2016 yil fevral oyida Qozog’iston Milliy banki bazaviy foiz stavkasini pul-
kredit siyosatining asosiy instrumenti sifatida o’rnatdi.
Bazavoy stavkaning joriy etilganligi moliya bozori ishtirokchilarining jalb
qilinadigan resurslarning bahosi xususidagi tassavvurlariga aniqlik kiritishi bilan
birga, Markaziy bank foiz siyosatining shaffoflik (oshkoralik) darajasini oshirishga
xizmat qiladi.
Qozog’iston Milliy banki tomonidan bazaviy stavkani o’rnatishda
inflyatsiya riski va moliyaviy barqarorlikni saqlash bilan bog’liq bo’lgan risklar
hisobga olindi va shuning natijasida bazaviy stavkaning yillik darajasi 17%
qilib
belgilandi.
Bazaviy stavkaning bu qadar yuqori belgilanishi qayd etilgan risklarning
yuqori bo’lganligi bilan izohlanadi va ushbu yuqori stavka milliy valyuta-
tengening nominal almashuv kursining barqarorligini ta’minlash imkonini berdi.
Shunisi ahamiyatliki, Qozog’iston Milliy bankining
bazaviy stavkasini
mamalakat moliya bozoridagi holatning o’zgarishi hamda inflyatsion va
devalvatsion kutishlardan kelib chiqqan holda, moslashuvchanligi ta’minlangan.
2016 yilning feralidan dekbriga qadar bo’lgan davrda Milliy bankning
bazaviy stavkasi 4 marta pasaytirildi:
* may oyida – 15 foizgacha;
* iyul oyida – 13 foizgacha;
* oktyabr oyida – 12,5 foizgacha;
* noyabr oyida – 12,0 foizgacha.
2. Inflyatsion targetlash rejimining qo’llanilayotganligi.
Inflyatsion targetlash pul-kredit siyosatini ekonometrik tahlil qilish va
prognozlash tizimiga asoslangan holda amalga oshirilmoqda
va bazaviy stavkani
o’zgartirish to’g’risidagi qarorni qabul qilishda muhim rol o’ynamoqda.
Qozog’istonda inflyatsiyaning maqsadli ko’rsatkichi o’rta muddatli davrga
mo’ljallanganligi sababli, ekonometrik tahlil choraklik davrdagi ma’lumotlar tahlili
asosida amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, prognozning aniqlik darajasini oshirish uchun aholi o’rtasida,
inflyatsion va devalvatsion kutishlarni baholash maqsadida, so’rovlar
o’tkazilmoqda.
Hozirgi
davrda,
Qozog’istonda
inflyatsion
targetlash
rejimi
qo’llanilayotganligi sababli milliy valyutaning almashuv kursi bo’yicha
maqsadi
ko’rsatkichlar belgilanmagan. Milliy valyuta-tenge erkin suzish rejimiga ega.
Xalqaro valyuta fondi ekspertlarining fikriga ko’ra, inflyatsiyaning maqsadli
ko’rsatkichidan pul-kredit siyosatining indikatori sifatida foydalanish uchun ish
haqining o’sishi, aholi bandligi darajasi va almashuv kursi bo’yicha maqsadli
ko’rsatkichlar belgilanmasligi lozim. Buning sababi shundaki,
milliy valyutaning
xorijiy valyutaga nisbatan kursining belgilanishi Markaziy bankni, o’zining pul-
kredit siyosatini, ana shu ko’rsatkichni bajarish uchun moslashtirishga majbur
qiladi. Bu esa, o’z
navbatida, Markaziy bankka inflyatsiyaning maqsadli
ko’rsatkichini ta’minlash uchun monetar instrumentlardan erkin va to’liq
foydalanish imkonini bermaydi. Natijada, pul-kredit siyosatining taktik
maqsadlarining mazmunida
ikki yoqlamalik, qarama-qarshilik yuzaga keladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3272-
sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar
to’g’risida”gi qarorida respublikamida inflyatsion targetlashni 2018 yildan boshlab
bosqichma-bosqich joriy qilish vazifasi qo’yilgan. Shu sababli, Qozog’istonning
inflyatsion targetlash borasidagi tajribasini o’rganish va undan foydalanish
imkoniyatlariga baho berish O’zbekiston uchun
muhim amaliy ahamiyat kasb
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: