Inson qobiliyatlarining rivojlanishi va mexnatning kasblar bo‘yicha taqsimlanishi - turli manbalarga ega bo‘lgan va turli qonuniyatlarga bo‘ysungan jarayonlardir: tabiiy iste’dod nishonalarida ham, oilada tarbiyani umuman rivojlantirish, maktabda ta’lim berish sharoitlarida ham kelgusidagi kasbkorlik talablari asosida qobiliyatlarni shakllantirishni tabaqalashtiruvchi muhim omillar yo‘q. Kasb ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarning tarkib topgan doimiy sistemasi sifatida qaralmasligi kerak, u texnikaning rivojlanishiga, texnologiyaning takomillashib borishiga va shu kabilarga qarab o‘zgaradigan tarixiy kategoriyadir; nisbatan qisqa vaqt ichida hozirgi zamon kasblarining qiyofasi jiddiy o‘zgaradi, ayni mahalda inson qobiliyatlarida biron- bir keskin o‘zgarishlar ro‘y bermadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |