Kasbiy psixologiya



Download 3,02 Mb.
bet52/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

Iste’molchilik gipertrofiyasi - talon-torojlik, poraxo‘rlik, o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilikning asosiy shart-sharoitlaridan biri. Aksariyat odamlarning ijtimoiy buzilishi ularning yaratuvchilik xislatlarining buyumlarga egalik borasida ustunlik qiluvchi his-tuyg‘ulari tomonidan siqib chiqarilishida ko‘rinadi. Ularda «jamg‘arish instinkti» chegara bilmaydi. Fojia to‘planadigan buyumlarda emas, balki iste’molchi odam ishlab chiqaruvchi shaxs sifatida passiv bo‘lib qolishi, g‘ayriijtimoiy, so‘ngra esa odatda jamiyatga qarshi (firibgar, poraxo‘r, mansabni suiiste’mol qiluvchi) bo‘lib qolishidadir.

Ba’zan deviant xulqning muayyan shakllari shaxsning dastlabki ehtiyojlari bilan bog‘liq shart-sharoitlardan uzilgan holda yakka-yu yagona manfaatga aylanadi. Fitna, g‘iybat, tuhmat, boshqalarga ozor yetkazish, janjallar - ko‘pincha shaxsning o‘zini qaror toptirish va ijtimoiy faolligini namoyon etishning buzilgan shakli sifatida yuzaga chiqadi.

Biroq hattoki bir qarashda bema’ni tuyulgan jinoyatlar ham jinoyatchi uchun muayyan ma’noga, tegishli shaxsiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Har qanday jinoyat jinoyatchi shaxsining ehtiyoj, manfaat yoki maqsadlari bilan muayyan tarzda bog‘liqdir.

Ba’zi jinoyatlar odatdagi harakatlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq. Ular ong osti va yarim tayyor xususiyatiga ega bo‘lib, javobgarlikni bekor qilmaydi, zero shakllanishi jarayonida to‘liq ongli nazorat bosqichidan o‘tgan bo‘ladi.

Aksariyat jinoyatchilarga o‘z-o‘zidan yuzaga keladigan mayllar, ularning tasodifiy vaziyatlarga bog‘liqligi xosdir. Bu esa ularda o‘zini o‘zi boshqarishning iyerarxik jihatdan uyushgan qadriyatlar tizimi yo‘qligidan dalolat beradi.

Har bir jinoyat individual va ko‘p qirrali hodisa. Jinoiy xulq genezisini nazariy qamrab olish uchun uning eng ko‘p tarqalgan tiplarini tahlil qilish zarur. Jinoyatchi xulqining mexanizmlarini tushunish uchun «jinoyatchi shaxsining tipi» tushunchasidan kelib chiqish zarur.

Jinoyatchi shaxsining tipi - shaxsning unga xos bo‘lgan jinoiy xulq usullari bilan bog‘liq barqaror jinoiy yo‘nalganligi. Jinoyatchining shaxsiy tuzilishi, albatta, jinoyatning dastlabki sababi emas. Uning dastlabki sababini jinoyatchining shakllanishidagi shart-sharoitlar tashkil qiladi. Biroq jinoiy qilmishni sodir etishda shaxsning axloqiy tipi - bilim asosida tahlil qilishni talab etadigan tizim hosil qiluvchi asosiy omil.


  1. Download 3,02 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish