310
Ingliz iqtisodchisi Dj.M.Keynsning «Bandlik, foiz va pulning umumiy
nazariyasi» asarida bayon qilinganidek, bozor iqtisodiyoti ichki ziddiyatlari bilan
beqarordir,
bozor
iqtisodiyotini
barqarorlashtirish
milliy
iqtisodiyotni
rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. “Davlat o’zining
iqtisodiyotga aralashuvidan iborat faoliyati orqali muvozanatlarni tiklashda
qatnashadi, bu bilan iqtisodiyotni tartiblash va xatarsiz iqtisodiy o’sishga yordam
beradi. G’arb davlatlarining rahbarlari taniqli iqtisodchi olim J.M.Keynsning
davlat moliyasini iqtisodiiy va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning muhim
quroli deb hisoblagan fikriga qo’shildi. Davlat byudjeti iqtisodiyot va ijtimoiy
sohaning rivojlanishiga davlat tomonidan ta’sir o’tkazishning muhim vositasi
sifatida doimiy ravishda qo’llaniladi»
142
.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning keynscha nazariyasi uch holatni o’z
ichiga oladi:
–
o’z-o’zidan harakatga keladigan bozor mexanizmini rivojlantirish;
–
iqtisodiyotni tartibga solish va nazorat qilish chora-tadbirlarini belgilash;
–
iqtisodiyotni boshqarishda paydo bo’lgan iqtisodiy-ijtimoiy qiyinchiliklar
va ziddiyatlarning xavfini kamaytirish.
Mashhur shotland iqtisodchisi Adam Smit «Xalqlar boyligining tabiati va
sabablari haqida tadqiqot» asarida davlat moliyasining davlat va jamiyat hayotidagi
yuksak ahamiyatini ko’rsatdi. Jamiyatni idora qilishda davlat muhim o’rin tutgan
bugungi kunda davlat moliyasi va moliyaviy munosabatlar tarixiy taraqqiyotning
eng muhim omillaridan biriga aylandi. Amerikalik iqtisodchilar G. Koun, M.
Klyudo fikrlariga ko’ra, davlat soliqlaridan va transfert to’lovlaridan foydalanish
yo’li bilan jamiyat milliy daromadini kambag’allar foydasiga qayta taqsimlash
imkoniga ega. Nemis olimlari A.Vagner, M.Veberx, G. Shmollerlarning fikriga
ko’ra, mamlakatning boyligi va daromadlarini adolatli taqsimlashda davlat
moliyasidan foydalanish mumkin. Shu fikrlarga qo’shilgan ingliz olimi D. S. Mill
mamlakatdagi ijtimoiy ziddiyatlarni yumshatish maqsadida davlat byudjeti
daromadlarini taqsimlash sohasida o’zgartirishlar kiritish kerakligini ta’kidladi.
142
Jo’raev A. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo’llari. “Fan». Monografiya. 2004.-B. 24.
311
Davlat arbobi, buyuk sohibqiron Amir Temur "Amir Temur tuzuklari"ida,
mamlakatda adolat o’rnatish, nazorat, tartib o’rnatish, tinchlikni mustahkamlash,
fuqaroning turmushini yaxshilash, yurt qurilishni kuchaytirish va davlatni
rivojlantirish – mening maqsadimdir, deb ta’kidladilar. "Amir Temur tuzuklari"da
shariat qonunlariga rioya qilish asosida davlatni idora qilishning o’n ikki tamoyili
berildi. Fuqarolarning ahvolidan xabardor bo’lish, tinchlik va osoyishtalik,
obodonchilikni avj oldirish Amir Temur davlatining bosh xususiyati bo’lgan.
Davlat tomonidan iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining bajarilishida, davlat
mablag’larini qayta taqsimlash va bozor infratuzilmasini rivojlantirishda davlat
moliyasi muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarilgan moddiy ne’matlarni
taqsimlash va aholiga etkazish davlat moliyasi orqali amalga oshiriladi. Aholini
ijtimoiy himoya qilish bilan bog’liq chora-tadbirlarni moliyalashtirish mazkur
mablag’lar hisobidan moliyalashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: