Mavzu: Mustaqillik va ma’naviyat, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirishning pedagogik asosi



Download 80 Kb.
Sana22.06.2022
Hajmi80 Kb.
#692011
Bog'liq
mustaqillik va ma\'naviy bosh. ped asosi bmi


Mavzu: Mustaqillik va ma’naviyat, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirishning pedagogik asosi
Reja
1. Ta’lim isloxoti va barkamol avlod tarbiyasi.
2. Milliy tarbiya-shaxs kamolotining muhim omili.
3. Buyuk ajdodlarimiz ma’naviyati kichik maktab o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirishning asosiy omili.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1. TA’LIM ISLOXOTI VA BARKAMOL AVLOD TARBIYASI

Hozirgi kunda jamiyatimizning turli jabhalarida muxim axamiyatga ega bo‘lgan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Davr talabiga muvofiq iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy sohalarda islohatlar amalga oshirilmokda. Rejalashtirilgan maqsadlarga erishish, yangi demokratik davlat fuqarolik jamiyati qurish uchun, eng avvalo, har bir insonning dunyoqarashi, bilimi va saviyasini yanada rivojlantirish va o‘stirish lozim.


O‘zbekiston Respublikasining kelajagi, har tomonlama yetuk bilimlari keng, raqobatbardosh mutaxassislarning borligiga ko‘p jixatdan bog‘liq. Prezaidentimiz Islom Karimov bu xaqida quydagi fikrni bildirganlar: «Biz oldimizga qanda vazifani qo‘ymaylik, qanday muammoni yechish zaruriyati tug‘ilmasin, gap oxir-oqibat, bari bir kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz mamlakatimzning kelajagi,o‘rnimizga kim kelishiga yoki boshqacha aytganda kadrlar tayyorlashga bog‘liq» Shuning uchun ham hozirgi kunda ta’limga qaratilayotgan diqqat e’tibor kun sayin kuchayib bormoqda.
Ta’lim - murakkab, ko‘p qirrali jarayondir. Uni to‘g‘ri tashkil qilish, boshqarish va faollashtirishda nafaqat davlat boshqaruvi organlari, ta’lim Vazirliklari, o‘quvchi va murabbiylar, balki har bir fuqaro faol qatnashmog‘i lozim. Ta’lim -ijtimoiy integratsiya jarayoning muhim qismlaridan biridir. Odatda biz ta’lim sohasini insonning mehnat qilish bilimiga qarab ega bo‘lish darajasini intellektual qobiliyat va imkoniyati bilan bog‘lashga o‘rganganmiz.
Kelajagi buyuk davlat barpo etishda ilm-fan umuman ta’lim sohasining ahamiyati baland. Negaki mamlakatning iqtisodiy qudartini, uning ertangi kunini taqdirini ham aql-zakovat, yukasak ma’naviyat, chuqur va atroflicha bilim hal qiladi.
Jaxondagi taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi yuksalishi ilm-fani rivojlantirish asosida qo‘yilganligidan yaqqol dalolat berib turibdi. AQSh, Yaponiya, Geramaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda ilm-fanga alohida e’tibor bilan qaraladi. Ularda milliy daromadning salmoqli qismi ilmni taraqqiy ettirish, ayniqsa, fundamental fanlarni ravnaq toptirishga sarflanadi. Bu tez orada yuksak samarasini bera boshlaydi. Fanning yutuqlarini ishlab chiqarishga keng joriy etish, eng zamonaviy texnika va ilg‘or texnologiya asosida ishlab chriqarish samaradorligini keskin oshirish, kam sarf bilan jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga keng yo‘l ochadi.
Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda ham ilm-fan davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanmoqda. Ilm-fanning ustivor, eng avvalo, fundamental soxalarini rivojlantirishga alohida e’tibo berilyapti. Zero, ilmga, intilish yo‘qolsa, fan ham rivojlanmaydi. Ilm-fan taraqqiyoti to‘xtab qolsa, jamiyatning kelajagini tasavvur etib, bo‘lmaydi. Shuni ko‘zda tutgan holda hozirgi kunda ilm-fanga bo‘lgan qiziqish, intilish, umuman talabalarni har tomonlama qo‘llab-kuvvatlash davlat siyosatiga aylangan.
Jamiyatimizda ro‘y berayotgan ma’naviy yuksalish, insonning axloqiy, g‘oyaviy, syosiy kamoloti mamlakatimizda amalga oshirilayotgan milliy uyg‘onish jarayonlari bilan uzviy aloqadadir. Insonning ma’naviy-axloqiy kamoloti nixoyatda keng, ko‘p qirrali, mazmuni jixatidan chuqur bo‘lib, o‘z ichiga turli sohalarni kamrab oladi. Shular ichida ta’lim-tarbiyaning alohida o‘rni bor.
Ta’lim-tarbiya odida turgan asosiy maqsad va vazifa yosh avlodga ajdodlarimizning dono tajribalarini singdirish, insoniy fazilatlarini shakllantirish va rivojlantirish. Vatan, xalq oldidagi ma’suliyatni his etishga o‘rgatish kabi hislatlarni qaror toptirishdan iboratdir. Bu borada xalqimiz tomonidan asrlar davomida yaratilgan, avloddan-avlodga o‘tgan qadriyatlarimizni tiklash va yanada rivojlantirish muhim axamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda milliy, ma’naviy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish borasida katta ishar qilinmoqda. Halqimiz milliy kadriyatlarda esa bilim va bilimdonlik hamma vaqt ulug‘langan. Aql va zakovatning qadr-qimmati, jamiyat taraqqiyoti, shaxsning madaniy-ma’rifiy, axloqiy kamoloti uchun axamiyati xaqida minglab asarlar yozilgan. Ular qatorida Yusuf Xos Xojibning «Kutadg‘u bilig», Axmad Yassaviyning «Devoni hikmat», Alisher Navoiyning «Xamsa» kabi ajoyib asarlarini ko‘rsatish mumkin. Axmad Yugnakiy o‘zining «Hibbatul haqqoyiq» Xaqiqatlar armug‘oni asarida ilm haqida so‘zlaganda quydagi fikrlarni bildirgan edi: «Bilim to‘g‘risida so‘zlamoqdaman, so‘zimni yaxshi tingla, bilimdon kishilraga o‘zingni bog‘la. Bilim, bilan baxt-saodat yo‘llari o‘rganiladi. Bilim egallab saodat yo‘lini top. Bilmli kishi qimmatli oltindir».
Xalqimiz madaniyati va tarixidan insonni ilm asarlarini bila olishga davat etgan, ilm-fanning xosiyati xaqida kuyib yonib so‘zlagan olimlar, ziyolilar, faylasuflar ko‘p bo‘lgan. Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Axmad Al-Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek kabi mashhur olimlar, buyuk siymolar o‘zlarining asarlarida ilm-ma’rifatga intilish zarurligi haqida bebaho fikrlarni bayon qiligan.
Ilm-fanga o‘chlik, jaxolatdan ma’rifatga intilish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, dunyoqarash, did va farosatni o‘stirish maqsadida zehnini o‘tkirlab, tafakkur quvvatini oshirish-bularning xalqimiz milliy xarakteriga xos xalqimiz xususiyatlardir. Xozirgi kunda ana shunday ajoyib qadriyatlarimiz asosida yoshlarni tarbiyalashimiz kerak. Buyuk davlatning yoshlari o‘zlarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, zamonaviy fan va texnika yutuqlari bilan bir qatorda milliy ma’naviy odob-axloq va an’analarimizdagi eng oliyjanob hislatlarni mujassamlashtirgan, yuksak ma’rifatli, insonparvar bo‘lmog‘i lozim.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin yoshlar tarbiyasining mazmuni va mohiyatida, usul va shakillarida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. Ta’lim-tarbiyaga milliy qadriyatlarni joriy etish asosiy o‘rin tutadigan bo‘ldi. Tariximiz, madaniyatimiz, urf-odatlarimizga e’tibor kuchaydi. Yoshlarda milliy g‘ururni shakillantirish va mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladigan bo‘ldi. Maktablarni milliylashtirish boshlandi. Bu bilan birga maktablarning moddiy-texnika negizini yaxshilashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
2004 yil 21 fevral kuni «2004-2008 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish dasturini tayyorlash chora-tadbir to‘g‘risida»gi. O‘zbekiton Respublikasi Prezidentining farmoyishi e’lon qildi. Mazkur farmoyishda umumiy ta’lim tizimini tubdan isloh qilish ko‘zda tutilgan bo‘lib, asosiy diqqat va e’tiborni ta’lim muassasalarining binolarini kapital rekonstruksiyalash, maktablarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, maktablarni o‘quv va laboratoriya uskunalari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash tizimida qo‘llanilayotgan o‘quv standartlari va dasturlarini takomillashtirish, maktablarni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash masalalariga qaratish lozimligi alohida qayd etildi.
Fan kadrlar tayerlash milliy modelining yuqori malakli mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik, va axborot texnolgiyalarini ishlab chiqaruvchi asosiy tarkibiy qismlardan biridir. Fanning kadrlar tayyorlashdagi o‘rni nihoyatda katta. Buni yurtboshimizning quydagi chuqur ma’noli so‘zlaridan bilsa bo‘ladi: «Umuman, men fanni ilg‘or, taraqqiyot, progress degan so‘zlar bilan yonma-yon qabul qilaman. Odamlarga mustaqillikning afzalligini mustaqil bo‘lmagan millatni kelajagi yo‘qligi, bu tabiiy qonuniyat ekanligini isbotlab, tushuntirib berish kerak. Fan jamiyat taraqqiyotining olg‘a siljituvchi kuchi, vositasi bo‘lmog‘i lozim.

2. MILLIY TARBIYA-SHAXS KAMOLOTINING MUHIM OMILI


Mustaqil O‘zbekistonning milliy tarbiya siyosatini belgilovchi tamoyillardan biri bu milliy-ma’naviy kamolot bo‘lmog‘i kerak. Masalaning ana shu tarzda qo‘yilishiga qator sabablar bor. Birinchadan, bu tamoyil jumladan, O‘zbekiston yurtidagi o‘zbek va boshqa millat vakillarining ta’lim va tarbiya tizimidagi tub moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini ifodalaydi. Bugungi O‘zbekiston rivojlangan mamlakatlar, Fransiya, Olmoniya, Yaponiya kabi milliy davlatdir. Shuning uchun mustaqil O‘zbekistonda «millat», «milliylik» tushunchalari nafaqat etnik, balki yangi-ma’naviy va madaniy ma’no kasb etishi qonuniy holdir. Tadqiqotchilardan buni nazariy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqishni, ya’ni «o‘zbek milliy oilasi bolasining botiniy va zohiriy siymosi» ni bilib tadqiq etishni taqozo etadi. Bu esa, eng avvalo, O‘zbekiston pedagogika fanidan «Milliy va zamonaviy o‘zbek bolasining siymosi qanday bo‘lishi kerak?», degan savolga aniq javob berishlarini talab qilmoqda.


O‘zbek bolasininng botiniy va zohiriy siymosi nimada ko‘rinadi? Bu milliy tarbiyani hayotga tatbiq qilish sari qo‘yilgan birinchchi qadam deb hisoblaydigan bo‘lsak, unda milliy tarbiyaning maqsadi yoki «o‘zbek bolasining siymosi» qaysi manbalardan kelib chiqib belgilanadi?
U avvalo, o‘zbek xalqi ongidagi hayot tushunchasining yangilanishidan, insonning yashashdan maqsadi va qanday yashamog‘i kerakligi haqidagi tasavvurdan, har bir o‘zbek ota-ona orzularining ilmiy-nazariy umumlashmasidan kelib chiqib belgilanadi. Milliy tarbiya bu –xalqimizning o‘z farzandlarini qanday kishilar bo‘lib yetishishlari haqidagi orzu-umidlarining pedagogik in’ikosidir.
O‘zbek xalqi o‘z farzandlari uchun ideallarni xalq pedagogikasi, ertak, maqol, doston va qo‘shiq, shuningdek, san’at asarlarida aks ettirib kelgan. Ulardan ijodiy foydalanish hozirda ham o‘ta zarurdir.
O‘quvchi birinchi sinfga birinchi bor kelganidan boshlaboq, aytaylik, barcha kechikish qoralanishni, agar bu hol uning faoliyatida ro‘y bersa jazolanishni biladi. Demak, darsga tez-tez kechikib keladigan bolaga beriladigan jazo bilan, bu holatni birinchi bor sodir qilgan bolaning jazosi bir xil bo‘lib qolmasligida haqiqiy pedagog tarbiyachining mahorati namoyon bo‘ladi.
Bola tarbiyasida tarbiyachining mahorati uning qo‘l ostidagi tarbiyalanuvchi shaxsga tarbiyaviy ta’sir chog‘ida rag‘batning shaxs xulqini korreksiya-ma’lum darajada yo‘naltirish sifatida mohirona foydalanishdadir. Bu o‘rinda tarbiyachi bola faoliyatida sodir etilgan uch xarakatning ikkitasi salbiy bo‘lib, faqat bittasi ijobiy bo‘lsa ham, avvalambor aynan mana shu ijobiy harakatni e’tirof etsa u shu yo‘l bilan qolgan ikki harakatni inkor qilmoqda.Ya’ni ularni qabul qilmaslik yo‘li bilan bolaning salbiy xarakatlarini jazolamoqda. Demak tarbiyachi shu yo‘l bilan bola faoliyatidagi ijobiy harakatga tayanmoqda. Bu esa o‘z o‘rnida nafaqat jazo va rag‘bat bo‘lib qolmay, alohida ruhiy ta’sir hamdir.
Tarbiyalanuvchi o‘z qilgan xarakatlarini doimo biladi. Ayni sh o‘rinda uning o‘z salbiy harakatlarining ochiq jazosiz qolishi va birgina ijobiy harakatiningg rag‘bat topishi kuchli ruhiy ta’sir bo‘lib, unga, uning ruhiga singadi. Bu holda biz tarbiyachi sifatida o‘ta katta imkoniyatni qo‘lga kiritamiz, ya’ni, shaxsning o‘zini- o‘zi tarbiyalashiga zamin yaratamiz.
Ma’lumki, tarbiyachilarning har qanday tarbiyaviy faoliyatlari tarbiyalanuvchining o‘zini o‘zi tarbiyalashi, o‘zidagi ijobiy va salbiy xususiyatlarining korreksiya -ya’ni, ma’lum tomonga ongli ravishda yo‘naltirilishiga qaratiladi. Ayni shu holni inobatga olar ekanmiz, bola faolyatidagi ijobiy harakatni birinchi bo‘liib tan olish, uni bu faoliyatga rag‘batlantirish bo‘lib uning ruhiga singadi, bola o‘z hulqiga , o‘ziga ma’lum o‘zgarishlarni kiritadi. Boshqacha qilib aytganda, jazoning qo‘llanilmagani rag‘batning ijobiy kuchi uning o‘zini -o‘zi tarbiyalashga olib keladi. Bola hulqini psixologik korreksiya qilish eng kichkina rag‘bat, aytaylik, dalda, yahshi so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin.
Masalan, o‘qituvchi sinfda bolalarning bir vazifasini bajarayotganini kuzatmoqda. Hamma yozuv bilan band, o‘qituvchi o‘quvchi Z. ning olidan o‘tayotib «yahshi, davom ettiraver», deyishi Z. ga katta rag‘bat , dalda, uning ishining to‘g‘riligiga tasdiq.
Aytaylik, o‘quvchi B. hali yozishni boshlagan emas. Har xil xarakatlar bilan band, bir - ikki qatorgina yozgan xolos. Ayni holda B. o‘z temperamenti bilan flegmatik, u har ishni sekin boshlab batafssil bajaradi. Shular inobatga olinsa, o‘qituvchi B. ga nisbatan, yaxshi boshlabsan, davom ettiraver, desa bu B. uchun katta dalda bo‘ladi. U ushbu rag‘batga flegmatikligi uchun muxtoj. Ammo o‘qituvchi B. ga qarab , «xali ham o‘tiribsanmi , ishla tezroq», desa bu bir qaraganda unchalik koyish bo‘lmasa ham , ya’ni jazo sifatida boshqalar tomonidan qabul qilinmasa ham, ayni B. uchun jazo bo‘lib tuyuladi. Vaholanki, u bekor o‘tirgani yo‘q, flegmatik bo‘lgani uchun ishga tez kirisholmayapti , shu bilan birga qilinadigan ishni avval puxta o‘ylab keyin davom ettirmoqchi .
Ushbu misoldan ko‘ramizki, kimgadir kichkina dalda katta rag‘bat bo‘lib ta’sir qilsa, boshqa birovga tarbiya jarayonida uning faoliyatini e’tirof etmaslikning o‘zi jazo bo‘lib tuyulishi mumkin.
Yana bir narsani alohida qayd qilishi lozimki, har qanday jazo va rag‘bat o‘z o‘rni va vaqtida qo‘llanilmas ekan, ularning adekvat ta’sirini kutish qiyin. Bu o‘rinda yana bir hol, ya’ni ayniqsa jazoning jamoa orasida ochiq bo‘lmasligining lozimligi.
Tarbiyada jazo va rag‘bat odatda birga tilga olingani bilan, jazoning qo‘llanilish shar-sharoiti rag‘batnikiga butunlay to‘g‘ri kelmaydi. Rag‘bat o‘z o‘rnida doimo , (ba’zi hollar bundan mustasno) ochiq , jamoa ichida qo‘llanilishni taqozo etsa, jazo aksincha , doimo individual, yashirin faqat o‘ta kam holatda ochiq va jamoa ichida qo‘llanilishni taqazo etadi.
Tarbiyada jazo va rag‘bat haqida so‘z yuritgan har qanday tarbiyachi biladiki, jazo va rag‘bat tarbiyaviy vositalar sifatida o‘z o‘rnida me’yor tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Me’yoridan oshgan rag‘bat bola tarbiyasiga qanchalik salbiy ta’sir qilsa, me’yoriga yetmagan jazo ham shunchalik salbiy ta’sirga ega. Bu o‘rinda , me’yoridan oshgan jazo xaqida so‘z yuritishning o‘zi ortiqcha. Chunki, tarbiya jarayonida me’yoriga yetmagan jazo chorasini ba’zi hollarda qo‘llash mumkin desak, ham, me’yoridan oshgan jazo chorasini umuman qo‘llash mumkin emas, demoqchimiz.

3. BUYUK AJDODLARIMIZ MA’NAVIYATI KICHIK MAKTAB O‘QUVCHILARIDA AXLOQIY FAZILATLARNI SHAKILLANTIRISHNING ASOSIY OMILI


O‘zbek xalq pedagogikasi chuqur va teran ildizlarga ega bo‘lganligi bilan ham, yuksak darajada taraqqiy etganligi ham, yuqori samaradorlikka erishib borayotganligi bilan ham axamiyatlidir. Xalqimiz orasida keng yoyilgan odatlar, marosimlar tarbiyaning g‘oyat ta’sirchan vositalari bo‘lgan. Xalq o‘z farzandlarini faqat maxsus muassasalar vositasi bilangina emas, balki hayot va turmush tarzi bilan ham tarbiyalagan. Qadimiy xalq ertaklari, dostonlari, maqol va matallari, topishmoqlar, an’anaviy o‘yinlar xalqona pedagogikaning yorqin namunalaridir. Agar G‘arb davlatlarida pedagogika ilmning alohida sohasi yo‘sinida XVI asrda shakillangan bo‘lsa, bizning manzilimizda yashagan mutaffakkirlar XI asrdayoq tarbiyashunoslikka alohida fan sifatida qaray boshlaganlar. Abu Nasr Farobiyning « Ixso al-ulum» Abu Rayxon Beruniyning «Hindiston», « Qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar», Abu Ali ibn Sinoning « Donishnoma», «Kito bun-najot», «Kitob ishorat va tanbihot», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilik», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yugnakiyning «Hiybat ul haqqoyiq», Alisher Navoiyning «Mahbub ul qulub», «Nazm ul javohir», «Arabain» singari asarlarida ta’lim va tarbiyaga oid muammolar tadqiq etilgan. Bu jihatdan ayniqsa, Imom Al Buhoriyning «Al-adab al-mufrat», «Saxxix», Imom at Termiziyning «Sunan», « Shamoyili Muhammadiy», Burhoniddin Marg‘inoniyning 53 kitobdan iborat «Xidoya» asarlari beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan. «Xidoya» asari hozirga qadar ham musulmon ilohiyot dorilfununlaridagi metodik qo‘llanmalardan sanaladi.


Xusayn Vois Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy», Jaloliddin Davvoniyning «Axloqi Jaloliya» kabi kitoblari ko‘p asrlar mobaynida xalqimiz ma’naviyatini shakllantirishda xizmat qilib kelgan pedagogik asarlar xisoblanadi.
Mamlakatimiz tarixining barcha davrlarida ham eng mashxur allomalarning ta’lim-tarbiya muammolari bilan jiddiy yashash mumkin emasligi ayon bo‘lib qoldi. Bir qator mamlakatlarda hayot tarzining yuksakligi, ijtimoiy targ‘ibotlarning inson tabiatiga muvofiqligi, ilmu fan taraqqiyotining yuqoriligi qadim manzilimizda yashagan tafakkur egalarini ham sergaklantiradi va bezovta qildi. Shu tariqa jamiyatning turli qatlamlarida hayot tarzini isloh qilish kayfiyati paydo bo‘la boshladi.
Azaliy ma’rifat maskani bo‘lgan qadim manzilimiz ziyolilari xalq xayotini yaxshilash uchun unga ma’rifat berish, madaniyat darajasini ko‘tarish kerak deb hisobladilar. Bu xil qarash birgina turkistonlik mutaffakkirlariga emas, balki butun turkiy dunyodagi munavvarlarga xos edi. Ta’lim tizimini yangilash, uning samaradorligini ko‘tarish buyuk bir ijtimoiy-ma’naviy ehtiyoj sifatida paydo bo‘ldi.
Ana shu ehtiyojning samarasi o‘laroq Ismoilbek Gaspirali tomonidan tashkil etilgan jadid maktablari amaldagi ta’lim tizimini butunlay inkor etadigan muassasalar emas edi, balki musulmoncha ta’lim tizimining mohiyatiga daxl qilmagan xolda, ta’limning mazmunini boyitish, chuqurlashtirish va uni yevropacha dunyoviy ruh bilan sug‘orish jadid maktablarining asosiy jihatlaridan hisoblanadi. Shuningdek, ta’limning samaradorligini keskin oshirib, yoshlarni faol sur’atlar bilan hayotga tayyorlash, ularni zamona ilmu fanini qiynalmay o‘zlashtira oladigan darajaga yetkazish ham jadid maktablari ko‘zlagan murodlardan sanalardi.
Jadidchilik harakati turkiy millatlarning uyg‘onishiga, ma’rifatga intilishiga turtki bo‘ldi. Mamlakatimizning yetuk ma’rifatparvarlari, millatning jonkuyar pedagoglari bir qator darslik hamda qo‘llanmalar tayyorladilar. Ta’limdagi bunday o‘zgarish tez orada o‘z samarasini ko‘rsatadi va o‘lkada ilmga bo‘lgan intilish, ma’rifiy ko‘tarilish yaqqol seziladi.
Xalq ta’limi tizimi sho‘ro davrida to‘lig‘icha xukmron mafkura va siyosat iskanjasida bo‘lganligi bois, tarbiyalanuvchilarning faolligi susaydi. Bunday holat ta’lim samaradorligini pasaytirib yubordi.
Sho‘ro davrida ta’lim tizimi faoliyatiga xos yana bir nuqson shundan iborat ediki, ta’limni uyushtirishda ham, uning mazmunini belgilashda ham milliy asoslarga tayanilmadi. Ijtimoiy yo‘nalishdagi o‘quv predmetlarigina emas, xatto aniq predmetlar ham mafkura nuqtai nazaridan talqin etildi. Ona tili, adabiyot, vatan tarixi, geografiya singari o‘quv predmetlari, milliy san’at namunalarini o‘rgatish asosida yoshlarni tarbiyalash ruslashtirish siyosatining salbiy ta’siriga duchor bo‘ldi.
Yoshlarni o‘z-o‘zini anglash, milliy g‘urur, milliy iftixor ruhida tarbiyalash bugunning muxim vazifalaridan biridir. Shu bois kichik maktab o‘quvchilarida milliy g‘ururni tarbiyalashning ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqish dolzarb pedagogik muammodir. Shunday niyatda Andijon shahar umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchilariga «Buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz» mavzusida noan’anaviy dars o‘tildi. Mazkur dars xaqiqatdan ham buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishga xaqli ekanligimizning dalili bo‘ldi. Xalqimiz o‘ziga xos milliy urf-odatlari, an’analari, tarixda o‘tgan jasur farzandlari,adabiyot, san’at, fan namoyondalari hamda boy madaniy va moddiy imkoniyati bilan faxrlanadi. Zero, buyuk ajdodlarimiz ko‘rsatgan qaxramonlik, fidoyilik, shubxasiz, bugungi yoshlarimizda iftixor tuyg‘usini shakllantiradi, voyaga yetkazadi.

IBN SINO BOLALAR TARBIYASI HAQIDA


Axloq masalalari asrlar davomida shaklllanib kelgan umuminsoniy fazilatlarning eng muhim jihatlarini o‘zida jamlaydi. Shu ma’noda o‘tmishning ilg‘or axloqiy ta’limotlarida davrimiz nafasiga hamohanglik, chin ma’nodagi zamonaviylik ruhi mujassamlangan. Buni ulug‘ mutaffakkir Abu Ali ibn Sinoning bolalar tarbiyasi haqidagi dono fikrlari ham ko‘rsatib turibdi.


Ibn Sino ta’lim-tarbiya va axloqqa oid bir necha asarlar yaratgan. «Tadbir al-manozil», «Risola fi ilm al-axloq», «Risola fi al-ahd», «Kitob al-ansof», shular jumlasidandir.
Ibn Sino bola tarbiyasining butun qiyin va murakkab tomonlarini yaxshi bilgan. U o‘zining «Tib qonunlari» asarida bu masalaga « Tarbiya to‘g‘risida» degan alohida bir bob bag‘ishlaydi. Bunda yosh bolalarda xarakterni qanday tarbiyalash kerakligi to‘g‘risidagi qimmatli fikrlar bayon qilgan.
Yosh bolaning tarbiyasiga kattalarning ta’siri tez o‘tishini olim alohida uqtiradi. Bolalar hamisha o‘zidan kattalarga taqlid qiluvchan bo‘ladi. Ular odobli va aqlli kishilarning ta’sirida yaxshi tarbiya topadi.
Shuning uchun ham Ibn Sino ularga shaxsan namuna ko‘rsatish to‘g‘risida ota-onalarga va ular tarbiyachilariga maslahat beradi. Ular yosh bolalarga e’tibor bilan qarashlari kerak. Yosh bolaning yonida yomon so‘z aytmaslik, noo‘rin harakat qilmaslik darkor.
Yosh bolalarning ahloqan yetuk, jismonan sog‘lom bo‘lib, o‘sishida tarbiyaning ko‘pgina foydali usullari bu asarda ko‘rsatib berilgan.Ibn Sino o‘zining «Tadbir al-manozil» asarida «Har bir odamda yaxshi va yomon tomonlar bo‘ladi. Shunisi muhimki, kishi o‘zining xarakteri va xulqidagi yomon tomonlarni tugatish yo‘lini bilishi kerak. Kishi o‘zidagi kamchilik va nuqsonlarni tugata olsa, u boshqalardagi kamchilik va nuqsonlarni tugatishga ham yordam bera oladi» deb yozadi. Ibn Sino bolaning xulqidagi kamchiligini ko‘rsatish va unga tanbeh berishda tushuntirishdan ko‘ra obdon axloqning yomon bo‘lib ketishligidan saqlab, unga to‘sqinlik qilish yaxshidir, deb uqtiradi.
Ibn Sino bolalar ruhiyatini yaxshi bilganligi uchun, agar bola sening maslaxatingga e’tibor bermay, uni tinglamasa, suhbat mazmunini o‘zgartirish kerak va bolaga aytmoqchi bo‘lgan maslahatingni boshqa vaqtga qoldirish darkor,deydi. Bu esa, tarbiyada katta ahamiyatga egadir.
Ibn Sinoning bu fikrlaridan kelib chiqib, shu narsani e’tiborga olish muhimki, xar qanday tarbiyachi tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi uchun, avvalo, xar bir bolaning xarakterini yaxshi bilishi lozim.
Buyuk mutaffakkir o‘zining ilmiy-pedagogik qarashlarida oilaviy tarbiya masalalariga alohida e’tibor beradi. Bu tasodifiy xol emas, albatta. Chunki, oila bilan jamiyat bir-biridan ajralmasdir. «Tadbir al-manozil» asarining katta bir bobi oila va oilaviy tarbiya masalalariga bag‘ishlangan. U oila boshlig‘i oldiga katta talablar qo‘yadi. «Oiladagi yomon tarbiya,-deb uqtiradi olim, -faqat shu oilaning o‘zigagina salbiy ta’sir qilib qolmasdan, balki atrofdagi boshqa oilalarga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. To‘g‘ri, tarbiya oila baxtining muqim asosidir. Buning uchun «Tadbir al—manozil» da bu haqida oqilona fikrlar bildirilgan. Ibn Sino ta’kidlaydiki, sharoitning qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, bola tarbiyasi ota-onalarning asosiy vazifasidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: «O‘zbekiston», 1992.-43 b.



  1. Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent. 1997 y.

  2. Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T.: O‘zbekiston. 1992 y.

  3. Karimov I.A. O‘zbekiston- kelajagi buyuk davlat . T.: O‘zbekiston. 1992 y.

  4. Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. T.: O‘zbekiston 1994y.

  5. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: Xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O‘zbekiston. 1997 y.

  6. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Z-T. T.: O‘zbekiston. 1996 y.

  7. Karimov I.A. O‘zbekiston: Milliy istiqlol iqtisod, siyosiy mafkura. T.: O‘zbekiston.1996 y.

  8. Karimov I.A. Bizdan ozod vaobod Vatan qolsin. 2-T. T.: O‘zbekiston. 1996 y.

  9. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‘lidan. 4-T. T.: O‘zbekiston. 1996 y.

  10. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Muloqot jurnali. 1998 y. 5-son.

  11. Karimov I.A. «Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar deb hisoblashar edi». 2005 y. 19- yanvar. Xalq so‘zi.

  12. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. T.: O‘zbekiston. 1995 y.

  13. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. T.: o‘zbekiston. 2000 y.

  14. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: O‘zbekiston. 1999 y.

  15. Aliqoriev N.S. va boshqalar. Oliy o‘quv yurtlari prfessor o‘qituvchilari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar. Ta’lim muammolari, ilmiy uslubiy yutuqlar va ilg‘or tajribalar. T.: 3-6. 1997 y.

Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish