Kasbiy psixologiya



Download 3,02 Mb.
bet119/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

Ikkinchi prinsip - vizuallashtirish. Intiutiv tafakkur ongga kirib borishining turli yo‘llaridan foydalanadi. Asosiysi manzara hosil qilish yoki miyangizda obrazlarni gavdalantirish yo‘lidir. Vizuallashtirish yo‘nalgan tasavvurni eshitish, ko‘rish, hid bilish, ta’m bilish, teri bilan sezish sezgilari hamda ularning kombinatsiyalari yordamida faollashtirish- ning turli usullarini bildiradi. Aslida inson miyasi obyektiv olam obrazlariga ham, ongda yuzaga keladigan obrazlarga ham bir xilda javob beradi. Shu bois vizuallashtirish ko‘nikmalari insonga o‘z ichki imkoniyat­laridan yaxshiroq foydalanish, ruhiy jarayonlarning kechishini faollash- tirish imkonini beradi.

O‘zini o‘zi ishontirish prinsipning mohiyati shundaki, biz o‘zini o‘zi ishontirish yordamida ichki obrazlarimizni ongimizda aks-sado sifatida bir necha marta takrorlanadigan so‘zlar bilan ifodalaymiz. O‘zining ichki kuchi va qo‘llab-quvvatlanishi bilan to‘lgan bu so‘zlar his-tuyg‘ular darajasida chuqur qabul qilinadi. Bunday ichki aks-sadoni «Men buni qila olaman» so‘zlarida namoyon bo‘ladigan munosabat, niyat va mayl sifatida ifodalash mumkin. O‘zini o‘zi ishontirish muvaffaqiyatga erishish mum- kinligi haqida birinchi shaxs nomidan hozirgi zamonda ifodalangan ani

qta’kiddir. Insonning o‘ziga qarata aytgan so‘zlari o‘z maqsadlariga erisha olishiga bo‘lgan ishonchini kuchaytiradi va qaysi yo‘nalishda harakat qilish kerakligini ko‘rsatadi. Bu so‘zlar miyani maqsadga erishish borasida ishlashga va bunda faol ishtirok etishga majbur qiladi. O‘zini o‘zi ishon- tirish - obrazlarni so‘zda ifodalashga imkon beruvchi faol moyillikdir.

Autogen mashqlar organizmning avvaldan boshqarilmaydigan funksiyalarini boshqarish imkoniyatini oshirishga qaratilgan mashqlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Autogen mashq - nemis olimi I. G. Shuls taklif etgan o‘zini o‘zi ishontirish usuli. Ushbu metodda dastlab o‘zini o‘zi ishontirish orqali mushaklar tonusining bo‘shashiga - relaksatsiyaga erishiladi, so‘ngra ushbu holatda organizmning u yoki bu funksiyaga qaratilgan o‘zini o‘zi ishontirish amalga oshiriladi.

Bugungi kunda xodimning kasbiy-psixologik tayyorgarligi ichki ishlar organlari faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Ichki ishlar idoralari xodimining inson va uning ruhiyatini uzviy ravishda qamrab oladigan kasbiy mahorati nafaqat maxsus yuridik bilimlardan, balki kasbiy- psixologik tayyorgarlikdan ham tashkil topadi. Agar uning bunday tayyorgarligi bo‘lmasa, haqiqiy mahorati ham bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan xodimlarning kasbiy faoliyat samaradorligini ta’minlaydigan zarur, professional jihatdan muhim xislatlarini rivojlantirish, faoliyatining ishonchliligini oshiruvchi, odamlar bilan mohirona ishlashiga yordam beruvchi usullarni o‘zlashtirishlari juda muhim. Shu bois kasbiy- psixologik tayyorgarlikning juda istiqbolli yo‘nalishi bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy-psixologik treningi bugungi kunda katta qiziqish uyg‘otadi.


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish