ziyraklik, murakkab vaziyatdan chiqib keta olish.
Ushbu xislatlar insonga tug‘ilganidan xos emas, ularni shakllantirish va rivojlantirish - davomli va qiyin jarayon, ammo u ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy shakllanishi uchun zarur shartdir. Ushbu xislatlarning xodim shaxsida bo‘lmasligi yoki yetarli rivojlanmaganligi o‘z funksional vazifalarini me’yorida bajarishiga xalaqit beradi, faoliyatida xatolarga yo‘l qo‘yishiga, o‘z kasbiga moslasha olmasligiga va kasbiy buzilishiga olib keladi. Shu bois xodimlarda ushbu xislatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan kasbiy-psixologik tayyorgarlik katta ahamiyat kasb etadi
.Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat jarayonida o‘z holatini boshqarish zarur bo‘lgan vaziyatlar tez-tez yuzaga keladi. Ruhiy va jismoniy zo‘riqishlar haddan tashqari katta bo‘lganda, buning ustiga xodim o‘z xatti-harakatlarini yomon boshqarganda asabiylashish yuzaga keladi. Bu esa faoliyat samaradorligini pasaytiradi va uning noto‘g‘ri tashkil etili- shiga, ishda jiddiy xato va kamchiliklarga olib kelishi mumkin. Bunday vaziyatlarning takrorlanishi ko‘pincha o‘ziga bo‘lgan ishonchning yo‘qo- lishiga, asabiy depressiyalarga olib keladi. Masalan, o‘tkazilgan tadqiqot- larning ko‘rsatishicha, jinoyat qidiruv bo‘limlarining so‘ralgan xodimlari- dan 30 % uyqusining buzilishidan shikoyat qilganlar, 80 % dan ko‘prog‘i nevrotik holat ko‘rinishlarining bir necha alomatlari borligini ta’kidlagan- lar. Bu alomatlar ish kunining oxiriga borganda charchash (70 %), diqqatning pasayishi (30 %), tajanglik (20 %), bosh og‘rig‘i va aylanishi (10 %), uyquchanlik va darmonsizlik (10 %)larda namoyon bo‘ladi1.
Shu bois xodimlarning hissiy-irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish yo‘llari va usullarini egallashlari bugungi kunda juda dolzarb vazifadir. Xizmat faoliyatida asablari mustahkamroq bo‘lgan, raqib (jinoyatchi) bilan kurashishga yaxshiroq shaylana oladigan, nafaqat jismoniy va aqliy imkoniyatlaridan oqilona foydalana oladigan, balki asabiy-ruhiy faolligini maqbul darajada saqlay oladigan, tezkor-xizmat faoliyatining murakkab vaziyatlarida o‘zining irodaviy faolligini namoyon qila oladigan xodimlar ko‘proq muvaffaqiyatni qo‘lga kiritadilar.
Xodimdagi hissiy-irodaviy barqarorlikka uning kasbiy faoliyatga psixologik jihatdan tayyorligini ko‘rsatuvchi alomatlardan biri sifatida qarash mumkin. Bu, o‘z navbatida, har bir xodimning kasbiy malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Hissiy-irodaviy barqarorlik deganda, murakkab vaziyatlarda muvaffaqiyatli ishlash uchun qulay bo‘lgan psixik holatni saqlash qobiliyati tushuniladi. Hissiy-irodaviy barqarorlik quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |