Bunga faqat bir xil javob berish mumkin: bu borada katta yoshdagi kishilar bir maqsadga qaratib , muttasil, malakali yordam berishlari kerak. O‘smirlar esa ana shu yordamga tayanib, kelgusidagi hayot yo‘li to‘g‘risidagi masalani mustaqil hal qilishlari lozim. Ommaviy maktab sharoitida ana shunday yordamni tashkil qilib, uning quyidagi asosiy vazifalarini nazarda tutish kerak. VIII -IX sinflarning o‘quvchilarida kasb tanlash masalasiga jiddiy va mas’uliyatli munosabatda bo‘lishni tarbiyalash; - o‘smirlarning ,qiziqishlari va qobiliyatlarini, fiziologik va psixologik xususiyatlarini hamda -imkoniyatlarini o‘rganish, har bir o‘quvchi o‘z hayotini bag‘ishlashni istaydigan faoliyat sohasini belgilab olishida unga yordamlashish; - V-IX sinflarning o‘quvchilari ana shu sinflarda to‘rt yil mobaynida ta’lim olgan chog‘larida ularni xalq xo‘jaligimizning asosiy kasblari bilan asta-sekin tanishtirish, ularda asosiy kasblarning sohibi bo‘lgan odamlar faoliyatining xususiyatlari to‘g‘risida to‘g‘ri tasavvurlarni shakllantirish, hozirgi vaqtda davlat, viloyat, nohiya g‘oyat muhtoj bo‘lgan ommaviy kasblarga katta qiziqish uyg‘otish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |