Kasbiy psixologiya


§. JAMOADAN TASHQARI AXLOQ PSIXOLOGIYASI VA UNI BELGILOVCHI OMILLAR



Download 3,02 Mb.
bet45/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

§. JAMOADAN TASHQARI AXLOQ PSIXOLOGIYASI VA UNI BELGILOVCHI OMILLAR

Jamoadan tashqari xatti-harakat shaxsning qonun doirasidan chetga chiqishi va jamiyatda o‘rnatilgan tartib-qoida va qonunlarni bilib-bilmas- dan ularga qarshi zid xatti-harakatlarni sodir etishidir.

Shu sababli har qanday jamoadan tashqaridagi xatti-harakatlar, ya’ni ommaviy ijtimoiy tartibbuzarliklar ijtimoiy qo‘rquv, vahima ostidagi delikvent xulq o‘zgarishlarini yuzaga keltiradi. Delikventlik - tartib, tarbiyaning izdan chiqishi, ya’ni tartibsizlik, tarbiyasizlik, konfromlilik (tashqi ta’sirlarga berilish), madaniyatsizlik kabi psixik kamchiliklarni namoyon etadi. Inson xulq-atvorida konformlik darajasining kuchayishi oqibatida noadekvat (nomunosib) xatti-harakatlar yuzaga keladi va tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik holatlari kuzatiladi. Natijada shaxs xatti- harakatlarining ma’lum ma’noda qolipdan chiqishi va jamiyatdagi mavjud qonunchilikka mos kelmaydigan, jamiyat uchun zid bo‘lgan jamoadan tashqaridagi xulq-atvor yuzaga keladi.

Insonlarning jamoadan tashqaridagi salbiy xatti-harakatlariga oid jinoyatlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244, 277-moddalari asosida huquqiy jihatdan tartibga solinadi.

Insonning jamoadan tashqaridagi xatti-harakatlari doirasi keng bo‘lib, biz shundan faqat mish-mishlar va olomon psixologiyasiga to‘xtalib o‘tamiz.

Turli jamoalarni harakatga keltiruvchi omillardan bo‘lmish mish-mish gaplar hamda olomon doimo huquqshunoslar, psixologlar va sotsiologlar diqqat-e’tiborida bo‘lgan. Jamoadan tashqari axloq psixologiyasi haqida bir qator olimlar o‘z qarashlarini bayon etgan. Masalan, fransuz psixologi Le Bon Gyustavning fikriga ko‘ra, «insonning ma’lum bir guruh yoki jamoa orasida o‘ziga bo‘lgan ishonchi, irodaviy kuchining ortishini va intellektual ongining susayishini kuzatamiz. Aksariyat hollarda olomon- dagi odamda o‘z xatti-harakatiga nisbatan nazoratning yo‘qolganligini ko‘rish mumkin»36.

Rus olimi F. N. Plevako insonlarning jamoadan tashqaridagi xatti- harakatlarini psixologik jihatdan tahlil etgan va umumiy xulosaga kelgan. Muallifning fikricha, olomon - katta bir devor, undagi odamlar esa ushbu devor elementlaridir. Olomon orasida bo‘lish, undagi instinkt belgilaridir37. Insonning jamoadan tashqari xatti-harakatlardagi zarur elementlardan biri unda liderning mavjudligidir.

Shu nuqtai nazardan «insonning jamoadan tashqari xatti-harakati» tushunchasi ijtimoiy psixologiya va yuridik psixologiyada muhim ahamiyatga ega bo‘lib, inson xulq-atvorining ma’lum ma’noda huquqiy normadan chiqishi, unda inpulsiv (shartsiz refleks) harakatning namoyon bo‘lishi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, inson ruhiyatida kuchli qo‘zg‘alishni, hissiy muvozanatsizlikning ortishini va idrok etish ko‘lamining torayishini sezish mumkin. Jamoadan tashqari xatti-harakatda asosiy rolni, ya’ni dominantalik (ustunlik)ni insonlarga rahbarlik, tashkilotchilik qilayotgan yo‘lboshchilar bajaradi. Shuning uchun ham insonlarning jamoadan tashqari xatti-harakatlariga jinoiy-huquqiy nuqtai nazardan baho berilganda yo‘lboshchilar jamoaning tashkilotchisi va rahbari hisoblanadi. Ular asosan mish-mishlarni tarqatishda hamda olomonni harakatga ketirishda katta rol o‘ynaydi. Ijtimoiy psixologiyada shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kirishishi, turli ijtimoiy ko‘rinish- lardagi xatti-harakatlarining ijtimoiy psixologik qonuniyatlari o‘rganiladi. Chunki insonlarning bir-birlarini idrok etishi munosabatlar mexanizmini yaratadi. Shu nuqtai nazardan insonlarning jamoadan tashqaridagi xatti- harakatlarini tartibga solishda bevosita olomon psixologiyasini o‘rganish, ya’ni inson xulq-atvorini huquqiy jihatdan tartibga solish va me’yorlash maqsadga muvofiqdir.

Chunki har bir jamiyatda jamoatchilik fikri, kayfiyati va ichki ma’naviy-ruhiy dunyoqarashi asosida ijtimoiy psixologik ko‘rinishlar, hodisalar, voqealar namoyon bo‘lib, bu dinamik xarakterga ega. Ya’ni olomondagi insonning xatti-harakatlariga ham biologik, ham ijtimoiy omillar dominantlik (ustunlik) qiladi. Natijada insonda tashqi hodisalar ta’siriga berilish ichki irodaviy boshqaruv va o‘zini o‘zi nazorat qilishning susayishini kuzatish mumkin.

Bu borada atoqli rus olimi M .I. Yenikeyevning «aksariyat jinoiy xatti-harakatlarning zamirida odamlarning ayrim ijtimoiy ko‘rinishlarga bo‘lgan dezadaptatsiyalashuvi (moslasha olmasligi) sabab bo‘ladi»38, degan fikrlarida qaysidir ma’noda haqiqat mavjud.

Shu nuqtai nazardan ichki ishlar idoralari xodimlari o‘z kasbiy faoliyatlarida asosiy ijtimoiy-psixologik ko‘rinishlar (mish-mishlar, olomon)ga qarshi kurashishda olomonning ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlarini va geografik shart-sharoitlarini chuqur o‘rganishi hamda tahlil qilishi muhim o‘rin tutadi. Inson hayoti davomida urf-odatlar, etnik va ijtimoiy qadriyatlarga rioya etishga majbur. Bu, o‘z navbatida, uning jamoada ichki muhitni yaratishida psixologik mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi. Aksariyat hollarda insonlarning xatti-harakatlarida huquqiy normalardan chetga chiqishlarda ularning ayrim ijtimoiy munosabatlarga moslasha olmasligi bosh omillardan biri sanaladi. Chunki ijtimoiy moslashuvchanlikning yo‘qligi nafaqat ichki qadriyatlarning, yo‘nalish- larning sustligida, balki undagi ijobiy ijtimoiy stereotiplar va ko‘nikmalarning shakllanmaganligida va o‘ziga o‘zi bergan bahoning pastligida namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan olomon tarkibiga kiruvchi odamlarning aksariyatida mish-mish gaplarga psixologik yuqim- lilik, konformizm (tashqi ta’sirlarga tez beriluvchanlik) holatlari ko‘proq kuzatiladi. Shuni aytish joizki, bugungi kunda jamiyatda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar bevosita insonlar ongiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi va bu, qaysidir ma’noda, inson xatti-harakatlarini ma’lum bir me’yordan chiqishiga sabab bo‘luvchi bosh omillardan biridir. Chunki har bir inson ma’lum bir jamoada o‘zining ichki dunyoqarashlari, ehtiyoj va motivlari asosida qandaydir vazifani bajaradi.

Asosiy ijtimoiy psixologik ko‘rinishlar, ya’ni mish-mish gaplar va olomon ichki ishlar idoralari xodimlari uchun doimo operativ qiziquv uyg‘otgan va hamma vaqt mish-mish gaplar tarqatgan hamda jamoat xavfsizligi, tartibiga xavf soluvchi shaxslar hisobga olingan.

Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, asosiy ijtimoiy- psixologik ko‘rinishlardan biri bo‘lmish mish-mish gaplar va olomon psixologiyasini o‘rganish bugungi kunda ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatidagi muhim muammolardan biri sanaladi. Shu sababli ushbu ijtimoiy-psixologik ko‘rinishlarga batafsil to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir.


  1. Download 3,02 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish