Kafedrasi abdullayev utkir azimovich



Download 4,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/157
Sana26.02.2022
Hajmi4,37 Mb.
#465877
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   157
Bog'liq
Monetar siyosat umk

 
 
66
Monetar siyosatning 2018 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari (21-27-бб.). www.cbu.uz. 


 
3-mavzu. Monetar siyosat vositalari va ularning amal qilish mexanizmi 
 
Reja 
 
1.
Monetar siyosat vositalarining (instrumentlari) turkumlanishi. 
2.
Qayta moliyalash siyosati
3.
Majburiy zaxira siyosati 
4.
Markaziy bankning ochiq bozor siyosati. 
5.
Markaziy bankning valyuta siyosati. 
6.
Markaziy bankning depozit siyosati. 
7.
Tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash 
8.
Tijorat banklari kreditlari foiz stavkalarining yukori chegarasiga nisbatan 
limitlar belgilash 
9.
Banklarning depozitlari foiz stavkalarining yukori chegarasiga nisbatan 
limitlar belgilash 
10.
Tijorat banklarining kreditlash xajmiga nisbatan limitlar belgilash; selektiv 
kreditlash 
1.Monetar siyosat vositalarining (instrumentlari) turkumlanishi. 
Xalqaro amaliyotda va iqtisodiy adabiyotda monetar siyosat instrumentlarini 
quyidagi ikki guruhga ajratish keng tarqalgan: 
1. Bilvosita instrumentlar. 
2. Bevosita insturmentlar. 
Monetar siyosatning bilvosita instrumentlariga quyidagilar kiradi: 
- qayta moliyalash siyosati; majburiy zaxira siyosati; ochiq bozor siyosati; 
valyuta siyosati; depozit siyosati. 
Monetar siyosatning bevosita instrumentlariga quyidagilar kiradi: 
- tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash; tijorat 
banklari kreditlari foiz stavkalarining yuqori chegarasini belgilash; tijorat banklari 
depozitlari foiz stavkalarining yuqori chegarasini belgilash; selektiv kreditlash. 
 
2.Qayta moliyalash siyosati 
Markaziy bank monetar siyosatni amalga oshirishda uning an’anaviy 
instrumentlaridan (qayta moliyalash siyosati, majburiy zaxira siyosati, ochiq bozor 
siyosati, valyuta siyosati va depozit siyosati) foydalanish muhim o’rin tutadi. 
Nafaqat taraqqiy etgan mamlakatlarda (katta ettilik davlatlari – AQSh, Yaponiya, 
GFR, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Kanada), balki o’tish iqtisodiyoti 
mamlakatlarida ham an’anaviy monetar instrumentlardan foydalanish monetar 
siyosatni amalga oshirishning tayanch vositalari vazifasini bajarmoqda.
Markaziy bank monetar siyosatni amalga oshirishda uning an’anaviy 
vositalaridan foydalanish muhim o’rin tutadi. Nafaqat taraqqiy etgan 
mamlakatlarda, balki o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida ham an’anaviy monetar 


 
instrumentlardan foydalanish monetar siyosatni amalga oshirishning tayanch 
vositalari vazifasini bajarmoqda.
Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati Markaziy bank tomonidan 
tijorat banklarini kreditlash bilan bog’liq bo’lgan tadbirlar majmui bo’lib, ushbu 
siyosat quyidagi uch xil kreditlash usulidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi: 
1. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi 
trattalarni qayta hisobga olish yo’li bilan, kreditlash usuli. 
Mazkur usulda berilgan kreditlar hisob yoki diskont kreditlari hisoblanadi, 
ularning foiz stavkasi esa, hisob yoki diskont stavkasi deyiladi. 
Markaziy bank har bir moliyaviy yil uchun oldindan trattalarni, ya’ni uzatma 
tijorat veksellarini o’zida qayta hisobga olish kontingentini belgilaydi. Qayta 
hisobga olish kontingenti hajmini belgilashda pul massasining o’sish sur’ati, 
inflyatsiya darajasi kabi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hisobga olinadi. 
Trattalarni qayta hisobga olish kontingentini mamlakatdagi tijorat banklari 
soniga bo’lish yo’li bilan har bir bank uchun belgilanadigan qayta hisobga olish 
limiti summasi aniqlanadi. Bu esa, limitni aniqlashning adolatli usuli hisoblanadi. 
Chunki, ushbu usulda barcha tijorat banklariga, ularning katta yoki kichikligidan 
qat’iy nazar, bir xil limit belgilanadi. Ammo ushbu usulning kamchiligi shundaki, 
bunda tijorat banklari aktivlari miqdori o’rtasidagi farq natijasida yuzaga keladigan
likvidli mablag’larga bo’lgan talab o’rtasidagi farq hisobga olinmaydi. 
2. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi qimmatli 
qog’ozlarni garovga olish yo’li bilan, kreditlash usuli. 
Ushbu usulda berilgan kreditlar lombard kreditlari bo’lib, ularning foiz 
stavkasi esa, lombard stavkalari deyiladi. 
3. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan to’g’ridan - to’g’ri kreditlash 
usuli. 
Mazkur usulda berilgan kreditlar overdraft, overnayt, kunlik va muddatli 
kreditlar shaklida bo’ladi. 
Markaziy bankning overdraft kreditlari tijorat banklarining milliy valyutadagi 
“Nostro” vakillik hisobraqamida yuzaga kelgan pul mablag’lari etishmasligi 
muammosini hal qilish maqsadida beriladi. 
Overnayt kreditlari bir sutkaga beriladigan kreditlar bo’lib, ular tijorat 
banklarida favqulodda yuzaga keladigan juda qisqa muddatli likvidlilik 
muammosini hal qilish maqsadida beriladi. 
Kunli kreditlar bir operatsion kun davomida beriladi. 
Dunyoning bir qator mamlakatlarida (Shvetsiya, Rossiya va boshq.) kunlik 
kreditlar Markaziy banklar tomonidan qimmatli qog’ozlarni garovga olgan holda 
foizsiz beriladi va ular milliy to’lov tizimini qo’llab-quvvatlash maqsadida 
beriladi
67

Qayd etish joizki, taraqqiy etgan mamlakatlarda Markaziy bankning hisob 
stavkalarini o’zgarishi makroiqtisodiy barqarorlikka, o’sish sur’atlariga bevosita va 
kuchli ta’sir ko’rsatadi. Masalan, AQShda iqtisodiy o’sish sur’atlarining pasayib 
borishiga barham berish maqsadida Federal Zaxira Tizimi (FZT) tomonidan hisob 
67
Моисеев С.Р. Денежно-кредитная политика: теория и парктика. Учебное пособие. – М.: Московская 
финансово-промышленная академия, 2011. - С. 723. 


 
stavkasining yillik darajasi 2004 yilning 30 iyunidan boshlab 1 % qilib belgilangan 
edi. Ushbu pasayish iqtisodiy o’sish sur’atlarining oshishiga olib keldi, ammo 
muomaladagi pul massasining ham oshishiga sabab bo’ldi. Natijada, FZT hisob 
stavkasini keskin oshirish, uning yillik darajasini 2007 yilning 10 may kuni 5,25 % 
qilib belgilashga majbur bo’ldi
68

So’nggi yillarda qator taraqqiy etgan mamlakatlarda Markaziy banklarning 
hisob stavkalarining beqarorligi kuzatildi. AQSh FZT 2004 yilning 30 iyunidan 
2007 yilning 10 mayiga qadar hisob stavkasini 17 marta o’zgartirdi. 2004 yilning 
30 iyunida FZT ning hisob stavkasi 1% darajasida belgilanib, oxirgi 46 yil 
mobaynidagi eng past hisob stavkasi hisoblanadi. 2007 yilning may oyidan 
boshlab FZT ning hisob stavkasi 5,25% darajasida belgilandi va uning bu qadar 
yuqori belgilanishi inflyatsiyaning kutilayotgan o’sish sur’ati bilan bog’liqdir.
2011 yilning 1 yanvar holatiga kelib, AQSh FZTning yillik hisob stavkasi 0,5 
foizni tashkil etdi
69

2017 yil 16 iyun kuni FZT hisob stavkasining yillik darajasini amaldagi 0,75-
1,0 foizdan 1,0-1,25 foizga oshirdi. Bu esa, FZT rahbariyatining fikriga ko’ra, 
davlat xarajatlarining o’sishi va tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini 
pasayishi natijasida baholarning o’sish sur’atlarining kuzatilayotganligi bilan 
izohlanadi. 
Angliya Markaziy banki qayta moliyalash siyosatidan inflyatsiyani jilovlash, 
uning o’sish sur’atlarini oshishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida faol tarzda 
foydalanadi. Bu esa, so’nggi yillarda uning hisob stavkasini tez-tez 
o’zgartirilishiga sabab bo’lmoqda. 2002-2007 yillar mobaynida Angliya Markaziy 
bankining hisob stavkasi bir necha marta o’zgartirilib, 2007 yilning iyul oyida 5,75 
% qilib belgilandi
70

Evropa Markaziy banki evrohudud iqtisodiyotining o’sishini rag’batlantirish 
maqsadida nollik foiz stavkasidan foydalanish bilan birga, aktivlarni sotib olish 
dasturini kengaytirdi va uzoq muddatli maqsadli kreditlash dasturi – TLTRO-II ni 
joriy qildi. Bu esa, o’z navbatida, iste’mol baholarining o’sishida va tijorat banklari 
tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga beriladigan kreditlar hajmining o’sishida 
muhim rol o’ynadi. 2016 yilning iyunida iste’mol baholari 0,1 foizga o’sgan 
bo’lsa, shu yilning dekabr oyida, mazkur o’sish sur’ati 1,1 foini tashkil etdi. 
2015 yilning dekabr oyida tijorat banklari tomonidan real sektlr korxonalariga 
berilgan kreditlar 0,3 foizga kamaygan bo’lsa, 2016 yilning dekabrida ular 
hajmining o’sish sur’ati 1,9 foizni tashkil etdi
71
.
O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida qayta moliyalash siyosatining qator 
instrumentlaridan foydalanish amaliyoti mavjud. Masalan, Rossiya Markaziy banki 
tomonidan overnayt, overdraft, lombard va muddatli kreditlar berish 
qo’llanilmoqda.
Qayd etish joizki, Rossiya Markaziy banki tomonidan berilayotgan 
lombardli kreditlar, respublikamiz amaliyotidan farqli o’laroq, nafaqat yuqori 
likvidli hukumat qimmatli qog’ozlari bilan, balki reputatsiyasi yuqori bo’lgan 
68
 
http://www.federalreserve
. gov sayti ma’lumotlari asosida umumlashtirildi.
69
 
http://lenta.ru/news/2011/01/06/rate/
 sayti ma’lumotlari.
70
http // lenta. ru/news/2007/08/01/rate/ sayti ma’lumotlari. 
71
The Pablication, 01.01.2017 www.ecb.eu. 


 
Rossiya kompaniyalarining qarz qimmatli qog’ozlari bilan ham ta’minlanmoqda. 
Bu esa, Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining lombard kreditlari hajmini 
oshirishga imkon bermoqda. 

Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish