Quyidagi umumiy prinsiplar mavjud:
Kasbiy-psixologik treningning qo‘llaniladigan vosita va usullari
majmuining ilmiy asoslanganligi va maqsadga muvofiqligi uning psixologik jihatdan nozik jihatlarini chuqur va aniq bilish hamda yuridik psixologiya va pedagogika tavsiyalariga rioya qilish zarurligidan kelib chiqadi.
Treningning kasbga yo ‘nalganligi tayyorgarlik vazifalari va mazmunining xodimlar kasbiy faoliyatining xususiyatlari va ular duch keladigan psixologik qiyinchiliklardan kelib chiqib maksimal darajada aniqlik kiritilishida ifodalanadi. Shuningdek, ana shundan kelib chiqib o‘quv vazifalari, usullari, obyektlarini tanlash, shart-sharoitlar va harakat- larni imitatsiya qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |