§. O‘SPIRINLIK DAVRINING PSIXOLOGIK O‘ZIGA XOSLIGI
O ‘spirinlik davriningpsixologik xususiyatlari. Ilk o‘spirinlik davriga
18 yoshlar oralig‘i kiradi. Bu davrda o‘quvchi jismonan baquvvat va mustaqil mehnat qila oladigan bo‘ladi. Ilk o‘spirinlik davrida shaxs ijtimoiy hayotda, maktab jamoasida, tengqurlari bilan munosabatlarda egallagan mutlaqo yangicha mavqei, o‘qish va turmush sharoitidagi o‘zgarishlar ta’sirida tarkib topa boshlaydi. Mazkur davrning yana bir xususiyati - mehnat va ta’lim faoliyatining bir xil ahamiyat kasb etishidir. Mavjud shart-sharoitlar ta’siri ostida o‘spirinning o‘ziga xos axloqiy va aqliy rivojlanishini qo‘rish mumkin. Shuningdek, bu davrda o‘spirinlarda o‘zligini anglash yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘spirinning barcha jabhada mustaqil faoliyat yurita olmasligi uning psixikasidagi jiddiy kamchi- liklardan biridir. O‘spirin tafakkuri darajasini uning mazmundorligi, chuqurligi, kengligi, tezligi tashkil qiladi.
Tafakkurning mazmundorligi deganda, o‘spirin ongida tevarak atrofda sodir bo‘layotgan voqealar bo‘yicha mulohazalar, muhokamalar va tushunchalar qanchalik o‘rin egallagani nazarda tutiladi. Tafakkurning chuqurligi - moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning asosiy qonunlari, xossalari, sifatlari, o‘zaro bog‘lanishlari va munosabatlari o‘spirin ongida to‘liq aks etishidir.
Tafakkurning kengligi esa uning mazmundorligi va chuqurligi bilan bog‘liq. Tafakkurning mustaqilligi deganda, o‘spirin o‘z oldiga yangi vazifalar qo‘ya bilishi va ularni hech kimning yordamisiz oqilona yo‘llar bilan bajara olishi tushuniladi. Tafakkurning tezligi berilgan savolga aniq va mukammal javobda namoyon bo‘ladi.
Ilk o‘spirinlik yoshida inson uchun eng muhim hissiyot - sevgi vujudga keladi. U o‘rtoqlik, do‘stlik zamirida paydo bo‘ladi. Haqiqiy sevgi kurtaklari qizlarda o‘g‘il bolalarga nisbatan erta uyg‘onadi, ular bir umr o‘zlariga yo‘ldosh va doimo g‘amxo‘rlik qiladigan kishining muhabbatiga sazovor bo‘lishni orzu qiladilar. O‘spirinlarni turmush qurishga tayyor- lashda maktab bilan oilaning hamkorligi muvaffaqiyat garovi hisoblanadi.
O‘spirinlarni oila qurishga tayyorlashda baxtli, tinch-totuv yashash, bir-biriga ishonch, sadoqatli bo‘lish kerakligini uqtirish bilan birga, ularni oilaviy turmushda yuz berishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar haqida ham ogohlantirish kerak.
Yuqori sinf o‘quvchilari shaxsining shakllanishida jamoat tashkilotlari alohida ahamiyat kasb etadi. Ularning yuksak talablari natijasida o‘spi- rinlarda faollik, tashabbuskorlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, mas’uliyatlilik, tanqidiy nuqtai nazar singari fazilatlar barqarorlashadi.
Psixolog L. I. Umanskiyning fikricha, o‘spirin namunali tashkilotchi bo‘lishi uchun unda qo‘yidagi xislatlar bo‘lishi kerak:
axloqiy xislatlar - kirishimlilik, samimiylik, intizomlilik, faollik, mehnatsevarlik;
irodaviy xislatlar - matonat, qat’iyat, mustaqillik, tashabbuskorlik, o‘z kuchiga ishonch va boshqalar;
emotsional xislatlar - xushchaqchaqlik, tetiklik, hazilkashlik va yangilikni his etish.
O‘spirinlarning yana bir muhim xislati ularda yuksak darajadagi do‘stlik, o‘rtoqlik, ulfatchilik, muhabbatning vujudga kelishidir. O‘rtoqlik munosabatlarining yuksak cho‘qqisi do‘stlik hissida namoyon bo‘ladi. Do‘stlik hissi o‘rtog‘iga mehribonlikda, u bilan uchrashish va suhbatlashish, o‘z fikr va hissiyotlari bilan o‘rtoqlashishda ko‘rinadi.
O‘spirinlik davrida yigit bilan qiz o‘rtasida muhabbat tuyg‘usi vujudga kela boshlaydi. Muhabbatning quvonchli lahzalari, iztirobli kechinmalari ikkala yoshning ruhiyatini egallaydi va tobora chuqurlashib boradi.
O‘spirinlarda sezgirlik, kuzatuvchanlik takomillashib boradi. Mantiqiy xotira, eslab qolishning usul va vositalari esa ta’lim jarayonida yetakchi ahamiyat kasb etadi. O‘spirinlar topshiriqlarni bajarishda ularning ma’nosi hamda mohiyatini to‘la anglab ish tutadilar, eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish jarayonlarining samarali usullaridan unumli foydalanadilar. Bu jarayonlarni muvaffaqiyatli amalga oshishini ta’minlovchi diqqatning sifati va miqdori o‘zgaradi. Diqqatni ko‘chirish va taqsimlash sezilarli rivojlanadi, boshqalarning nuqtai nazariga e’tibor berish, ularning nutqini tinglash, yozib olish, mulohaza yuritish mahorati oshadi va aqliy qobiliyat takomillashadi. O‘spirinlarning tafakkuri tobora faol, mustaqil va ijodiy xususiyatga ega bo‘lib boradi, lekin ularning fikr yuritishida birmuncha obyektiv va subyektiv kamchiliklar uchraydi.
O‘spirinlikning ikkinchi bosqichi 17-22 (25) yoshlarni o‘z ichiga oladi. Bu davr o‘zining qator betakror xususiyatlari va qarama-qarshiliklari bilan xarakterlanadi. Shu boisdan o‘spirinlikning bu davri shaxsning ijtimoiy hamda kasbiy mavqeini anglashidan boshlanadi.
Mazkur yosh davrida o‘zini boshqarishning tarkibiy qismlari, ijodiy tafakkur, muayyan hayotiy tajriba, o‘zlashtirilgan bilimlarni tartibga solish asosida his-tuyg‘ular, qarashlar, axloqiy qadriyatlar, o‘zligini anglash va barqaror e’tiqod shakllanadi.
Ommaviy hodisa sifatida ko‘rib chiqiladigan deviantlik jamiyatda yuz beradigan iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy, ruhiy jarayonlar bilan o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Ba’zi hollarda jamiyatdagi voqea-hodisalar deviant xulq-atvorni u yoki bu turining paydo bo‘lishi, kengayishi yoki yo‘qolib ketishiga sababchi bo‘lib qolishi mumkin. Ba’zan bu o‘zaro bog‘liqliklar shu darajada mustahkam bo‘ladiki, jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar deviant xulq-atvor sababimi yo oqibatmi yoki uning tarkibiy qismi ekanligini aniq aytib bo‘lmaydi. Har holda ularni jamiyat hayotining ijobiy chekinishlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada bo‘ladigan qismi sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Deviant (og‘ish) xulq mos ijtimoiy sharoitlarda maxsus ommaviy- likka saqlanib qolish va tarqalish xususiyatiga ega bo‘lgan ijtimoiy normalarning buzilishidir.
Deviant xulq-atvor holati va darajasi turli mamlakatlar va hududiy birliklarda turlichadir. Deviant xulq-atvor turlari taqsimoti, ularning hududiy kesimdagi sifat va miqdoriy tavsifi mos xulq-atvorning geogra- fiyasi deb ataladi.
Deviant xulq-atvor geografiyasini, tuzilishi va rivojlanishini o‘rganish ushbu jarayonning makon va zamonda amaliy o‘zgarishining ikki turi mavjudligini ko‘rsatadi.
Chekinishlar darajasining o‘zgarishi deviant xulq-atvor hodisalari sonining umumiy o‘sishi yoki kamayishi yoxud aksincha, jamiyatda xulq- atvorning ma’naviy va huquqiy me’yorlari mustahkamlanishi bilan ushbu ko‘rsatkichlarning kamayishi.
Ko‘rsatkichlarning o‘sishi yoki kamayishi, shuningdek muhim holatlari doirasida ham deviant xulq-atvor tuzilishining o‘zgarishi. Tuzilish jihatidan o‘zgarishlar turlicha bo‘lishi mumkin: og‘ir turlarining yengil turlar hisobiga o‘sishi yoki aksincha. Deviant xulq-atvor turlarining biridan ikkinchisiga o‘tishi u yoki bu mamlakat hududida yuz beradigan ijtimoiy va psixologik jarayonlarga ham bog‘liq bo‘ladi.
Deviant xulq-atvor mexanizmlari deganda, qonun-qoidalarga teskari qat’iyat, motiv va maqsadlarni paydo qiluvchi, moslashuvchi hamda amalga oshiruvchi ichki va tashqi faktorlarning o‘zaro harakati tushuniladi. Xulq-atvor turlari ko‘p, bu o‘rinda, metodik nuqtai nazardan, ikkita asosiy yondashuv mavjud:
Deviant xulq-atvorning aniq turlari: jinoyatchilik, qonunbuzarlik, ichkilikbozlik, o‘z-o‘zini o‘ldirish, giyohvandlik va hokazolar mexa- nizmlarini tasniflash va alohida o‘rganish. Bunda ushbu hodisalarni amalga oshirgan har bir guruh shaxslarning xulq-atvor xususiyatlarini chuqur o‘rganish mumkin, biroq ularni birlashtirib turuvchi umumiylikni aniqlab bo‘lmaydi.
Deviant xulq-atvorning barcha turlarida uchraydigan umumiy mexanizmlarni, xulq-atvor mexanizmlari xususiyatlari bilan shaxs xususiyatlari aloqasini, sharoitlarni aniqlash.
Ijtimoiy normalar, odatda, eng ko‘p tarqalgan holatlarga asoslanadi. Bu holatda qonun hech qanday qarshiliksiz amalda bo‘ladi. Biroq, kam uchraydigan holatlarning paydo bo‘lishi bir qancha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Masalan, kattalarga hurmat tushunchasi boshqa norma yoki ushbu holatda harakatlanayotgan subyektning aniq manfaatlari bilan ziddiyatga kelmasa, hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, hayot sharoitlari ba’zi hollarda subyekt oldiga qo‘yadigan ma’naviy va ruhiy muammo har qanday holatda ham o‘z individual qiziqishlari, manfaatlari va intilishlariga qarshi chiqib, me’yorga yoki qonun qoidaga bo‘ysunish kerakmi yoki bajarish, degan savolga javob topishdan iborat.
Deviant xulq-atvorning ichkilikbozlik, giyohvandlik bilan bog‘liq holatlarining farq qiluvchi tomonlari mavjud. Shunday farqlarning uchtasini keltirish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |