§. PSIXOLOGIK TAYYORGARLIK XODIMLARNI KASBIY KO‘NIKMA VA MALAKALARINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSI
Psixologiyada shaxsning kasbiy mahoratini tadqiq qilishda
S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontyev, B.G.Ananyev va boshqa psixolog olimlar tomonidan ishlab chiqilgan hamda rivojlantirilgan ong va faoliyat birligi tamoyiliga fundamental kategoriya sifatida yondashiladi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy kamoloti muammosini tadqiq etishda T.V.Kudryavsev tomonidan ishlab chiqilgan shaxsning kasbiy kamoloti uzoq davom etuvchi, ko‘p jabhali va harakatchan jarayon ekanligi hamda u o‘z taraqqiyoti davomida to‘rt bosqichni bosib o‘tishini e’tirof etuvchi qarashlar nazariy asos bo‘lib xizmat qildi.
T.V. Kudryavsev nazariyasi bo‘yicha kasbiy kamolotning bosqichla- rini quyidagicha ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |