Kafedrasi “biotexnologiya” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Ferment va "tashuvchi" orasidagi adsorbsion o’zaro ta’sirning tabiati



Download 17,32 Mb.
bet77/165
Sana22.06.2022
Hajmi17,32 Mb.
#692108
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   165
Bog'liq
biotexnologiya kompleks-2022

Ferment va "tashuvchi" orasidagi adsorbsion o’zaro ta’sirning tabiati
"Tashuvchi" satxida adsorbsiya bo’lgan ferment molekulalari har xil kuchlar hisobiga, xususan nospesifik Van-der-Vaals, elektrostatik, o’zaro ta’sirlar, vodorod bog’lari va gidrofob bog’lar hisobiga amalga oshiriladi. Sanab o’tilgan bog’larni nisbiy ishtiroki ferment molekulasidagi faollik guruhlari yoki "tashuvchi"ning kimyoviy tabiatiga bog’liq bo’ladi. Ko’pchilik hollarda asosiy vazifani elektrostatik o’zaro ta’sirlar va vodorod bog’lari tashkil etadi. Ba’zi vaqtlarda o’zaro ta’sir kuchi oqibatida "tashuvchi"ning tuzilishi buzilishigacha borish mumkin. Masalan, ba’zi o’simlik hujayralarini sitodeks granulalariga adsorbsiya qilinganda hujayra devori deformasiyaga uchragani kuzatilgan.


Fermentlar adsorbsiyasiga ta’sir etuvchi omillar

Adsorbsiya o’tish jarayoni va ferment bilan "tashuvchi" orasidagi bog’ni mustaxkamligi, ko’pchilik hollarda immobilizasiya qilish sharoitiga bog’liq bo’ladi.


Ferment adsorbsiyasiga ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi: tashuvchini g’ovakligi va sirtini faolligidir. Tashuvchini sorbsiya qilish hajmi uning sirtini faolligiga to’g’ri proporsional oqsil yoki fermentga kelganda bu qonuniyat faqatgina tashuvchini g’ovakligi oqsil molekulasidan anchagina katta bo’lgandagina o’z kuchini saklaydi. Tashuvchini g’ovakligi juda kichik bo’lganda, fermentlar g’ovaklarga sig’masalar, fermentlar uchun tashuvchilar satxining ma’lum bir qismigina foydali bo’ladi xolos. Bunday paytlarda tashuvchining sorbsiya qilish imkoniyatlari juda kam bo’ladi, boshqacha qilib aytganda, g’ovaklar qancha kichik bo’lsa, tashuvchining adsorbsiya qilish imkoniyatlari shuncha kam bo’ladi. G’ovaklarni mo’tadil hajmini hisoblashni birinchilardan bo’lib buni 1976 yilda R.Messing taklif etgan. U shisha va sopol materiallardan tashuvchi sifatida foydalana turib, ularni g’ovaklarini kattaligini (hajmini) o’lchab chiqdi va g’ovaklarni kattaligi ferment bo’yidan taxminan 2 marotaba katta bo’lgan hollarda tashuvchini adsorbsion imkoniyatlari maksimum bo’lishini tajribalardan isbotlab berdi. Bunday holda substratni molekulyar o’lchami fermentdan ancha kichik bo’lmog’i va sorbsiya qilingan ferment g’ovaklariga bemalol kirib turishlari lozim, albatta. Substrat molekulasining hajmi fermentnikidan katta bo’lgan hollarda tashuvchining g’ovakligi substrat molekulasi bilan belgilanadi. Ba’zi bir hollarda substratni o’zi tashuvchi vazifasini bajarishi ham mumkin. Masalan, sellyulaza fermentini immobilizasiya qilish uchun uning substrati bo’lgan sellyulozadan keng foydalaniladi.



Download 17,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish