r
5
KIRISH
“Monetar siyosat” fanini chuqur o’rganish moliya, bank ishi va boshqa
iqtisodiy sohalardagi muammolarni hal qilishda muhim rol o’ynaydi.
“Monetar siyosat” fanining maqsadi tinglovchilarga monetar siyosatning
iqtisodiyotni, jumladan, pul massasi, bank tizimi likvidliligini, pul bozorini tartibga
solish bilan bog’liq bo’lgan masalalarning tub mohiyatini singdirish
hamda
monetar siyosat sohasida qarorlar qabul qilishda ko’nikmalarini hosil qilishdan
iborat.
Mazkur maqsadga erishishning vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:
jumladan, monetar siyosatning asosiy nazariy masalalari, monetar siyosatning
mazmun-mohiyati, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda
mustahkamlashda uning ahamiyati;
xususan, monetar siyosatni amalga oshirish va uning bilvosita vositalaridan
foydalanish borasida xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribalarini mamlakatimizda
qo’llash masalalari bilan tinglovchilarni tanishtirish;
shuningdek, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan monetar siyosatning
maqsad va vazifalari, o’ziga xos xususiyatlari, inflyatsiya jarayonlarini tartibga
solish, monetar siyosatning samardorligini oshirish
va hozirgi zamon monetar
siyosatining
dolzarb
masalalarini
yoritib
berish,
monetar
siyosatning
ta’sirchanligini oshirishning oqilona yo’llarini ishlab topish kabi masalalar o’rin
olgan.
Uning asosiy maqsadi - iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida
zamonaviy monetar siyosat vositalari orqali muvofiqlashtirishning amaliy
holatlarini, Markaziy bankning monetar siyosat bo’yicha olib borilayotgan siyosati
bilan tanishish va boshqalardan iborat. “Monetar siyosat” fanini o’rganish
Markaziy bank monetar siyosatining asosiy xususiyatlarini, pul-kredit siyosati
instrumentlarining mohiyatini, pul muomalasini boshqarishni,
monetar siyosatni
rivojlantirish yo’nalishlarini bilish va nazariy bilimlarni amaliy bilimlar bilan
boyitishni vazifa qilib qo’yadi.
Monetar siyosat davlatning iqtisodiyotni tartibga solish siyosatining asosiy
yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Uning ob’ekti bo’lib, pullarga bo’lgan talab va
pullar taklifi hisoblanadi. Shu sababli, mamlakatda inflyatsion jarayonlarning
chuqurlashishiga yo’l qo’ymaslik, iqtisodiyotning pul mablag’lariga bo’lgan
talabini qondirish, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kredit institutlarining
kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish,
milliy valyuta kurslarining
barqarorligini ta’minlashda monetar siyosat muhim o’rin tutadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli
farmoni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da ilg’or xalqaro tajribada qo’llaniladigan
instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini takomillashtirish,
shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini
bosqichma-bosqich joriy etish va milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashni
r
6
makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish
sur’atlarini saqlab qolishning zaruriy shartlaridan biri sifatida belgilab berilganligi
1
monetar siyosat fanini o’qitishga nisbatan talablarni yanada kuchaytirish, shu
jumladan, ilg’or xorij tajribasini o’rganish va umumlashtirishga e’tiborni oshirish
zaruriyatini yuzaga keltiradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-
sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish buyicha birinchi navbatdagi chora-
tadbirlar tug’risida”gi farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017
yil 13 sentyabrdagi PQ-3272-sonli “Pul-kredit siyosatini
yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida pul-kredit siyosatining likvidlilikni berish
va jalb qilish operatsiyalari bo’yicha qo’llanilayotgan foizli instrumentlardan
foydalanishni kengaytirish, tijorat banklari tomonidan foiz stavkalarini
shakllantirishning bozor mexanizmlarini qo’llashni kengaytirish, makroiqtisodiy
tahlil va prognozlashni ilg’or xorij tajribasi
asosida takomillashtirish, pul-kredit
siyosatining shaffofligini oshirish kabi dolzarb vazifalarni qo’yilganligi mazkur
fanning o’qitishning dolzabligini yanada oshiradi.
O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida monetar siyosat instrumentlaridan
foydalanish amaliyotining takomillashmaganligi, uning taktik maqsadlari o’rtasida
qarama-qarshiliklarning mavjudligi, monetar siyosat indikatorlarini to’g’ri tanlash
bilan bog’liq bo’lgan dolzarb muammolarning mavjudligi kuzatilmoqda. Bu esa,
monetar siyosat masalasini tadqiq qilishga jiddiyroq yondashishni taqozo etadi.
Mazkur majmuada biz monetar siyosatning asosiy masalalari – strategik va
taktik maqsadlari, instrumentlari va indikatorlaridan
foydalanish jarayonlariga
alohida e’tibor qaratdik. Tahlil jarayonida asosiy e’tibor ilg’or xorij tajribasini
tahlil qilish va umumlashtirishga qaratiladi. Buning sababi shundaki, AQSh FZT,
EMB va Yaponiya Markaziy bankida, monetar siyosatni ishlab chiqish va amalga
oshirish borasida boy tajriba mavjud. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan amalga oshirilayotgan monetar siyosatning zamonaviy
holati ham tahlil qilingan.
Mazkur fanni o’rganish uchun magistr-iqtisodchi davlat ta’lim standartlarida
ko’zda tutilgan quyidagi iqtisodiy fanlar bilan bevosita aloqada buladi:
makroiqtisodiyot, iqtisodiyot nazariyasi, moliya, pul,
kredit va banklar, bank
menejmenti va marketingi, bank ishi,pul-kredit orqali muvofiqlashtirish, xalqaro
valyuta-kredit munosabatlari va boshqa maxsus fanlar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: