Ferment tashuvchi bog’ini mustaxkamligiga ta’sir etuvchi boshqa omillar
Immobilizasiya bo’lgan fermentni tashuvchi satxidan oson yuvilib ketmasligi uchun adsorbsiya qilingan ferment qatlami bifunksional agentlar bilan ishlov beriladi. Natijada, tashuvchi satxida fermentlarni bir-birlariga bog’langan holatidan iborat yupqa plenka hosil bo’ladi. Bifunksional agent sifatida glutaraldegid, gossipol va boshqalarni ishlatish mumkin.
Immobilizasiya qilishni original yo’li professor K.Martinek tomonidan namoyish etilgan. Buning uchun qisman kimyoviy destruksiyaga uchragan neylon iplaridan foydalaniladi. Tashuvchi, ferment eritmasiga solinadi va mexanik tortiladi, natijada neylonni g’ovaklari yiriklashib, unga fermentning joylashishi osonlashadi. Ma’lum vaqtdan keyin tortib turgan kuch olinadi va neylon yana o’z holatiga keladi, ferment esa g’ovaklarda siqilib qoladi. Elektr toki yordamida ushlash usuli, immobilizasiyaning yangi usullaridan bo’lib, membranalar yordamida ajratilgan elektrodlar bilan kollektorlarda elektr maydoni hosil qilinadi. Kollektor qilib silikagel, ion almashuv smolalari, minerallar ishlatilishi mumkin. Ferment kollektorlarda elektrostatik va dipol-dipollik o’zaro ta’sir kuchlari orqali ushlanib qoladi. Bu usulni yomon tomoni shundan iboratki, immobilizasiya tizimi hamisha elektr toki ta’sirida bo’lishi shart. Tok uzilsa yoki o’chsa ferment tashuvchidan yuvilib ketadi.
Adsorbsiya yo’li bilan immobilizasiya qilishning afzalligi va kamchiliklari
Afzalligi
|
Kamchiligi
|
Sorbentning arzonligi
|
Ferment va tashuvchi orasidagi bog’ni mustaxkam emasligi
|
Eksperimentlarni osonligi
|
Umumiy yagona yo’riqnomani yo’qligi
|
Bir vaqtni o’zida fermentni tozalash mumkinligi
|
Gel ichiga kiritish yo’li bilan immobilizasiya qilish Bu usulni mohiyati shundan iboratki, ferment molekulasi, qattiq to’qilgan polimer zanjirlaridan iborat bo’lgan gel hosil qiluvchi uchlamchi elaklarga o’rnatiladi. Zanjir bog’lari orasidagi masofa ferment molekulasidan kichik bo’lgani uchun, u maxkam siqilib turadi va polimerdan chiqib keta olmaydi. Ferment bilan tashuvchi orasidagi bog’ni mustaxkamligini oshiruvchi omil rolini ferment va tashuvchi gel orasida paydo bo’lgan vodorod bog’lari ham o’ynashi mumkin. Polimer zanjirlari orasidagi bo’shliq suv bilan to’ldirilgan bo’ladi. Masalan, akril kislotasi hosilalari asosida paydo bo’lgan gelda, uning miqdoriga qarab, 50 dan 90% gacha suv bo’lishi mumkin. Fermentlarni gelda immobilizasiya qilishning ikki usuli bor. Birinchisi, ferment monomer eritmasida eritiladi so’ngra polimerizasiya qilinadi. Bunday eritmaga ko’pchilik hollarda bifunksional agentlar ham qo’shiladi. Ikkinchisi, P.Bertfeld va Dj.Uenlar ishlatgan N-N' metilen-bisakrilamidni polimerizasiya qilish asosida olinadigan immobilizasiyalangan fermentlar.
Gelga kiritish yo’li bilan immobilizasiya qilish usuli o’zining soddaligi bilan ajralib turadi. Bu usul bilan fermentni xoxlagan geometrik konformasiyada (sferik zarrachalar va x.k.) olish va fermentni tashuvchi ichida bir tekis tarqalishiga erishish mumkin. Ko’pchilik polimer gellar o’zlarining mexanik va kimyoviy issiqqa chidamliligi bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar esa fermentlarni bir necha marotabalab ishlatish imkonini beradi. Bu usul universal usul bo’lib nafaqat barcha xildagi fermentlar, balki poliferment tizimlar, hujayra va hujayra fragmentlarini immobilizasiya qilish uchun ham to’g’ri keladi. Bu usulni ijobiy tomonlaridan yana biri - uni fermentga mo’tadillik berish imkoniyatidir. Va nihoyat bu usulda immobilizasiya qilingan ferment, bakteriologik zararlanishdan qo’rqmaydi chunki, ferment molekulasidan katta bo’lgan bakteriyalar gelni ichiga kira olmaydilar. Usulning eng katta kamchiligi ba’zi bir holatda polimer matrikslari substratni diffuziyasigi xalaqit beradi va shu tufayli fermentni faolligi past bo’lishi mumkin. SHunday ekan, substrat sifatida yuqori molekulali moddalar ishlatilganda bu usuldan butunlay foydalanish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |