Kardanli uzatmaning tuzilishi. 3HJ1-130 avtomobilining kardanli uzatmasi (18.17-chizma) bir-biri bilan biriktirilgan oraliq (1) va asosiy (6) kardanli vallardan iborat. Oraliq val, metall kronshteyni (4) bo'lgan rezina halqa (10) bilan qamrab turiladigan zoldirli podshipnikdan (11) tashkil topgan oraliq tayanchga (3) tayanib turadi. Oraliq valning oldingi uchiga kardanli sharnirning ayrisi payvandlangan, uning ikkinchi uchi esa shlitsali vtulka (2) ko'rinishida tayyorlangan bo'lib, unga asosiy val ulangan kardanli sharnir ayrisining (9) shlitsali uchi kiritilgan. Oraliq va asosiy kardanli vallarni o'zaro sirpanadigan qilib biriktirilganligi tufayli ularning umumiy uzunligi, yetaklovchi ko'priklarni notekis yo'llardagi vertikal ko'chishlarida bemalol o'zgarishi mumkin.
Kardan sharnirlari - quloqchalarida turumi va ninali podshipnigi (5) bo'lgan krestovina (8) o'rnatilgan ikkita ayridan (9) iborat. Har bir podshipnik ichida po'lat ninalari bo'lgan po'lat stakandan tashkil topgan bo'lib, ular ayrini quloqchalariga qopqoq, to'xtatkich plastina va ikkita bolt yordamida mahkamlangan. Ninali podshipniklar krestovinadagi kanallar bo'yicha zich-moydon (7) orqali moy yuborib moylanadi. Ayrilardagi tores zichlagichlar va o'zi harakatlanuvchi rezina salniklar podshipnik ichidagi moyning chiqib ketishiga yo'l qo'ymaydi.
Kardan vallar yupqa devorli po'lat quvurlardan tayyorlanadi va ularning uchlariga ayrilarning quyruqlari zichlab kiritiladi hamda payvand-lab qo'yiladi. Yig'ilgandan so'ng kardan vallari kardanli uzatma ishla-ganda hosil bo'ladigan titrashlarni kamaytirish maqsadida balansirla-nadi (muvozanatlanadi).
ASOSIY UZATMA Asosiy uzatmalarning turlari va vazifalari. Asosiy uzatma aylantiruvchi momenta! ko'paytirish va uning yo'nalishini avtomobilning bo'ylama o'qiga nisbatan to'g'ri burchak ostida o'zgartirish uchun xizmat qiladi. Shu maqsadda, asosiy uzatma konussimon shesternalardan tayyorlanadi. Shesternalar soniga qarab asosiy uzatmalar, bir juft shesternadan iborat bo'lgan yakka konussimon uzatmaga va bir juft konussimon hamda bir juft silindrsimon shesternalardan iborat bo'lgan qo'shaloq uzatmalarga bo'linadi. Yakka konussimon uzatmalar ham o'z navbatida oddiy va gipoid uzatmalarga bo'linadi.