O’lka tarixini o’rganishda yozma manbalar va arxiv hujjatlarining
o’rni.
1). O’lkashunoslik fanini rivojlantirishda arxiv hujjatlarining ro’li.
2). Muassasa va davlat arxivlari.
3). O’zbekiston markaziy davlat arxivi.
4). AnDU arxivi va uning tarixi.
5). Arxiv hujjatlarida birlamchi malumotlarning o’rganilishi.
6). Tosh bitiklarda o’lkaning o’tmishini o’rganilishi.
7). Sopol idishlardagi rang tasvirlarni o’rganish orqali qadim tarixni o’rganish.
8). Muzey omborhonalaridagi topilmalarda yozma tarixiy malumotlarni jamlanishi.
9). Arxiv hujjatlarini o’rganish orqali vatan tarixini yoritilishi.
Javoblar:
1). O‘lkashunoslik fanini rivojlantirishda arxiv hujjatlarining roli. O‘lka tarixini o‘rganishda arxeologiya, etnografiya, yozma va moddiy madaniyat yodgorliklari bilan bir qatorda arxivshunoslik, ya’ni arxiv hujjatlaridan foydalanishning ahamiyati benihoya kattadir. Arxiv hujjatlarini qidirib topish, ular ustida ishlash va olingan ma’lumotlarni hayotga tadbiq etish bu juda murakkab ishdir. Arxiv-lotincha «arxivium»-hukumat binosi so‘zidan olingan. Lekin «arxiv» atamasining hozirgi qo‘llanish ma’nosi butunlay boshqa. Arxiv-bu idoralar, korxona va tashkilotlar, shuningdek tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan muassasa. O‘rta Osiyoda arxiv yozuv bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. 1948-1950 yillarda professor S.P. Tolstov qadimgi Tuproqqal’a xarobalaridan Xorazm shohlarining III va IV asr boshlariga oid qadimgi Xorazm tilida teriga yozilgan 150 ga yaqin hujjatlardan iborat arxiv qoldiqlarini topdi. Arxivshunoslik ishlari ham faqat 1917 yildan keyin o‘z ravnaqini topdi. 20- yillardan boshlab, arxiv ishlariga katta e’tibor berildi. Hujjatlarni saqlash va ulardan har tomonlama foydalanish maqsadida xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 1 iyunda «Arxiv ishini qayta qurish va markazlashtirsh haqida» deb nomlangan dekretiga asosan Moskvada Davlat arxivi fondi (DAF) tashkil etildi. Hozirgi vaqtda DAF tarkibiga to‘ntarishgacha bo‘lgan davr, to‘ntarishdan keyin barcha tashkilotlarning faoliyati, muassasalar va ayrim shaxslar shuningdek, tarixiy yozma yodgorliklar, huquq, san’at, adabiyot va hamdo‘stlik davlatlari xalqlarining maishiy ma’naviy madaniyati, kinofoto hujjat fondlari, kinofilm 5 negativlari, fotosur’atlar, ularni to‘ldiruvchi pozitivlar, grammafon, patefon plastinkalari va yozib olingan ovoz materiallari, ilmiy tarixiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa narsalar: illustrasiyalar qo‘lyozma negativlar, shuningdek agitatsiya va propaganda maqsadida nashr qilingan, plakatlar, varaqalar, chaqiriqlar, e’lonlar, mikrofoto hujjatlar kiritilgan.
2). Muassasa va davlat arxivlari. O‘zbekiston Respublikasida juda ko‘p arxivlar mavjud bo‘lib, ularni shartli ravishda 2 guruhga bo‘lish mumkin: muassasa arxivlari va davlat arxivlari. Respublikamiz hududida faoliyat ko‘rsatayotgan markaziy va mahalliy boshqaruv organlari (vazrliklar, hokimyatlar va boshqalar) turli tashkilotlar, korxona va jamoat tashkilotlari haqida joriy arxivlar mavjud, bunday arxivlar muassasa arxivlari deb ataladi. Muassasa arxivlarida hujjatlar ma’lum muddat saqlanadi. Shu boisdan bu arxivlarda saqlanayotgan hujjatlarning tarkibi o‘zgarib turadi. Belgilangan muddatdan so‘ng muassasa arxivlaridagi hujjatlar davlat arxivlari fondlariga topshiriladi. Hujjatlarning saqlanishi mazkur muassasalar faoliyati bilan bog‘liqdir. Davlat arxivlari shaxobchalari respublikamizning ma’muriy tuzilishi nizomida tashkil qilingan. Respublika davlat arxivlari zimmasiga quyidagi arxivlar kiradi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va davlat arxivlari, hamda ularni joylardagi organlari. 2. Respublika Markaziy davlat arxivlari.
3). Toshkentdagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi (O‘zR MDA) saqlanayotgan qimmatbaho hujjatlarning soni va mohiyati jihatidan O‘rta Osiyo respublikalari Markaziy Davlat arxivlari ichida eng yirigidir. Unda XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlanib, to hozirgi kunimizgacha bo‘lgan juda ko‘p sonli hujjatlar saqlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi va O‘zbekiston Sharqshunoslik instituti arxivida saqlanayotgan X-XX asrlarga oid vaqfnomalar va boshqa hujjatlar Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarining arxivlari bo‘lganligining guvohidir. To‘xtovsiz o‘zaro feodal urushlari, vayronagarchiliklari natijasida ko‘pgina arxiv hujjatlari yo‘q qilib yuborildi. Ayrim xonliklarda arxiv qoldiqlarigina saqlanib qolgan. Oktabr inqilobigacha Turkistonda davlat arxivi bo‘lmagan, faqat idora arxivi bo‘lib, tartibsiz holda, zax binolarda saqlangan. Bu arxiv hujjatlarining yoppasiga yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelgan.
4). Arxivning zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar kiradi:
ADU arxivi tashkilot hujjatlarini qabul qilish, Hisobga olish, saralash, ulardan foydalanish va davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tayyorlashdan iborat bo‘ladi.
Arxivga qabul qilingan yig‘majildlar va hujjatlarga fond tartib raqamlarini beradi;
Arxivda saqlanayotgan hujjatlarning ilmiy va amaliy qimmatini aniqlash uchun ekspertiza qilishni tashkil etadi, ish yuritish jarayonida hujjatlar qimmatini ekspertiza qilishda uslubiy yordam ko‘rsatadi;
Hujjatlarni davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tayyorlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan muddatlarda topshiradi.
Hujjatlardan foydalanishni tashkil qiladi va belgilangan tartibda ham manfaatdor tashkilotlarga, ham fuqorolarga ma’lumotnomalar, hujjatlardan ko‘chirmalar va nusxalar beradi;
Tashkilotning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda arxiv ishi va ish Yuritishda hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha me’yoriy-uslubiy hujjatlar (yo‘riqnoma, tavsiya, nizom, saqlash muddatlari ko‘rsatilgan hujjatlar ro‘yxati va boshqalar)ni ishlab chiqishda ishtirok etadi, ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalari bilan kelishib oladi; (O‘zR VM 18.03.2004y. 131-son Qarori tahriridagi band).
Do'stlaringiz bilan baham: |