Ma’lumki, nazariy konsepsiya tadqiqot metodikasinigina emas, balki ish tajribasi (amaliyot)ni, shuningdek talay darajada uning tashkil etilishini oldindan belgilab beradi. Ana shu yo‘nalish tadqiqotchilari kasb uchun odamlarni tanlash kasbga yo‘naltirishda ishning asosiy shaklidir, deb hisoblaydilar. Bunda kasb uchun odamlarni tanlash ishga joylashtirish uchun nomzodlarni «elakdan o‘tkazish» sifatida tushuniladi: qobiliyatlarning ishlab chiqilgan normalariga mos bo‘lgan odamlar qabul qilinadi, zarur ko‘rsatkichlarga mos kelmagan kishilar esa ishga olinmaydi. Qobiliyatlar - odam boshlang‘ich tabiiy belgilari va uning faoliyati natijalarining «qorishmasi»dir; faoliyat natijalari «qurilish materiali» sifatida qobiliyat qatoriga kiradi (S. L. Rubinshteyn); binobarin, kasbga yaroqlilik ham muayyan darajada faoliyat natijasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |