Pedagogika yunalishdagi o‘quv muassasiga kirishga konkurs uncha katta bo‘lmaganligi yoki keyinchalik boshqa oliy o‘quv yurtlariga o‘tqazib ketaman degan fikr bilan bilim dargohida o‘qishga qaror qildim, deyishadi ayrim yoshlar. Biroq ular o‘qituvchi bo‘lishni xayollariga ham keltirmagan bo‘ladilar. Ba’zan yigit yoki qiz laborant bo‘lib ishga kirdim, chunki tanishlarim yordam qildi, deyishadi. Lekin bu ishning o‘ziga manzur bo‘lish-bo‘lmasligini sira ham o‘ylashmaydi. O‘smirlarning etarli darajada tajribaga ega bo‘lmaganliklari va katta yoshdagi kishilarning durust, malakali yordam bermaganliklari oqibatida kasb tanlashdagi bunday xatolari oldini qanday qilib olish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |