Kasbiy psixologiya



Download 3,02 Mb.
bet38/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

verbal (nutq orqali) noverbal (nutqsiz)

  • og‘zaki nutq; - imo-ishora;

  • yozma nutq; - mimika;

  • pantomimika.

Verbal muloqotning asosiy vositasi inson nutqi bo‘lib, u aloqaning universal vositasi hisoblanadi. Zero, nutq orqali axborotning mazmuni deyarli to‘liq beriladi. Verbal muloqot orqali shaxs o‘zining fikr- mulohazalarini bemalol bayon eta oladi.

Nutq, o‘z navbatida, boshqa noverbal muloqot vositalari bilan birga olib boriladi. Bunday nutqsiz vositalarga, birinchi navbatda, imo-ishora va mimika kiradi.

Ichki ishlar idoralari faoliyatida ko‘p holatlarda muloqot shaxslar uchun majburiydir, ya’ni ayblanuvchi, guvoh va gumon qilinuvchi muloqot qilishga majburdir. Shuningdek, shaxs muloqot qilmasa, qonunga asosan jazolanishi mumkin. Muloqotdagi har bir fakt shaxs ongi orqali amalga oshadi, eng asosiysi, bu faktlar shaxslarda ba’zi bir narsalarni bo‘rttirib ko‘rsatish yoki yashirishga olib kelishi mumkin. Ba’zan muloqotga kirishayotgan shaxs o‘z aybini yoki maqsadini yashiradi,ma’lum bir vaqtdan keyin uning bu yolg‘oni fosh bo‘lishi mumkin. Ichki ishlar idoralari faoliyatida muloqot ikki yoki bir necha (ko‘p) kishilik bo‘lishi mumkin. Muloqot maqsadidan kelib chiqqan holda har xil tugashi, ya’ni keskin, agressiv holatda yoki muloqotni qayta davom ettirish yoxud butunlay muloqotga qaytmaslik ham mumkin.

Muloqot, shuningdek, individlarning bir-birlariga kommunikativ ta’sirining muayyan usullarini ham o‘z ichiga oladi. Ta’sir etish usullarining quyidagi turlari farqlanadi:

Yuqimlilik - ta’sir ko‘rsatishning kishilar ommasini muayyan tarzda, ayniqsa ommaviy tartibsizliklar, diniy jazavalar, ommaviy psixozlar bilan bog‘liq ravishda integratsiya qiluvchi maxsus usuli.

Umumiy tarzda yuqimlilikni individning ongsiz, ixtiyorsiz ravishda muayyan ruhiy holatlarga tushishga moyilligi sifatida ta’riflash mumkin. U muayyan hissiy holatning birovga o‘tkazilishida namoyon bo‘ladi.

Yuqimlilikning psixologik mexanizmlarini inobatga olish ichki ishlar idoralari xodimlari uchun ommaviy tartibsizliklar oqibatlarini bartaraf etish, ommaviy madaniy-tomoshabop va sport tadbirlarini o‘tkazish davrida jamoat tartibini ta’minlashda muhimdir.

Ishontirish - isbotsiz tasdiqlanadigan yoki inkor etiladigan xabarlarni tanqidiy qarashsiz qabul qilishga qaratilgan kommunikativ ta’sir ko‘rsatish usuli. Ushbu psixologik hodisa haqidagi bilimlar rivojining hozirgi bosqichida «ishontirish mantiqiy isbotlashsiz shakllangan ishonchga tayanadi va individdan individga, jamoadan shaxsga beriladi yoki aksincha, aniqroq aytganda, avtomatik tarqaladi», degan qoidaga asoslaniladi. Inson ishontirish ta’siriga ixtiyorsiz tushib, o‘zi anglamagan holda harakat qila boshlaydi. Ichki ishlar idoralari xodimlari ta’sir etishning ushbu usulidan juda ehtiyot bo‘lib foydalanishlari kerak, ba’zan (masalan, tergov harakatlarini o‘tkazish chog‘ida) undan foydalanish qonun bilan taqiqlanadi.

E’tiqod mavjud qarashlar, mayllar, nuqtai nazarlar, munosabat va baholarni o‘zgartirish maqsadida u yoki bu qoida, qarash, qilmishning to‘g‘riligini yoki ularga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini muloqot, tushuntirish va isbotlash orqali odamlarning ongi, his-tuyg‘ulari va irodasiga ta’sir ko‘rsatish bo‘lib, kommunikativ ta’sir ko‘rsatishning eng universal usulidir. E’tiqod mexanizmi inson aqliy faoliyatini jadallashtirishga, uning maqsadga erishish yo‘llari va vositalarini ongli ravishda tanlashiga asoslangan. Kimnidir nimagadir ishontirish - ishontirilayotgan shaxs mantiqiy mulohazalar va xulosa chiqarishlar natijasida muayyan nuqtai nazarga qo‘shiladigan va uni himoya qilishga yoki unga muvofiq harakat qilishga tayyor bo‘ladigan holatga erishishni bildiradi.

Ishontirish ichki ishlar idoralari xodimlarining fuqarolarga ko‘rsa- tadigan asosiy ta’sir usuli bo‘lishi kerak. Undan foydalanishning muvaffaqiyati quyidagilarga bog‘liq:

  • ta’sir ko‘rsatuvchi shaxsning shaxsiy ishonchi;

  • uning tayyorgarligi va bilimi;

  • xabar berilayotgan faktlar, hodisalar, harakatlarning to‘g‘riligi, aniqligi va ishonchliligi;

  • foydalanilayotgan faktlarning xarakterli, tipik bo‘lishi;

  • odamlarni o‘ziga nisbatan moyil qilish, ularning ishonchini qozonish;

  • ta’sir ko‘rsatuvchi shaxsning talabchanligi, uning vazminligi va odobi.


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish