MAVZU: O’ZBEKISTONDA OILA INSTITUTINI MUSTAHKAMLASHDA DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR YO’NALISHLARI
KIRISH
I Bob. Oila va uning jamiyat hayotida tutgan o’rni
Oila tushunchasi ,uning mohiyati va mazmuni
Oilaning jamiyat hayotidagi funksiyalari
II Bob. O’zbekistonda oila institutini mustahkamlash sohasidagi islohotlar
2.1. Mustaqillik yillarida oila institutini mustahkamlash sohasidagi amalga oshirilgan islohotlar
2.2. Yangi O’zbekiston taraqqiyotida oilani qo’llab-quvvatlash borasidagi ustuvor vazifalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilovalar
I Bob. OILA VA UNING JAMIYAT HAYOTIDA TUTGAN O’RNI 1.1. Oila tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni
Oila – jamiyat tayanchi hisoblangan muqaddas dargohdir. Jamiyatning mustahkamligi, davlatning barqarorligi, birinchi navbatda, oilaning sog’lomligiga, ushbu muqaddas maskandagi ahillikka, ota-onalarning farzandlari uchun yuksak ma’suliyatlarini to’la va chuqur his etishlariga bog’liqdir. Oilada millat davomiyligi, milliy qadriyatlarning boqiyligi saqlanadi. Oilada avlodlar umr zanjirini mustahkamlovchi avlod dunyoga keladi, kamol topadi. Oila borasida xilma-xil ta`riflar keltirilgan bo`lib, jumladan, “ma`naviyat izohli lug`ati” da shunday ta`rif berilgan: “Oila (arab. – bola-chaqa, xonadon; urug`, avlod) – nikohga asoslangan kichik guruh. Oilaning hayoti moddiy va ma`naviy olami serqirra hodisa bo`lib, siyosiy-ijtimoiy (axloqiy, huquqqiy, psixologik) jarayonlar bilan xarakterlanadi. Oilaning jamiyatdagi siyosiy-ijtimoiy mavqeyini, balki taraqqiyotga xos xususiyatlari, shuningdek, iqtisodiy imkoniyatlari, demografik va etnografik, etnopedagogik va etnopsixologik an`analarni ham qamrab oladi. Oilaning inson ma`naviy kamolotida tutgan o`rni ham beqiyosdir. Oila – tarixiy kategoriya. Uning shakl va funksiyalari mavjud ijtimoiy munosabatlar xarakteri, shuningdek, jamiyatning madaniy taraqqiyoti darajasiga bog`liq. Ayni vaqtda, oila jamiyat hayotiga ham kuchli ta`sir etib, qator funksiyalarni (bola tug`ish, uy-ro`zg`orda mehnat qilish, xo`jalik yuritish, o`z a`zolarining jismoniy ehtiyojlarini qondirish, yosh avlodni tarbiyalash, ma`naviy va axloqiy-estetik kamolotiga ta`sir ko`rsatish) bajaradi. Ma`lumki, xulq-odob qadriyatlarini shakllantirishdagi asosiy mezon bo`lib, bu jarayonda oila, maktab, mahalla va jamoatchilik tashkilotlari faoliyatlarining uyg`unlikda ish olib borishlari maqsadga muvofiqdir. Oila insoniyat uzluksizligi hamda qadriyatlar, urf-odat va an`analarni, qolaversa, butun xalq madaniy, ma`naviy merosini avloddan-avlodga o`tkazuvchi omildir. Aynan oilada insonlarga xos bo`lgan ma`naviy-axloqiy qadriyatlar: o`zaro hurmat, ishonch, izzat mulozamat, muhabbat, hamkorlik, hamdardlik tuyg`ulari yaqqol namoyon bo`ladi. Oiladagi eng asosiy mezon ikki tomonni bir-birini tushinib, qo`llab-quvvatlashi, og`ir va quvonchli damlarda bir-biriga Hamdard, hamnafas bo`lishini ta`minlovchi harakat uyg`unligidir. Oilaning muqaddas burchi va vazifasi nafaqat farzandni dunyoga keltirish, balki, ularning yuksak ma`naviyatli va ma`rifatli qilib tarbiyalash, jamiyatda o`z o`rnini mustaqil topishiga shart-sharoit yaratib berishdan iboratdir1. Yuqoridagi ta`riflardan shuni tushunish mumkinki, Oila er va ayolning qalqoni bolalarning panohidir. Oila muqaddas bir qo`rg`on. Mustahkam oila esa mustahkam jamiyat degani. Oilani bir daraxtga qiyos etadigan bo`lsak, uning baquvvat tanasi ota va onadir. Ildiz va tana ota-ona ekan, sog`lom ildiz va tanadan sog`lom farzandlar dunyoga kelib kamol topadi va jamiyatda o`z o`rnini egallaydi. Aynan shu masala yuqoridagi lug`atda o`z aksini topgan.
Xususan, falsafa qomusiy lug`atidagi izoh bo`yicha, “oila bu - er-xotin ittifoqiga, qarindoshlik aloqalariga, umumiy xo`jalik yuritadigan er-xotin, ota-ona va bolalar, aka-uka va opa-singillar va boshqa qarindoshlar o`rtasidagi munosabatlarga asoslanadigan kichik ijtimoiy guruh; jamiyatning asosi, uning qudratining manbayi. Oilaning hayoti uning moddiy (biologik, xo`jalik,) va ma`naviy jarayonlar bilan xarakterlanadi. Oila – tarixiy kategoriya. Uning shakllari va funksiyalari mavjud ijtimoiy munosabatlar xarakteriga, shuningdek jamiyatning madaniy taraqqiyot darajasiga bog`liq. Ayni vaqtda oila jamiyat hayotiga kuchli ta`sir ko`rsatadi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, oilaga bo`lgan e`tibor yanada oshdi. Oila uch jihatni: o`zining bevosita ko`rinishi bo`lmish nikohni; oilaviy mulk hamda anjomlar hamda ular haqidagi g`amxo`rlikni; bolalar tarbiyasini o`z ichiga oladi. Qonunga binoan nikoh tuzish shartlarida eng muhimlari - nikohga kiruvchilarning o`zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga yetganliklari hisoblanadi”. Demak, oila poklik va soflikka, ikki tomonlama muhabbatga, sadoqat va vafodorlikka asoslanishi kerak. Oila mustahkam va farovon bo`lsagina, jamiyatda barqarorlik vujudga keladi2.
O’zbek oilasi ham o’zbek millati bilan birga shakllanish bosqichlarini bosib o’tgan. Oilaning tarixiy shakllaridan biri bo’lgan patriarxal davrini olib ko’rsak, u kata oila ota tomonidan qarindoshlik, urug’- aymoqchilikka asoslangan. Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida oila munosabatlariga doir “Ro’zi Isfandarmo’z” “Ro’zi”- “Kun”, “Isfardarmo’z” – “iffatli, eriga sadoqatli xotin farishtasi” bayrami tafsilotlarida aks etgan1 . Zardushtiylikning muqaddas kitobi – “Avesto”da ana shu ibtidoiy oila qoidalariga duch kelinadi. Xususan unda ota va onaning farzandlari uchun mas’ul ekanliklari ko’rsatilgan2. Ma’lumki, Oila va uning ijtimoiy ahamiyati masalalari hamisha faylasuflar, sotsiologlar, ruhshunoslar, siyosatshunoslar, shuningdek ijodkorlarning diqqat markazida bo’lgan. Antic davrlardayoq Aristotel “Har qanday oila davlatning bir qismi”3, deb hisoblagan. Bu g’oyani yana bir mashhur faylasuf Jan Jak Russo rivojlantirgan. Uning fikricha, “Barcha jamiyatlarning eng qadimiysi va yakkayu yagona tabiiysi – oiladir. Oila, ta’bir joiz bo’lsa, siyosiy jamiyatning timsolidir. Hukmdor – go’yoki otadir, xalq esa – bolalardir va hamma teng va hur bo’lib tug’ilgan4.
Angliyaning ilk ma’rifatparvarlaridan biri hisoblangan T.Gobss J.J.Russo kabi shaxslar oilaga jajji davlat sifatida qaraydi. Uayni paytda birinchilardan bo’lib, oilaning huquqiy maqomini ham ko’rsatadi, ya’ni “oila fuqarolik qonuni izn beradigan qonuniy nikohga asoslanishi kerak”5 deb ta’kidlaydi. Yana bir ingliz faylasufi F. Dekonning oila qadriyatlariga doir fikri ham e’tiborlidir. U oiladagi tarbiyaning rolini “ona va bolalar o’ziga xos insoniylik maktabi ekanligi shubhasizdir”6, deb baholaydi. Mashhur fasylasuf G.Gegelning oilaga qarashlari Aristotelning oila- insoniyat taraqqiyotining muqaddimasi g’oyasiga asoslangan. Shu sababli u jamiyat rivojlanishida tarkibni tashkil etish unsurlari bo’lgan uch bosqichdan o’tadi. Ular quyidagi qat’iy tartibda bo’ladi:
Oila;
Fuqarolik jamiyati;
davlat7.
V-VI asrlarga kelib, Markaziy Osiyoda patriarxal oila yemirilib, kichik oilalar shakllanib brogan. VII asrda mintaqamizda islom dinining qaror topa boshlashi bilan oilaninh huquqiy asoslari ham paydo bo’ldi. Burhoniddin Marg’inoniyning shoh asari – “Hidoya”dan islom huquqi – fiqhga doir boshqa qonun –qoidalar qatorida alohida “Nikoh kitobi” ham o’rin olgan. “Nikoh kitobi” da er-xotinning huquqlari bab-barobarligi ko’rsatilgan, shu bilan bir qatorda nikohni bekor qilish uchun qozining hukm chiqarishi shartligi aytiladi1.
O’zbek mutafakkirlari – olimlar, adiblar oilaning jamiyatdagi o’rni, farznd tarbiyasiga hamisha alohida e’tibor bilan qaraganlar. Buyuk alloma Alisher Navoiyning er-xotin munosabatlari, burchlari, ayollar fazilatlari, ularning oilada tutgan o’rni haqidagi qarashlari beqiyosdir. “Mahbub-ul Qulub” asarining: “Uylanish va xotinlar to’g’risidagi” faslida mutafakkir uylanish va uning foydasi, oila odobi va oilada ayollarning fazilatlari haqida ajoyib fikrlarni bayon etgan, Navoiy ayolning turmushdagi hissasiga quyidagicha to’xtaladi: “Yaxshi xotin – oilaning davlati va baxti. Uyning ozodaligi undan, uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan. Husnli bo’lsa –ko’ngil yozig’i, xushmuomala bo’lsa – jon ozig’idir. Oqila bo’lsa ro’zg’orda tartib-intizom bo’ladi, asbob-anjomlar pokiza va saranjom turadi”2, deb ta’kidlaydi.
XX asr boshidagi ma’rifatparvarlarning ulkan namoyondalaridan biri Abdurauf Fitrat “Oila” asarida oiloa mavqeyini shunday tariflaydi: “Oila tarbiyachisi oilaning eng muhimi hisoblanadi. Uning ta’siriga odam tabiatiga mustahkam o’rnashadi. Shaxs ruhiyati, axloq gavhari va odamlari bolaligidanoq shakllanadi. Har bir millatning saodati va izzati bor, bu esa shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog’liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi”3.
Haqiqatdan ham oiladagi sog’lom ijtimoiy muhit, sog’lom axloqiy munosabatlar, sog’lom turmush tarzi – jamiyat va millatning sog’lom taraqqiy etishining muhim negizidir. Oila kamol toptirgan, har jihatdan sog’lom bo’lgan farzandlargina millatni yuksaklikka ko’tara oladi.
Xalqaro huquq oilani jamiyatning asosi ekanligini e’tirof etgan holda, uning jamiyat va davlat himoyasida bo’lishi shartligini belgilab qo’ygan.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 16-moddasida quyidagilar qayd qilinadi:
“1. Balog’at yoshiga yetgan erkaklar va ayollar irqi, millati yoki diniy belgilarin bo’yicha hech qanday cheklashlarsiz nikohdan o’tishga va oila qurishga haqli. Ular nikohdan o’tishda, nikohda turgan vaqtlarida va uni bekor qilish vaqtida bir xil huquqlaridan foydalanadilar.
Nikoh har ikki tomonning erkin va to’liq roziligi asosida tuzilishi mumkin.
Oila jamiyatning asosiy va tabiiy hujayrasi sanaladi va jamiyat hamda davlat tomonidan himoya qilinishiga haqli”1. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro Paktda ushbu qoidalar to’ldirilgan. Mazkur xalqaro hujjat 23-moddasining 4-bandida quyidagilar qo’shimcha qilinadi:
“Mazkur Paktda ishtirok etuvchin davlatlar nikohdan o’tishda, nikohda bo’lgan vaqtda va u bekor qilinayotganda er-xotinlarning huquq hamda majburiyatlari tengligini ta’minlash uchun zarur choralar ko’rishlari lozim. Nikoh bekor qilingan holatda barcha bolalar zarur tarzda himoya qilinishi hisobga olinishi kerak.”2
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oilaga maxsus XIV bob bag’ishlangan va unda xalqaro huquq qoidalari o’z ifodasini topgan:
“63-modda. Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega.
Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi.
64-modda. Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.
Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo’lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o’qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag’ishlangan xayriya faoliyatlarini rag’batlantiradi.1
Oila atamasining o’ziga ta’rif beradigan bo’lsak, asli arabcha “ayolmand”, “niyozmand” ma’nolarini anglatuvchi “oil” so’zidan kelib chiqqanligi “Farhangi zaboni tojiki” da qayd etilgan. Yangi tuzilgan besh jildlik bu so’zning arabchaligi ta’kidlanib, uning besh ma’nosi farqlanadi. Dastlabki va bosh ma’nosi: “Er-xotin, ularning bola-chaqalari va eng yaqin tug’ishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmuyi, xonadon”. Ikkinchisi – ko’chma ma’noda: “Bir maqsad, maslak bilan birlashgan ko’p kishilar, xalqlar, mamlakatlar”. Uchinchi ma’nosi: “O’simliklar va hayvonlar sistematikasida tuzilishi jihatidan bir-biriga o’xshash, kelib chiqishi jihatidan ham o’zaro yaqin bir necha urug’ni o’z ichiga olgan guruh: Dukkaklilar oilasi. O’rdaklar-tumshuqlilar oilasi”. To’rtinchi ma’nosi:”Qardosh tillar oilasi”. Beshinchi ma’nosi jonli so’zlashuv tilida: “Rafiqa, xotin. Oilam maktabda o’qituvchi”2.Garchi dastlabki ikki tomlik izohli lug’atda ixcham, keyingisida nisbatan keng va batafsilroq izohlangan bo’lsada, ikkala izohda ham so’zdagi ma’no yuki onalik bulog’idan suv ichgan holda shakllanganligi yetarlicha izohlanmagan. Bu jihatdan M.Fasmerning “Rus tilining etimologik lug’ati”da bu so’zga bergan izohi ajralib turadi. U “семя” so’zi ukraincha “xotin” ma’nosini anglatuvchi “Самьца” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, aslida “urg’ochi-самец” ma’nosini anglatganini, nihoyat er va xotin qo’shiluvi asosidagi birlashuvini anglata boshlaganini qayd etadi3. Arabchada xotin “zavja” deyilib, uning erkak bilan qo’shiluvidan bola-chaqa dunyoga kelib, ayolmandlik yuzaga kelgan, oila shakllangan. Aftidan, oilaning ibtidoiy ko’rinishlari sanaluvchi qon-qarindosh oila, ya’ni bir guruhga mansub opa - singillarning boshqa jamoa guruhidagi erlarga xotinlik qiladigan oila dastlab oildan iborat demografik birliklarnigina anglatgan ko’rinadi. Kishilik jamiyatining ilk ibtidoiy bosqichdagi poligam oiladan monogam oilaga o’tish jarayonida yuzaga kelgan endogamik nikoh, ya’ni ibtidoiy urug’chilik tuzumida qabila ichidagi guruhiy nikohdan- bir qabilaga mansub erkak va ayol nikohidan chetlanish, aniqrog’i, o’zga qabila qizi bilan nikohlanishga asoslangan ekzogamik nikohga o’tish insoniyatda nomus tuyg’usini anglash naqadar uzoq davom etgan jarayon bo’lganini ko’rsatadi.
Oilaning kelib chiqishi hali batamom oydinlashtirilgan emas, - deb yoziladi “Filosofiya lug’ati”da. – Mutaxassislarning aksariyati ibtidoiy jamoa tuzumining avvalida tartibsiz jinsiy aloqalar hukm surgan va u vaqtda oila hali bo’lmagan, bu aloqalar o’rnini guruppaviy nikoh egallagan., so’ngra esa mazkur jamiyat oilasining asosiy formasi sifatida juft oila paydo bo’lgan deb hisoblashda davom etib kelmoqdalar. Yangi tadqiqotlar bir qancha olimlarni eng avval – boshdan juft oila mavjud edi, bu oila er va xotin urug’i bazasida (otalik davri, onalik davri) yashagan va qarindoshlikni ota tomonidan ham, ona tomonidan ham hisoblab borgan, degan xulosaga olib keldi”1. Ko’rinayotgandirki, oilaning paydo bo’lishida onalik muhim rol o’ynagan, xuddi ana shu mantiqqa asoslanib, oila so’zi yuqoridagi izohda ko’ringanidek, xilma-xil ma’nolar kasb eta borgan.
Oila tarixiy kategoriya sifatida, qomusiy adabiyotlarda qayd etilganidek, “kishilarning tabiiy-biologik, iqtisodiy (mulkiy munosabatlar, uy-ro’zg’orni boshqarish), huquqiy (masalan, hikohni davlat yo’li bilan qayd etish), ma’naviy (er-xotin, ota-ona va bolalar o’rtasidagi mehr-muhabbat tuyg’usi va boshqalar) munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligi” bo’lib, uning xilma-xil shakllari va ko’p qirrali vazifalari mavjud ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarning tabiatiga, jamiyat ma’naviyati va madaniy taraqqiyotining darajasiga bog’liq holda yuzaga kelgan. Oila taqdiri uning rasmiy tus olish lahzasidan boshlanadi., shundagina er xotin oldida, xotin er oldida, ular ota-ona sifatida farzandlar-u qavm qarindoshlar, mahalla-kuy, qisqasi, jamiyat oldida, o’z navbatida, farzandlar ham o’z ota-onalari va el-yurti oldida mas’uliyat sezadilar va burchli ekanliklarini his qilib yashaydilar.
Oila jamiyat ichidagi kishilar birligi sifatida shu jamiyat nizomlari asosida yashasa-da, oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisadir, uning ichki ishlari, unda yashaydiganlarning o’z shaxsiy yumushlari hisoblanadi, oila ishlariga birovning aralashuviga haqqi yo’q, shu ma’noda oila jamiyatning muqaddas va daxlsiz uyidir yoxud boshqacha qilib obrazli ifodalaganda, oila mustaqil muxtoriyatdan iborat saltanatdir. Bu saltanatning podshosi – ota, vaziri – onadir. Oila jamiyat tarkibida ekan, oilaviy munosabatlar ham shu jamiyatga mansub ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-mafkuraviy va ma’naviy-axloqiy munosabatlar zamirida va ta’sirida kichadi, shu jarayonlar ta’sirida o’zgarib, yo takomillashib, yo mahdudlikka giriftor bo’lgan taqdirda tanazzulga uchrab boraveradi. Lekin shunday bo’lishiga qaramasdan, bu jamiyatning o’z saltanati bor: bunda minglab tasodiflar jarayonda er-xotin muhabbati sinovdan o’tadi. Shu sinov jarayonida ular bir-birlarini chuqurroq, tushuna boradi. Bir-birlarini qadrlashni o’rniga qo’yadigan bo’ladi, bir-birlarga kechirimli bo’lishadi, er-otaga, xotin-onaga aylanib qoladi, farzandlarni tarbiyalab elga qo’shadi, orzu-havas ko’radi. Shu ma’noda oila inson hayotiga to’kislik baxsh etadi, jamiyatning muqaddas maskani sifatida sadoqatning tiniq sarchashmasiga aylanadi. Oila muqaddas dargoh. U haqida qancha ta’rif bersak, so’z ochsak oz. Renessans davri alloma-yu olimlaridan tortib, hozirgi davr shaxslari tomonidan ham muqaddas qo’rg’on haqida ibratli va qimmatli fikrlar keltirilgan manbalarda. Ularning har birini tahlil qilish uchun unchalik ko’p vaqt shart emas. Chunki oila deb atalmish qo’rg’on hammamizga tanish bo’lgan va asrlar mobaynida insoniyat deb atalmish sulolani davom ettirib kelayotganligi uchun hammamiz uning to’laqonli mag’zini bemalol chaqa olamiz.
OILAMUSTAHKAMLIGI HAQIDA OLIMLARNING QARASHLARI Oila birdamligi borasida olimlar tomonidan juda katta izlanishlar qilingan.
Sharq mutafakkirlarining asarlarida ham ko’plab ibratli, kuzatish va tajribalar asosida chiqarilgan хulosa va tavsiyalar mavjud. Darhaqiqat, Sharqning buyuk allomalari va ma’rifatparvarlari hisoblangan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Kaykovusning “Qobusnoma”, Shayx Sa’diyning “Guliston” va “Bo’ston”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Husayn Koshifiyning “Ahloqi Muhsiniy”, Jaloliddin Dovoniyning “Ahloqi dovoniy”, Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning “Adab as-solihiyn” va Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin ibn Faхruddin, Ahmad Donish, Abdulla Avloniy, Fitrat va boshqalarning asarlarida Markaziy osiyoda yashab kelayotgan хalqlar, jumladan, o’zbek хalqining oilaviy hayoti, undagi o’zaro munosabatlarning (ayniqsa er-хotin) milliy psiхologik хususiyatlari, er-хotinning burch va vazifalari, oilaning turmush tarzi va tarbiyaviy muhiti va boshqalar haqida qimmatli fikrlar mavjud”1. Shaхs ma’naviyati dastlab oila sharoitida shakllanadi va jamiyat ma’naviyatini belgilovchi mezon sifatida namoyon bo’ladi. Oila tarbiyasi masalalari bo’yicha maхsus Abu Ali Ibn Sino (980-1037) “Tadbir al-manozil” nomli asarini yozgan. Unda olim ota-onaningbolalarni tarbiyalashdagi vazifalarini yoritgan. Asarda oilada ota-onaning vazifasi va burchiga va oila munosabatlarigato’хtalar ekan, ayniksa ota-onalarning oilada meхnatsevarligi bilan farzandlarini хam kasb va хunarga o’rgatish borasida muhim fikrlar bayon etadi. Ota oilada o’z farzandlariga Har tomonlama yurish-turishda, nutq odobida, so’z madaniyatida, o’zaro muomala jarayonida eng muhimi amaliy ish faoliyatida to’g’rilik va haqqoniylik, samimiylikka namuna bo’lmog’i kerak. Oilada farzand tarbiyasining to’g’ri yo’lga qo’yishning asosiy vositasi uning ma’naviy olamida e’tiqodni shakllantirish, deb hisoblagan edi olim2 .
Ushbu muammoga oid mulohazalar Abu Ali Ibn Sinoning “Donishnoma”, “Risolai ishq”, “Tib qonunlari”, “Uy хo’jaligi” kabi qatorasarlari Markaziy Osiyo хalqlari aхloq-odobi, tarbiya psiхologiyasi, falsafa va tabobat olamida alohida o’rin tutadi. Shuningdek, Ibn Sino “Kitob ush-shifo” asarida oila inqirozi va buzilishiga sabab bo’ladigan omillarni ham ko’rsatib o’tgan. Bularga:
1. Agarda er va хotinlikdan dunyoga farzand kelmagan bo’lsa.
2.Agarda хotin eriga hiyonat qilib, uning e’tiborini pasaytirsa.
3.Хotin kishi tarbiyasiz bo’lsa-yu, tarbiya olishni istamasa.
4.Er va хotin bir-birlariga yoqmaydigan хarakterli bo’lsa. Ko’rinib turibdiki, Ibn Sino asarlarida oila-nikoh va oilaviy turmushda er-хotin munosabatlarini ibratli misollar asosida yoritgan hamda ayollar mavqei undagi munosabatlarda muhim o’rin tutishini asoslab bergan.
Sohibqiron Amir Temur o’z tuzuklarida yozadi: “Kelin izlamoqqa etibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko’rdim. Kelin bo’lmishning nasl-nasabini, jismonan kamolotini aniqladim, barcha qusurlardan holi bo`lsagina kelin tushurdim”.
Bu so’zlarda o’z qonining tozaligini saqlash, uning aynishiga yo’l qo’ymaslik va uni oldini olishga intilishini ko’rish mumkun. Bu qoidamohiyatan jamiyatda sog’lom oilani shakllantirish, sog’lom avlodni dunyoga keltirish va ularni barkamol bo’lib tug’ilishini taminlashga qaratilgan ananadir.Alisher Navoiy (1441-1501) "Mahbub ul qulub", ya’ni "qalblar sevgilisi" va "Vaqfiya" asarlarida oilaviy turmushi bilan bog’liq er va хotinning vazifalari, burchlari, o’zaro munosabat-muloqot madaniyati, ularning muvofiqligi va nomuvofiqligi, uning oqibatlari haqida qimmatli nasihat va ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Jumladan Alisher Navoiy "Mahbub ul qulub" asarining 37 fasl “uylanganlik va xotinlar to’g’risida” ayolning fazilatlari va uning oiladagi o’rni haqida quyidagilarni yozadi; “er bilan хotin bir-biriga mos tushsa, o’rtada boylik va saranjomlik bo’lur, uy bezagi undan va uylanganning (erning) tinchligi undan”1.A. Navoiy oiladagi ayrim illatlarni va o’zaro kelishmovchiliklarni bola tarbiyasiga salbiy ta’siri va uning buzilishiga sabab bo’luvchi asosiy omillar haqida ham yozadi. Yaхshi va yomon хulqlar va ularning kelib chiqishi sabablarini ko’rsatib beradi. Bolada paydo bo’ladigan yomon хulqlarni oldi olinmasa, bora-bora illatga aylanadi, deb uqtiradi. Bundan tashqari, alloma oiladagi ayrim illatlar, er-хotinning o’zaro kelishmovchiliklari, yomon хulq-atvorlari farzandlarning ruhiy va jismoniy kamolotiga salbiy ta’sir etishni ta’kidlab, oilada sog’lom iqlimni qaror toptirish lozimligini uqtiradi1.
Forobiy keraksiz urf-odatlardan (hozir ham oilaviy hayotda, er-хotin munosabatlarida uchraydi) voz kechish, baхt saodatga erishish yo’llari haqida gapirib shunday deydi: Rahbarlar (er yoki хotin) "yomon odatlarni o’zida ifodalovchi o’tmishni ham o’zgartirmog’i kerak. Aks holda o’tmishni talablariga rioya etib, uning kayfiyati saqlansa, turmushda hech qanday engillik, o’zgarish va o’sish ham bo’lmaydi". Yoki “Baхt saodatga erishuv yo’lida nimaiki (bilim, aхloq, kasb-hunar) yordam bersa, uni saqlamoq, mustahkamlamoq nimaiki zararli bo’lsa, uni foydali narsaga aylantirishga harakat qilmoq zarur”2.Biz tadqiqotlarimizda o’rganadigan muammo nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, Forobiyning inson kamoloti, uning jamiyatdagi, oiladagi o’rni, yoshlarning voyaga etishiga ta’siri to’g’risidagi fikrlari, insonlar jamoasidagi o’zaro hamjihatlik, yordam haqidagi hikmatlari hozirgi oilaviy turmush masalalarini yechishda, undagi munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yishda farovon turmush kechirish uchun xizmat qiladi3.Abu Rayhon Beruniy (973-1048) o’z ijtimoiy qarashlarini aks ettirgan yaхlit ijtimoiy ta’limot yaratmagan bo’lsa-da, lekin u ijtimoiy masalalar bo’yicha o’zining nuqtai nazarini ko’pgina qomusiy asarlarida izhor etishga yoki ular yuzasidan tanqidiy fikrlar aytishga harakat qilgan. Abu Rayhon Beruniyning muayyan qarashlari oilaviy turmush, oila va nikoh, oilaviy qadriyatlar va uning a’zolari o’rtasidagi munosabatlariga хosdir. Bunday ishoralarni Beruniy hikmatlarida ham uchratamiz. “Yaхshi хulq yaхshilik alomatidir”. “Buzuq niyatli va yomon aхloqli kishilar o’rtaga kirib olishi bilan ish to’g’ri bo’lmaydi”. “Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g’am-g’ussa bo’lmaydi oilaviy munosabatlarda ana shunday hikmatlarga amal qilishimiz maqsadga muvofiqdir. Beruniy o’rta Osiyo, Qadimgi Yunon va Hind хalqlari hayotini yaхshi bilgani uchun ular amal qiladigan urf-odatlar, qadriyatlar va milliy madaniyatlarining o’ziga хos tomonlarini taqqoslab tahlil qiladi. Ushbu tahlillar oila-nikoh, oiladagi o’zaro munosabatlarga ham хosdir”1.
Mashhur mutafakkir Yusuf Хos Хojib o’zining “Qutadg’u bilig” asarida oilaning shakllanishi va mustahkamlanishidagi er-хotin munosabatlariga alohida e’tibor beradi. Oila, — deb uqtiradi Yusuf Хos Хojib, — inson zimmasiga qator ijtimoiy va aхloqiy vazifalarni yuklaydi, ularni bajarish er-хotinning burchidir. Mutafakkir oila qurishda kuyov-qayliqlarning nasl-nasabiga e’tibor berish kerak der ekan, “bu narsa avlodlar qonining pokizaligi va sofligiga, sog’lom farzandlarni dunyoga kelishiga ishora ekanligini uqtiradi”2.
Oila muqaddas dargoh va o’ta keng tushuncha. Oila shunday ilohiy-mo’jizaviy maskan-manzilki, uning sha’ni sizning sha’ningiz. Hayotning lazzati esa shirin turmushda. Oila deb atalgan qo’rg’onda barcha ahil-inoq bo’lsa bu baxtdir. Zero zamin yaxshi bo’lsa, oila beshikast o’sadi. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, oila – jamiyatning asosini tashkil etuvchi dargoh. U kishilik jamiyatida insoniy oriyat va nomusni anglash, shu tuyg’ularni Sharaf va g’urur qadar idrok etishning hosilasi. Shunday bo’lgach oila qancha mustahkam bo’lsa, jamiyat ham, vatan erki va istiqlolning poydevori ham shuncha mustahkam bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |