Psixologik tayyorgarlik usullariga operativ xizmat faoliyati sharoitlari va qiyinchiliklarini psixologik modellashtirish ham kiritiladi. Bu operativ xizmat faoliyatining haqiqiy vaziyatlariga yaqin bo‘lgan tashqi va ichki (psixologik) sharoitlarni yaratishga imkon beruvchi yo‘llar, usullar va vositalar majmuidir.
Psixologik tayyorgarlik usullari orasida amaliy vazifalarni psixologik tahlil qilish va bajarish usuli ham ajratilishi mumkin. Ushbu usulning afzalligi xodimlar kasbiy psixologik tayyorgarligining darajasini haqiqatda tekshirish imkoniyatidadir. Amaliy vaziyatlarni hal qilish xodimlarga erishilgan amaliy bilimlar, ko‘nikmalar va uquvlarni operativ xizmat faoliyatida qo‘llashga imkon beradi.
Kasbiy psixologik trening vazifalari, mazmuni hamda amalga oshirish yo‘llarining murakkabligi va mas’uliyatliligi uni o‘tkazishni tashkil etishga va usullariga yuqori talablar qo‘yilishini belgilab beradi.
Kasbiy psixologik treningni amalga oshirishda uni tashkil etishning muayyan prinsiplariga suyanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |