Yakka konussimon oddiy uzatmalar (18.18-chizma, a) asosan yengil avtomobillarda hamda yuk ko'taruvchanligi kichik va o'rtacha bo'lgan yuk avtomobillarida ishlatiladi. Bu uzatmalarda yetaklovchi konussimon shesterna (1) kardanli uzatma bilan, yetaklanuvchi shesterna (2) esa differensial qutisi va differensial mexanizmi orqali yarim o'qlar bilan biriktirilgan.
Ko'pchilik avtomobillarda yakka konussimon uzatmalar gipoid ilashmali tishli g'ildiraklarga ega (18.18-chizma, b). Gipoid uzatmalar oddiy uzatmalarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega, ularda yetaklovchi g'ildirak o'qi yetaklanuvchi g'ildirak o'qidan pastda joylashadi. Bu esa kardanli uzatmani hamda yengil avtomobillar kuzovini pasaytirishga imkon beradi. Oqibatda avtomobilning og'irlik markazi pasayib, uning turg'unligi ortadi. Bulardan tashqari gipoid uzatma-lardagi shesterna tishlarining asosi kengaygan bo'lib, ularning yeyilish-ga chidamliligi va yuklanish layoqatligi katta bo'ladi. Ammo, bu jihatlar shesternalarni moylash uchun, shesterna tishlarining o'zaro tutashishida (kontaktida) hosil bo'ladigan katta kuchlarni uzatish sharoitiga mo'ljal-langan maxsus (gipoid) moylar ishlatishni talab etadi.
Asosiy uzatma turlari
Qo'shaloq asosiy uzatmalar (18.18-chizma, d) transmissiyaning umumiy uzatish sonini orttirish va uzatilayotgan aylantiruvchi moment-ni oshirish uchun yuk ko'taruvchanligi katta bo'lgan yuk avtomobil-lariga o'rnatiladi. Ushbu holatda asosiy uzatmaning uzatish soni konussimon (1,2) va silindrsimon (3,4) juftliklar uzatish sonlarini bir-biriga ko'paytirish bilan hisoblanadi.
: Asosiy uzatmaning tuzilishL 3HJI-130 avtomobilining qo'shaloq asosiy uzatmasi (18.19-chizma) yetaklovchi orqa ko'prik to'sini (8) ichiga joylashtirilgan mexanizmlarning bir qismidir. Asosiy uzatmaning yetaklovchi vali, yetaklovchi shesterna (1) bilan bir butun qilib tayyorlangan. U asosiy uzatma karteriga (9) mahkamlangan stakan ichidagi konussimon rolikli podshipnikka o'rnatilgan. Xuddi shu karterda, konussimon rolikli podshipniklarda, yetaklovchi silindrik shesternasi (12) bo'lgan oraliq val ham o'rnatilgan. Shu val flanesiga shesterna bilan ilashishda bo'lgan yetaklanuvchi konussimon shesterna (2) bikr (qo'zg'almas) qilib mahkamlangan. Yetaklanuvchi silindrik shesterna (5) differensialning qutisini hosil qiluvchi, uning chap (3) va o'ng (6) kosachalari bilan biriktirilgan. Bu qutida differensial detallari, ya'ni satellitlar (11) va
Yetaklovchi orqa ko'prik mexanizmlari
yarim o'qlar shesternalari (10) bilan birgalikda krestovina (chorbarmoq) o'rnatilgan.
Asosiy uzatma ishlaganda aylantiruvchi moment kardanli uzatma-dan yetaklovchi val flanesiga va uning shesternasiga (1), undan yetakla-nuvchi konussimon shesternaga (2), oraliq val va uning shesternasiga (12), yetaklanuvchi silindrik shesternaga (5) va differensial detallari orqali avtomobil g'ildiraklari gupchagi bilan bog'langan yarim o'qlarga (7) uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |