barqarorlikni ta’minlash 
vazifalari 
 


305 
Murakkab tizim sifatida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari orasida shakllangan va 
o’zgarib boradigan proportsiyalar va o’zaro nisbatlar tarkibiy o’zgarishlarni 
tavsiflaydi. Milliy xo’jalikning maqbul tarkibi, alohida turdagi ishlab 
chiqarishlarning 
rivojlanganligi 
va 
balanslashganligi, 
ularning 
o’zaro 
mutanosibligi har qanday davlat rivojlanishining pirovard maqsadi – aholi turmush 
farovonligining oshishiga xizmat qiladi. 
Iqtisodiyot g’oyat murakkab tuzilma hisoblanadi, doimo harakatda va 
yangilanishda bo’ladi. Bu resurslar va yaratilgan tovarlar hamda xizmatlarning 
harakati tarzida bo’ladi. Birinchisi real iqtisodiyot sektori, ikkinchisi moliya 
sektori. Albatta, bozor tizimining asosiy tayanchini real sektor tashkil etadi. Real 
sektordagi mahsulot va xizmatlarning xarakatiga mos ravishda Davlat byudjeti 
(davlat maqsadli jamg’armalari, jumladan, Pensiya jamg’armasi) mablag’larining 
ham harakati yuz beradi. Makroiqtisodiy aylanishda butun jamiyat miqyosida 
davlat moliyasi mablag’larining shakllanishi va taqsimlanishi yuz beradi.
Ikki oqim bir-biriga mos kelgandagina iqtisodiyot ravon rivojlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. Karimov tomonidan belgilab 
berilgan. O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishining besh tamoyiliga amal 
qilish hamda o’tkazilishi zarur bo’lgan islohotlar davlatimizni kuchli va barqaror 
bo’lishini talab qiladi. Davlatning barqarorligi, iqtisodiyotni barqarorlashtirish, 
kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, qonun ustuvorligini ta’minlash kabi vazifalar 
davlat ixtiyoridagi mablag’larga chambarchas bog’liq. Davlat tasarrufida 
mablag’larning nazorati mamlakatning byudjet siyosatiga bevosita ta’sir 
ko’rsatadi. Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, bugungi kunda 
amaliyotda byudjet mablag’laridan samarali foydalanishda byudjet nazorati o’ta 
muhim hisoblanadi. Byudjet xarajatlaridan samarali foydalanishning muhim 
shartlaridan biri tejamkorlik rejimidagi xarajatlarni nazorat qilish me’yorlariga 
qat’iy rioya qilishdir. 
«Aholi farovonligi va aholining real daromadlarini oshirish, bandlik 
masalasini echish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini 
yanada rivojlantirish davlat tomonidan beriladigan aniq manzillik ijtimoiy himoya 


306 
tizimini takomillashtirish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish kabi vazifalarni 
bajarish jamlanma byudjetning tarkibiy tuzilishi va uning to’liq ijrosiga bog’liq

Mamlakatimizda Davlat byujeti rejasi defitsit bilan tasdiqlanayotgan bo’lsa ham, 
oqilona byudjet siyosati asosida xar yili profitsit bilan yakunlanmoqda. O’tgan yili 
soliq yuki 20,5 foizdan 20,0 foizga, daromad solig’i stavkasi esa 9,0 foizdan 8,0 
foizga kamaytirilgan bo’lsa-da, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 
foiz profitsit bilan bajarildi»
136
. Iqtisodiyotning turli sohalarini rivojlantirish, o’z 
navbatida byudjet daromadlari bazasini oshirishga ko’maklashish maqsadida 
2017 yilda iqtisodiyotga Davlat byudjetidan joriy yilga nisbatan 19,5 foizga ko’p 
yoki YaIMga nisbatan 2,2 foiz miqdorda mablag’ ajratish rejalashtirilmoqda. 
Jahon iqtisodiyotida o’sish sur’atlari sekinlashib, dunyo bozorida eksport 
tovarlarining narxi pasayib borayotgan sharoitda O’zbekiston Respublikasida 
Davlat byudjeti oxirgi yillarda profitsit bilan ijro etilayotgani olib borilayotgan 
soliq va byudjet siyosatining samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlardan biri 
hisoblanadi.
2017 yil byudjet va soliq siyosatini takomillashtirishning asosiy 
yo’nalishlari Hukumat tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib 
chiqqan holda shakllantirilgan bo’lib, quyidagilarni nazarda tutadi: 

makroiqtisodiy muvozanat va barqaror iqtisodiy o’sishni saqlab qolish; 

Davlat byudjeti balansliligi va barqarorligini ta’minlash, davlat qarzini 
asossiz oshishiga yo’l qo’ymaslik; 

aholi daromadlari va turmush darajasini yanada oshirishni ta’minlash; 

chuqur tarkibiy o’zgartirishlar va muxandislik, yo’l-transport hamda ijtimoiy 
infrastrukturani rivojlantirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritish; 

byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, hududlar daromad bazasini 
oshirish hamda mahalliy byudjet xarajatlarini optimallashtirish hisobiga 
subventsiya oluvchi hududlar sonini qisqartirish. 
136
Karimov I. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va 
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib 
berish − ustuvor vazifamizdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2015 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan 
O’zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq so’zi. 2015 yil. 18 yanvar. 


307 
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishni davom ettirish, xususiy mulk va 
tadbirkorlikni rivojlantirishni jadallashtirish, davlatning iqtisodiyotdagi ulushini 
kamaytirish va tarkibiy o’zgartirishlarni jadallashtirishga qaratilgan ishlarni izchil 
amalga oshirish evaziga makroiqtisodiy barqarorlik saqlab qolinmoqda, aholi 
daromadlari va farovonligi qat’iy o’smoqda. 2017 yilda kam ta’minlangan 
oilalarga ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam hamda kompensatsiya to’lovlariga 
Davlat byudjeti xarajatlari, aholi farovonligini oshirish va kam ta’minlangan 
oilalarga ijtimoiy yordamning manzilliligini kuchaytirish bo’yicha so’nggi yillarda 
amalga oshirilgan chora-tadbirlarga muvofiq yalpi ichki mahsulotga nisbatan 
1,1 foiz miqdorida ko’zda tutilmoqda. 
Mamlakatning moliyaviy xavfsizligi – davlatning milliy xususiyatlaridan kelib 
chiqib, moliyaviy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirishdan iborat. Bu bozor 
institutlari, muassasalar, tashkilotlar va jamg’armalarning faoliyati uchun iqtisodiy 
shart-sharoitlarni kafolatlaydigan moliya tizimi holati bilan xarakterlanadi. 
Iqtisodiy xavfsizlik – oqilona boshqaruv, iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy 
o’sishi, ijtimoiy ehtiyojlarning maqbul tarzda qondirilishi, iqtisodiy manfaatlarning 
milliy va xalqaro darajada himoyalanishi ta’minlanadigan holatni ifodalovchi 
iqtisodiy kategoriyadir. Turli mamlakatlarda iqtisodiy xavf-xatarning manbalari, 
namoyon bo’lish shakli, ayrim xavf-xatarning ustuvorligi, ularni kamaytirish 
imkoniyatlari farqlanadi. Iqtisodiy xavfsizlik mamlakatning iqtisodiy salohiyati, 
jahon iqtisodiyotidagi o’rni, tabiiy, insoniy, moliyaviy va moddiy resurslar bilan 
ta’minlanishi, ilmiy-texnologik salohiyati, iqtisodiyotni tartibga soluvchi 
mexanizmlarni naqadar yaxshi ishlashiga qarab turli darajada ta’minlanadi. 
Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning eng muhim tarkibiy qismi va moddiy 
asosidir. Shu bois iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash davlat iqtisodiy siyosatining 
uzviy qismi va eng muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
«Ko’pgina taraqqiy topgan mamlakatlarda vaziyat qanday tus olishini oldindan 
aytib bo’lmaydigan va turli xavf-xatarlar saqlanib qolayotgan bir sharoitda davlat 
qarzlari va davlat byudjeti taqchilligi tobora ortib bormoqda. Shu bilan birga, jahon 
zaxira valyutalarining beqarorligi, moliya-bank tizimi kredit qobiliyatining keskin 


308 
pasayishi va investitsiyaviy faollikning susayishi bilan bog’liq murakkab 
muammolar ko’plab davlatlar iqtisodiyotining tiklanish va o’sish sur’atlariga 
salbiy ta’sir ko’rsatmoqda»
137

O’zbekiston Respublikasida tanlab olingan iqtisodiy islohotlar yo’liga amal 
qilish bozor munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini 
bosqichma-bosqich o’zgartirish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash, 
oilalar va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar 
yomonlashuvini oldini olish imkonini berdi, mamlakatdagi moliyaviy xavf-xatarlar 
bartaraf etildi.
«Yurtimizdagi 10 foiz ta’minlangan va 10 foiz etarlicha ta’minlanmagan aholi 
daromadlari o’rtasidagi farq, ya’ni «detsil koeffitsenti» deb nom olgan ko’rsatkich 
barqaror pasayish tendentsiyasiga ega bo’lib, bu raqam 2010 yildagi 8,5 foiz 
o’rniga 2015 yilda 7,7 foizni tashkil etdi. Bu ko’rsatkichni tahlil qilish uchun uni 
dunyoning boshqa mamlakatlarida qay darajada ekanligini bilishimiz kerak

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish