SHunday qilib, maktabdagi butun ta’lim va tarbiya sistemasi o‘quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashni ta’minlaydi. O‘quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash umumiy politexnik va mehnat ta’limi jarayonida, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ish jarayonida olib boriladi. SHunday qilib, kasbga yo‘naltirish ishining mazmuni: -politexnik ta’lim, maktabdan tashqari va sinfdan tashqari ish jarayonida o‘quvchilarni xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari (sanoat, transport, aloqa, kurilish, uy-joy kommunal xo‘jaligi, qishlok va o‘rmon xo‘jaligi, sog‘likni saqlash, ta’lim, madaniyat va san’at, ijtimoiy-iqtisodiy soxa, savdo umumiy ovkatlanish va xizmat ko‘rsatish soxalari), eng ommalashgan kasblar bilan tanishtirishni: -ishlab chiqarish sharoitlarida turli ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni o‘quvchilarga singdirishni, mehnat ta’limi jarayonida ularda ishchi kasblariga qiziqishni tarbiyalashni;
Do'stlaringiz bilan baham: |