Kardanli uzatma


YETAKLOVCHI G'ILDIRAKLAR YURITMALARI



Download 5,24 Mb.
bet6/10
Sana07.04.2022
Hajmi5,24 Mb.
#533662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kardanli UZATMA

18.10. YETAKLOVCHI G'ILDIRAKLAR YURITMALARI
Avtomobillarning yetaklovchi ko'priklarida aylantiruvchi moment differensialdan yetaklovchi g'ildiraklarga yarim o'qlar yordamida uzatiladi. Yarim o'qlarni ko'prik karteriga o'rnatilish usuliga qarab, ular eguvchi momentlardan qisman yoki to'la yuksizlantirilgan bo'lishi
mumkin.
To'la yuksizlantirilgan yarim o'qlar yuk ko'taruvchanligi o'r.tacha va
katta bo'lgan avtomobillarda, shuningdek, avtobuslarda qo'llaniladi.
B unday yarim o'qlar ko'prik ichiga erkin o'rnatiladi, g'ildirak gupchagi esa ko'prik to'siniga ikkita podshipnik orqali tayanadi (18.22-chizma, a).Yarim yuksizlantirilgan yarim o'qlar ko'prik
to'sini ichiga joylashgan podshipnikka tayanadi,g'ildirak gupchagi esa yarim o'q flanesi bilan bikrqilib biriktiriladi (18,22-chizma, b). Shuninguchun bunday yarim o'q aylantiruvchi moment
bilan va qisman eguvchi moment bilan yuklangan bo'ladi. Yarim yuksizlantirilgan yarim o'qlar yengil avtomobillar va ular bazasidagi yuk avtomobillarining orqa yetaklovchi ko'priklari mexa-
nizmlarida ishlatiladi.
G'ildirak uzatmalar ayrim katta yuk ko'ta-ruvchi avtomobillar-
da kardanli uzatma va yetaklovchi ko'prik mexanizmlari-
dagi yukla-nishlarni pasaytirish maqsadida qo'llaniladi.
Bunday uzatma sifatida ichki ilashmali oddiy silindrik shesternali
uzatmalardan yoki planetar u/atmalardan foydalaniladi


. Planetar uzatma
G'ildirakli planetar uzatmaning (18.23-chizma) yetaklovchi zvenosi yarim o'q (7) shlitsasiga o'rnatilgan va uchta shesterna - satellitlar (2) bilan ilashishda bo'lgan markaziy (quyosh) shesternadir (1). Satellit o'qlari (4) ko'prik to'siniga bikr (qo'zg'almas) mahkamlangan va g'ildirak gupchagi podshipniklari uchun tayanch vazifasini o'tovchi vodilaga (3) qo'zg'almas qilib o'rnatilgan. Satellitlar g'ildirak gupchagiga (6) boltlar vositasida qotirilgan tishli g'ildirak (chambarak) (5) bilan ilashgandir. Tashqi tomondan g'ildirak uzatma, qopqoq (8) bilan berkitilgan. Bu qopqoq tishli chambarak va g'ildirak gupchagi bilan birgalikda aylanuvchi karterni hosil qiladi. Bu karterga tishli ilashmalar va podshipniklarni moylab turish uchun moy quyiladi.
Planetar uzatmaning uzatish soni chambarak tishlari sonini markaziy shesterna tishlari soniga nisbati bilan aniqlanadi va 1,4 - 1,5 ni tashkil

. Oldingi yetaklovchi va boshqariluvchi g'ildirak yuritmasi


qiladi. Planetar uzatmaning yuklanish layoqatligi- va yeyilishga chidamliligi ancha yuqoridir, chunki bu uzatmada aylantiruvchi moment markaziy shesternadan chambarakka, satellitlar orqali uchta oqimda uzatiladi va g'ildirak gupchagida yana yig'iladi.
O'ta og'ir yo'llarda ham yura oladigan yuk avtomobillarida oldingi yetaklovchi va boshqariluvchi g'ildirak yuritmasi (18.24-chizma) yetak­lovchi mushtchasi yarim o'q (4) bilan bir butun holda yasalgan, burchak tczliklari bir xil bo'lgan kardan sharniri (5) orqali harakatlantiriladi. Sharnirning yetaklanuvchi mushtchasi yuritma vali (1) bilan tugallangan bo'lib, g'ildirak gupchagi (7) bilan bog'langan flanesga (8) shlitsali biriktirilgan. Gupchak buriluvchi kovak sapfaga (2) konussimon rolikli podshipniklar orqali tayanadi. Sapfa ajraladigan korpus ichida, shkvo-rcn (6) turumiga konussimon podshipniklar (3) bilan o'rnatilgan. Turumlar ko'prik to'sinining sferik kosachasiga payvandlab qo'yilgan. Shkvorenning tayanch podshipnigini yopib turuvchi yuqorigi qopqoq bir vaqtning o'zida sapfaning rul boshqarmasi bilan bog'langan buruvchi richagi hamdir.
Yengil avtomobillarda har bir oldingi yetaklovchi g'ildirak yuritmasi val bilan biriktirilgan va burchak tezliklari bir xil bo'lgan tashqi hamda ichki sharnirlar orqali harakatlantiriladi. Har bir g'ildirak yuritmasida ikkitadan sharnir ishlatilishi, oldingi g'illiraklar mustaqil osmasining konstruksiyasi tufaylidir. Ichki sharnirlar osmalarni vertikal harajcatlanishidagi g'ildiraklarning siljishini, tashqi sharnirlar esa g'ildiraklarning vertikal o'qqa nisbatan burilgandagi siljishini ta'min-laydi. Bu avtomobillarning harakatlanish yo'nalishini o'zgartirish uchun zarurdir.

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish