Kasbiy psixologiya



Download 3,02 Mb.
bet33/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

Birinchi farq salbiy hayot hodisalarini uzoq davom etishi bilan ajralib turishidan, ba’zan esa turmush tarzini bir bo‘lagiga aylanib qolishidan iborat bo‘ladi. Doimiy oilaviy kelishmovchiliklar, oila va atrof muhitdan norozilik, o‘qishdagi, do‘stlar orasidagi tushunmovchiliklar va hokazolar - bularning barchasi o‘smir ruhiyatini jarohatlaydi, o‘smir u yoki bu yo‘l bilan mavjud vaziyatni o‘zgartirishiga urinadi.

Bu holatni hal qilish ma’lum qiyinchiliklarga ega, bularning ikkinchi farqi ham shu bilan bog‘liq, mavjud yoki xayoliy holat asosligi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, har qanday holatda ham, ko‘p «qurbon» berib bo‘lsa-da, ijtimoiy haqiqatga erishish mumkin. Lekin hamma gap shundaki, subyekt «qurbon» bera oladimi, ya’ni o‘smir o‘z turmush tarzini o‘zgartirishi, qiziqishlarini almashtirishi, do‘stlari bilan aloqani uzishi, biror kasbga ega bo‘la olishi mumkinmi yoki yo‘qmi? Qat’iy qarorga kela olmay, ko‘pincha esa chiqib bo‘lmaydigan holat deb o‘ylab, o‘smir «o‘rinbosar» vositalarga, ichkilik va giyohvand moddalarga murojaat etadi.

Bunday holatlarning uchinchi farqi shundaki, ular hal qilishning «sarob», ya’ni hal qilib bo‘lmas yo‘llarini «taklif» qiladilar. Bu holatlar shunisi bilan ajralib turadiki, ular ko‘pincha eng yuqori darajaga o‘sib chiqsa-da, ularni hal qilish uchun qat’iy qaror qabul qilishga zaruriyat yo‘qdek tuyuladi. Oilaviy va o‘qishdagi janjallar odatiy holga aylanib qoladi. Bundan qutulishning noto‘g‘ri xayoliy yo‘llari, ichkilik, giyoh­vandlik vositalari va hokazolarga murojaat etiladi. Biroq bu yo‘l ziddiyatning chuqurlashuviga va o‘smirlar ruhiyatida psixopotologik sindromlarning rivojlanishiga olib keladi.

Deviant xulq-atvorning ommaviy va individual darajalari orasida faqat to‘g‘ri aloqalar emas, balki teskari aloqalar ham mavjud. Psixologik va kriminalogik adabiyotlarda o‘z-o‘zini psixologik himoya qilishning eng ko‘p tarqalgan quyidagi usullari ko‘rsatib o‘tilgan:

  1. javobgarlikka tortilish sabablarini inkor etish;

  2. keltirilgan zararni inkor etish;

  3. ayblovcqilarni ayblash;

  4. «yanada muhimroq» sharoitlarga asoslanish.


  1. Download 3,02 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish