1
10–MAVZU: ARXIV KATALOGLARI VA ULARNING TURLARI.
ARXIV HUJJATLARINING TAVSIFLARI.
REJA:
1. Arxiv kataloglari.
2. Arxiv kataloglarining turlari.
3. Arxiv hujjatlarining tavsiflari.
Tayanch tushunchalar:
Arxiv kataloglari, kataloglarning turlari, arxiv sharhlari, fondlar sharhlari,
arxiv ma’lumotnomasi, arxiv mavzulari bo’yicha sharhlar, arxiv hujjatlari, fond.
Katalog
-
bu
arxiv ma‟lumotnomalarining bir turi. Unda hujjatlar haqidagi
(varaqalarga yozilgan) axborotlar, mavzular tarmoqlar bo„yicha guruhlashtirilgan
bo„ladi.
Kataloglar bir fondga, arxivning barcha fondlariga, bir necha arxivlarga,
hatto respublika arxiv fondiga tuzilgan bo„lishi ham mumkin. Katalog fondlararo,
arxivlararo ma‟lumotnoma hisoblanadi. U arxiv ma‟lumotnomalari orasida muhim
o„rin tutadi.
Kataloglar bir arxivning bir necha fondlari, shuningdek
bir necha arxivlarda
saqlanayotgan hujjatlar tarkibi va mazmuni haqida to„la ma‟lumotlar olish
imkonini beradi. Arxivlarda kataloglar arxiv IMAning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Arxiv hujjatlarini kataloglashtirish.
Har bir davlat arxivida hujjatlarni
kataloglashtirish ishlari amalga oshiriladi. Arxiv hujjatlarini kataloglashtirish
deyilganda, kataloglar tuzish jarayonida
bajariladigan barcha ishlar, ya‟ni
kataloglarni tuzish tarx (sxema) larini ishlab chiqish, hujjatlarni topish, tanlab
olish, bayon qilish, shuningdek kataloglar turlarini, ularni tuzish usullarini aniqlash
ishlari nazarda tutiladi.
Kataloglar o„ziga xos tuzilishga ega. Tarmoq, muammo, mavzu, masala,
familiyalar, sanalar bo„yicha birlashtirilgan hujjatlar haqidagi ma‟lumotlar
katalogdagi bo„limlar, bo„linmalar, mavzular va boshqa bo„laklarni tashkil qiladi.
Kataloglar tuzilishini hujjatlar haqidagi axborotlar turkumi tarxlari belgilaydi.
Hujjatlar haqidagi axborotlarni turkumlash tarxi yozma yoki chizmali hujjatdir. Bu
tarx ma‟lum mantiq bilan joylashtirilgan va hujjatlardan
olingan axborotlarni shu
bo„laklari bo„yicha joylashtirishga mo„ljallangan katalogning turkum bo„laklari
ro„yxatidir. Mana shu tarx orqali hujjatlarni o„rganish, varaqa (kartochka)larga
bayon qilish va ularni katalogda guruhlash, joylashtirish amalga oshiriladi.
Katalogning turkum tarxi hujjatlarni topish, bayon qilish ishlaridan oldin tuziladi.
Tarx bo„laklari ma‟lumotnoma tuzuvchilar, mutaxassislar ishtirokida aniqlanadi va
2
belgilanadi. Turkum tarxi qancha to„la, mukammal, chuqur ishlangan bo„lsa,
hujjatlar mazmunini shuncha aniq ochib berish imkoni tug„iladi.
Hujjatlar haqidagi axborotlar
katalogda varaqalarga yozilib, joylashtiriladi.
Varaqalarda bayon qilingan axborotlar ayrim hujjat, bitta yig„majild yoki bir-biriga
o„xshash bir guruh yig„majildlarga tegishli ma‟lumotlarni o„z ichiga oladi. Shu
bilan
katalog
varaqalaridagi
ma‟lumotlar
yig„majildlar
ro„yxatidagi
ma‟lumotlardan farq qiladi. Ma‟lumki ro„yxatda bitta yig„majildga tegishli
ma‟lumot beriladi. Katalognipg ro„yxatdan ustun tomoni ham shundadir.
Katalogning asosiy bo„lagi – rubrika - sarlavha qismidir. Bu qismda aniq
masalaning nomi, shaxsning familiyasi, sana to„g„risida hujjatdagi ma‟lumotlar
bo„ladi. Katalog varaqasida shu hujjatning manzili ham yozilgan bo„ladi.
Tadqiqotchini shu masala
yoki familiya qiziqtirsa, hujjat shartli belgisi (shifri)-
manzilini yozib olib, arxivdan tezda topib foydalanishi va tadqiq qilishi mumkin
bo„ladi.