Maktab o‘quvchilarga fan asoslaridan mustahkam bilim berishi, ularda dunyoqarashni hamda ishharakat va hulq-atvorda umuminsoniy yo‘nalishlarni shakllantirishi lozim. Darhaqiqat, maktab o‘smirlarning shaxsiy kiziqishlari, iste’dod kurtaklari va qobiliyatlarini shakllantirishga karatilgan xilma-xil ishlarni tashkil qilib, bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga ko‘maklashadi, sevimli ishni aniklab olishga yordam beradi. Xo‘sh, maktab o‘quvchilarining kasbkorlik masalasini muvaffaqiyatli hal qilish uchun barcha zarur ma’lumotlar bera oladimi, har bir o‘quvchida kasb tanlash muammosiga puxta o‘ylab munosabatda bo‘lish his-tuyg‘usini tarbiyalay oladimi, shu muammoni hal qilishning to‘g‘ri yo‘llarini ko‘rsatib bera biladimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |