Kasbiy psixologiya


§. MUOMALA VOSITASI VA KOMMUNIKATIV TA’SIR ETISH USULLARI



Download 3,02 Mb.
bet37/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

§. MUOMALA VOSITASI VA KOMMUNIKATIV TA’SIR ETISH USULLARI

Ichki ishlar idoralaridagi faoliyatida xodim muloqot orqali o‘z xizmat burchini bajaradi va ushbu muloqot qonun asosida tartibga solinadi. Ichki ishlar idoralari faoliyatida nafaqat «til», yuqorida aytib o‘tganimizdek, imo-ishora, eng asosiysi, muloqot davomida shaxsning yuzidagi o‘zga- rishlar ham muhim hisoblanadi.

Ichki ishlar idoralari xodimlarining muloqoti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. bevosita kasbiy vazifani bajarishga yo‘naltirilganligi;

  2. huquqiy jihatdan tartibga solinganligi;

  3. maxsus obyektning mavjudligi;

  4. psixologik to‘siqlarning mavjudligi;

  5. jinoyatchilarning maxsus tili hisoblanmish tatuirovkalar va jargonlarni bilish va hokazo.

Har qanday muloqot doimo obyekt bilan subyektning bir-birga moslashish jarayonini qamrab oladi.

Har qanday axborot faqat belgilar, aniqrog‘i, belgilar tizimi orqali beriladi. Kommunikativ jarayonda foydalaniladigan bir qancha belgilar tizimi mavjud bo‘lib, ularga mos tarzda muloqot jarayonida foydala­niladigan vositalarni tasniflash mumkin. Nutqli (belgilar tizimi sifatida nutqdan foydalaniladi) va nutqsiz (turli nutqsiz belgilar tizimidan foydalaniladi) muloqot vositalari farqlanadi.

Nutqiy muloqot vositasi. Eng universal aloqa vositasi inson nutqidir. Chunki nutq yordamida axborot berishda xabar mazmuni eng kam darajada yo‘qotiladi. Nutq - verbal aloqa, ya’ni til yordamida muloqot qilish jarayoni. Nutqning yozma va og‘zaki turlari farqlanadi. Og‘zaki nutq dialogik va monologik nutqlarga bo‘linadi. Dialog - biror masalani birgalikda muhokama qilayotgan va hal etayotgan suhbatdoshlarning so‘zlashuvi. Monologda esa bir odam uni tinglayotgan boshqa odam yoki odamlarga axborot beradi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida muloqotning nutqiy vositalaridan foydalanish juda muhim o‘rin tutadi. Xodim xizmat faoliyatining samaradorligi ko‘p jihatdan bevosita muloqot jarayonida yoki turli xil hujjatlarni tuzishda o‘z fikrlarini to‘g‘ri ifodalash, ularni to‘g‘ri bayon etishiga bog‘liq. Nutq muloqotning universal vositasi bo‘lsa-da, u faqat faoliyat tizimiga aloqador bo‘lgan sharoitdagina ahamiyatga ega bo‘ladi, faoliyatga daxldorlik esa muloqotning boshqa - nutqsiz vositalarini qo‘llash bilan to‘ldiriladi.

Ushbu vositalarning birinchi guruhiga imo-ishora va mimika kiradi. Mimika - yuzning muloqot paytidagi dinamik ifodasi. Imo-ishora - jamiyatda ishlab chiqilgan va ruhiy holatni ifodalaydigan harakat. Ularga qarab biz insonning biror-bir voqeaga, shaxsga, narsaga munosabati haqida xulosa qilamiz. Imo-ishora odamning istaklari, uning ahvolidan darak berishi mumkin

.Muloqotning nutqsiz vositasiga kiruvchi boshqa guruhini vo- kallashtirish tizimi, ya’ni ovoz sifati, uning diapazoni, tonalligi va boshqalar tashkil etadi. Ushbu qo‘shimchalarning hammasi axborotning ahamiyatini oshiradi va o‘ziga xos nutqqa qo‘shilgan «qo‘shimcha» vazifasini bajaradi.

Nutqsiz vositalarning uchinchi guruhiga kommunikativ jarayonni tashkil qilish makoni va zamoni kiradi. Ular ham maxsus belgilar tizimi bo‘lib, kommunikativ tizimning tarkibiy qismlari sifatida ma’noga ega. So‘nggi vaqtlarda psixologik tadqiqotlarda muloqotga kirishuvchi shaxslar o‘rtasidagi oraliqning kommunikativ ahamiyatiga va muloqot samara- dorligining sheriklar joylashuviga bog‘liqligi masalalariga e’tibor beril- moqda. Muloqotga kirishuvchilar o‘rtasidagi masofalarning to‘rt turi farqlanadi: intim (0-0,5 m), shaxsi-ijtimoiy (1,5 m), ijtimoiy (1,5-3 m), ommaviy (3 metrdan ortiq).

Xodim masofani o‘zgartirish orqali gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, guvoh kabilarga qo‘shimcha ta’sir ko‘rsatishga erishishi mumkin, chunki bu bilan sheriklar o‘rtasidagi munosabatlar xususiyati o‘zgaradi1.

Muloqotning psixologik vositalari:


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish