2-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, Angliya Markaziy banki passivlarining
mutlaq
asosiy qismini, ya’ni 81 foizdan ortiq qismini tijorat banklari va Angliya
Hukumatining depozitlari tashkil etadi. Ushbu depozitlarga quyidagilar kiradi:
* Angliya tijorat banklarining Markaziy bankda ochilgan “Vostro” vakillik
hisobraqamlaridagi pul mablag’lari;
* tijorat banklarining Angliya Markaziy bankidagi muddatli depozit
hisobraqamlaridagi pullar;
* Angliya Hukumatining Markaziy bankda ochilgan joriy hisobraqamidagi
pullar;
*
Angliya
Hukumatining
Markaziy
bankdagi
muddatli
depozit
hisobraqamidagi pullar.
2-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, Angliya Markaziy banki passivlarining
hajmida salmog’iga ko’ra ikkinchi o’rinni muomalaga
chiqarilgan naqd pullar
egalalydi. Bu esa, naqd funt sterlingni naqat Angliya ichkarisida, balki xoriijy
mamlakatlarda ham ishlatilishi bilan izohlanadi.
AQShda monetar siyosatni Federal zaxira tizimi (FZT) amalga oshiradi.
AQSh FZT monetar siyosatni amalga oshirishda qayta moliyalashtirish
siyosati, ochiq bozor siyosati, valyuta siyosati va depozit
siyosatidan faol tarzda
foydalanadi. Majburiy zaxira siyosati FZT uchun monetar siyosat instrumenti
hisoblanmaydi.
FZTning kreditlari tijorat banklarining likvidliligini ta’minlashda muhim o’rin
tutadi. FZT tijorat banklariga bir vaqtning o’zida bir necha turdagi markazlashgan
kreditlarni taklif etadi. Xususan, diskontli kreditlar, lombard kreditlari, overdraft va
overnayt kreditlari keng qo’llaniladi.
AQSh Hukumati qimmatli qog’ozlari emissiya hajmining katta ekanligi
FZTga ochiq bozor siyosatidan monetar siyosatning asosiy instrumenti sifatida
foydalanish imkonini beradi.
AQSh FZT monetar siyosat instrumentlaridan makroiqtisodiy o’sish
sur’atlariga ta’sir etish maqsadida aktiv foydalanib kelmoqda. Masalan, 2001 yilda
AQSh iqtisodiyotida retsessiya belgilarining paydo bo’la boshlaganligi FZTni
“arzon pullar” siyosatini qo’llashga majbur qildi va natijada 2001-2004 yillarda pul
massasining oshishini rag’batlantiruvchi ekspansionistik
monetar siyosat olib
borildi. Ushbu siyosatning natijasi o’laroq, AQSh hukumatiga tegishli pul
mablag’lari bo’yicha belgilangan stavka 2001 yildagi 6,5 foizdan 2004 yil dekabr
oyiga kelib, 1,75 foizga tushdi
164
.
AQSh dollari kursining nobarqarorligi Yaponiya, Germaniya,
Frantsiya,
Buyuk Britaniya va Xitoy kabi mamlakatlarni ham tashvishga solmoqda. Chunki,
ularning xalqaro valyuta zaxiralarining asosiy qismi AQSh dollarida shakllangan.
Shu sababli, 1999 yil yanvarda Yaponiya va Germaniya Moliya vazirlari AQShga
dollar, evro va ienning kurslarini o’zaro bir-biriga bog’lashni taklif qildilar. Ammo
AQSh Federal zaxira tizimining o’sha vaqtdagi rahbari A.Grinspen va Moliya
vaziri R.Rubin ushbu taklifni qat’iyan rad etdilar. Ularning fikriga ko’ra, mazkur
uch etakchi valyuta kurslarini o’zaro bir-biriga bog’lashni joriy etish AQSh
164
OECD Economic Outlook, Vol. №73, 2003/ I. - June, pp. 38-39.
Federal zaxira tizimining ishsizlik va inflyatsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan
pul-kredit siyosatining mustaqilligiga putur etkazadi
165
.
AQShda 1913 yil 23 dekabrda qabul qilingan “Federal
zaxira tizimi
to’g’risida”gi qonunga muvofiq, Federal zaxira tizimi (FZT) monetar siyosatni
ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
AQSh FZTning oliy Boshqaruv organi bo’lib, Boshqaruvchilar kengashi
hisoblanadi. Aynan, Boshqaruvchilar kengashi monetar siyosatning asosiy, tayanch
masalalari bo’yicha qarorlar qabul qiladi.
Jumladan, Kengash, hisob stavkasini
o’rnatadi va o’zgartiradi, tijorat banklariga nisbatan majburiy zaxira
talabnomalarini belgilaydi, trattalarni qayta hisobga olish kontingentini aniqlaydi.
FZTning yana bir boshqaruv organi bo’lib, ochiq bozordagi operatsiyalar
bo’yicha Federal qo’mita bo’lib, u federal zaxira banklar savdo qiladigan davlat
qimmatli qog’ozlarini sotib olish va sotish strategiyalarini
ishlab chiqish bilan
shug’ullanadi.
AQSh FZTning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligining ta’minlanganligi
monetar siyosatning samaradorligini ta’minlashda muhim o’rin tutadi
166
.
AQSh FZT inflyatsion targetlashni qo’llamaydi, balki pul massasining o’sish
sur’atlarini nazorat qiladi. AQSh Kongressi 1978 yilda FZTga pul massasining
o’sish sur’atlarini nazorat qilish majburiyatini yukladi. Unga ko’ra, mamlakatda
baholar barqarorligiga erishish maqsadida har yili kelgusi yil uchun pul
massasining o’sish sur’ati FZT tomonidan e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: