infoCOM.UZ | O'zbekiston axborot kommunikatsiya texnologiyalari
O`ZB
РУС
Bosh sahifa
Jurnal haqida
Tahririyat bilan bog'lanish
Jurnal tahririyati
Reklama
Aloqa va telekommunikatsiyalar
Internet
Intervyu
Kompyuter o‘yinlari
Mobil aloqa
Qiziqarli fAKTlar
Sharh va fikr-mulohazalar
Tadbirlar
Tanlovga yuborilgan maqolalar
Texnologiya
Yangiliklar
Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar
Multimedia texnologiyalarining asosiy xususiyatlari
26.03.2017
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar, Texnologiya.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Keyingi davrlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining izchil sur’atlarda rivojlanib borishi axborot hajmining keskin oshishiga olib keldi, shu bilan birga, axborot oqimining tezligi ham oshib, shuningdek, axborot resurslariga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda.
Bunday holatlarda turli ko‘rinishdagi va hajmdagi diskret-uzluksiz axborot resurslarini tizimlashtirish, saqlash, uzatish, qabul qilish, ishlov berish, taqdim etish oson va qulay murojaat interfeysini, vaqt va zamondagi oqimining muvofiqligini ta’minlovchi matematik model, usul va algoritmlarni yaratish orqali foydalanuvchiga tushunarli, ishonchli, to‘liq, anglash va o‘zlashtirish uchun qulay holda axborot taqdim etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Multimedia jadal rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasidir. Multemedia texnologiyalarining izchil rivojlanishi natijasida turli ko‘rinishdagi diskret-uzluksiz axborotni saqlash, ishlov berish, murojaat va taqdim etish imkoniyatlari ham kengaya bordi, 2012-yilga kelib, 83 foizni tashkil etdi. Diskret-uzluksiz tizimi tabiatan turli ko‘plab elementlar (matn, ovoz, audio, videolavha va boshqalar)dan iborat, xususan, holati uzluksiz jarayonlar bilan ifodalanuvchi, cheklangan muddatli va elementli tizimning tahlili uchun hodisa ta’sir vaqtining muhim bo‘lmagan holatlarini diskret jarayonlar bilan ifodalovchi parallel va tarmoqlangan dinamik tizim bo‘lib hisoblanadi.
Uning asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar);
original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi.
Bunday integratsiya axborotni ro‘yxatdan o‘tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari:
muayyan vaqtdagi ish;
o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig‘ida ko‘rib chiqiladi;
video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o‘tkazish qobiliyati operativ va video-xotira, katta sig‘imli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo‘yicha almashuvi tezligini taxminan ikki barovar oshirilishi talab etiladi;
«inson-kompyuter» interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladi va bu holat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.
Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Multimedia tushunchasi hayotimizga o‘tgan asr 90-yillarining boshida kirib keldi. Hozirgi davrga qadar multimedia tushunchasi ko‘pgina mutaxassislar tomonidan turlicha tahlil qilinmoqda. Multimedia — bu informatika fanining dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video matn, grafika va animatsiya effektlari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishni mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir, degan ta’rif eng maqbuli deb hisoblaymiz.
Hozirgi kunda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda o‘qitish usuli ta’lim sohasi yo‘nalishlari bo‘yicha multimedia vositalaridan foydalanib, tatbiq qilinmoqda. Hatto har bir oila multimedia vositalarisiz, hordiq chiqarmaydigan bo‘lib qoldi. Statistika ma’lumotlaridan ma’lumki, multimedia vositalarining o‘tgan asr 80-yillarining dastlabki yili boshidagi yalpi oboroti jahon bo‘yicha 4 miliard AQSH dollarini tashkil qilgan, 1994-yilga kelib, 16 milliard AQSH dollarini tashkil etgan. Hozirgi kunda esa sotilayotgan har bir kompyuterni multimedia vositalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Kompyuterlarning o‘tgan asr 70-yillarida ta’lim sohasida keng qo‘llash yo‘lidagi urinishlar zoye ketganligi, avvalambor, ular unumdorligining nihoyatda pastligi bilan bog‘liq edi. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish samarasi an’anaviy usulga nisbatan ikki barobar unumli va vaqtdan yutish mumkin ekan. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30 foizgacha vaqtni tejash mumkin bo‘lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o‘quvchilar berilayotgan materiallarni ko‘rish asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlash 25–30 foizgacha oshadi. Bunga qo‘shimcha sifatida o‘quv materiallari audio, video va grafika ko‘rinishida mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75 foiz ortadi. Bunga multimedia vositalari asosida chet tillarini o‘rganish jarayonida yana bir bor ishonch hosil qildik.
Ma’lumki, kadrlarni qayta tayyorlash masalasida Jahon Valyuta Fondi, Umumjahon banki, Yevropa Ittifoqi komissiyasi kabi nufuzli tashkilotlar katta tajribaga egalar. Bunga ushbu tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan seminar va konferensiyalarning ishtirokchisi sifatida yana bir bor ishonch hosil qildik. Shuni ta’kidlash lozimki, avvalambor, o‘quv jarayonida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish tahsinga sazovordir. O‘z o‘rnida, multimedia vositalaridan keng foydalanish yo‘lida ayrim obyektiv muammolar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi, o‘quvchilar uchun kerak bo‘lgan o‘quv materiallari, qonunlar, me’yoriy hujjatlar va boshqa ko‘rsatmalarni qo‘llanma qilib, kompyuter dasturlarini ishlab chiqish zarurligidir. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlarida multimedia elementlaridan foydalanish esa kompakt disklarni qo‘llashni talab etadi.
Distant uslubi asosida o‘quvchilarni o‘qitish hozirgi kunning eng rivojlanib borayotgan yo‘nalishlaridan bo‘lib, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar ma’lum bir masofada joylashgan holda ta’lim berish tizimidir. O‘qituvchi va o‘quvchining ma’lum bir masofada joylashganligi, o‘qituvchining dars jarayonida kompyuterlar, sputnik aloqasi, kabel televideniyasi kabi vositalar asosida o‘quv ishlarini tashkil qilishini talab qiladi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining tez rivojlanib borishi, ayniqsa, axborotlarni uzatish kanallarining rivojlanishi telekommunikatsiya sohasiga o‘ziga xos tarixiy o‘zgarishlarni kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarilari va biznes bilan shug‘ullanayotgan kompaniyalar distant uslubi asosida birlashtirilsa, o‘qitish jarayoni va tijorat ishlari yanada yuqori darajaga ko‘tariladi.
Xulosa qilib aytganda, multimedia vositalari asosida o‘qitish quyidagi afzalliklar va imkoniyatlarni taqdim etadi:
berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati mavjudligi;
o‘quvchilarda ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqining yanada ortishi;
ta’lim olish vaqtining qisqarishi natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish mumkinligi;
olingan bilimlar xotirada uzoq saqlanib, zarur bo‘lganida amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishilishi mumkinligi va boshqalar.
Mualliflar: Saida Beknazarova, t.f.d, TATU, Islombek Abdullayev, TATU qoshidagi 2-akademik litsey o‘quvchisi
Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Qidiruv
Ruknlar
Aloqa va telekommunikatsiyalar (113)
Internet (513)
Intervyu (134)
Kompyuter o‘yinlari (113)
Mobil aloqa (2 038)
Qiziqarli fAKTlar (70)
Sharh va fikr-mulohazalar (973)
Tadbirlar (988)
Tanlovga yuborilgan maqolalar (62)
Texnologiya (649)
Yangiliklar (3 138)
Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar (261)
Bosmadan chiqdi № 12
InfoCom
№ 12, 2018 y.
Jurnal arxivlari
infoCOM.UZ arxivlari PDFda
«Kompas» jurnali
Statistika
HotLog
Teglar
Huawei
© 2002 — 2019. infoCOM.UZ
16+
Barcha huquqlar himoyalangan. Internet-OAV 0626-raqamli O‘zAАA litsenziyasi. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
Hamjamiyatlar
Telegramda kanal
Biz Facebookda
Biz Twitterda
RSSga obuna bo'lish
Forumda muhokama qilish
WordPressda ishlaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |