Buning uchun har bir o‘quvchini qiziqtiradigan kasb bilan chuqur tanishtirish, tanlab olinadigan mehnat sohasida muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur bo‘lgan malaka va xislatlarni hosil qilish, shu kasbga barqaror qiziqishni, tanlangan faoliyatga o‘xshash bo‘lgan ishda o‘z imkoniyatlarini maktabdayoq tekshirib ko‘rish istagini tarbiyalash yuzasidan puxta ishlashni tashkil qilish zarur. Korxonalar va tashkilotlar, jamoa xo‘jaliklari va davlat xo‘jaliklari mustaqil iqtisodiy munosabatlarga o‘tishi va ularda mulkchilikning muayyan turi tashkil qilinishi hamda ishning boshqa shakllari joriy etilishi tufayli kasbga yo‘naltirish muammolariga munosabatlarni o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala ham ko‘ndalang bo‘lib qolyapti. SHunga muvofiq tarzda kasbga yo‘naltirish vazifasi va V—IX sinflarda o‘quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash ishi ham boshkacha tashkil etilishi lozim. Bunda barcha o‘quvchilar kasblar bilan keng va puxta tanishtirilishi, qobiliyatlari va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq ularning muayyan faoliyat turiga bo‘lgan barqaror qiziqishlarini aniqlash, kasbga oid guruh tarzida va yakka tartibda maslahatlar o‘tkazish, IX sinfni tamomlagandan keyin maxsus o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishni xohlovchi yoshlarning o‘quv yurtlarini tanlashida ko‘maklashish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |