O’rni. O’lkashunoslik fanini rivojlantirishda arxiv hujjatlarining ro’li



Download 44,18 Kb.
bet2/2
Sana29.12.2021
Hajmi44,18 Kb.
#86566
1   2
Bog'liq
O'lkashunoslik 7-mavzu(1)

Universitet tarixi.

1931-yilda Farg‘ona davlat pedagogika insitituti qoshida Andijon kechki pedagogika instituti tashkil etildi. 1939-yilda institutda kunduzgi bo’limga ham talabalar qabul qilinib, til va adabiyot (o’zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti), fizika-matematika (fizika va matematika mutaxassislilari), tabiiy geografiya (tabiiy fanlar va geografiya), tarix fakultetlarida kunduzgi bo’limda 114 nafar, kechki bo’limda 152 nafar talabalar tahsil olgan.

Oliygoh 1939-1953-yillar davomida o’qituvchilar instituti sifatida faoliyat ko’rsatdi. Bu davrda u xalq ta’limi uchun 2500 dan ortiq pedagog kadrlar tayyorladi. 1952-yil 19-iyulda Ittifoq Oliy ta’lim vazirligi o’qituvchilar instituti negizida pedagogika institutini tashkil qilish to’g’risidagi buyrug’i chiqarildi. 1956-yilda institutga yangi bino qurib berildi (hozirgi Andijon viloyati xalq ta’limi xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi binosi). 1957-1976-yillarda institut rektori sifatida faoliyat yuritgan G.X.Abdullayev davrida institutda o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga katta e’tibor berildi hamda uning moddiy texnik bazasi mustahkamlandi. Bu davrda 30 dan ortiq pedagog xodimlar doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. 1966-yilda pedagogika instituti negizida tillar instituti tashkil etildi. 70-yillar boshida institut xodimlarining 50 foizi ilmiy daraja va unvonlarga ega bo’lgan. O’z navbatida bu kadrlar tayyorlash sohasida ham o’z natijalarini bergan.

1976 yilda institutga biologiya fanlari nomzodi (keyinchalik, biologiya fanlari doktori, professor, akademik) Akmal Qosimovich Qosimov rektor etib tayinlandi. Bu davrda institutda barcha jabhalarda o’sishga erishdi. Institutning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, kafedra va fakultetlar kengaydi. Ushbu davrda o’quv, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirishda katta yutuqlarga erishildi. 1981-yilda institutning hozirgi Universitet ko’chasidagi binosi qurib bitkazildi, 1982 yildan bino to’liq quvvat bilan ish boshladi. Bu yillarda A.Qosimov, G.P.Dubovskiy, X.Razzaqov, S.Vohidova, I.Po’latov, M.Mirzakarimov, M.Qoraboyev, Q.Yo’ldoshev, A.Nurmonov, A.Tojiboyev, R.Shamsutdinov va boshqalar doktorlik, 40 dan ortiq pedagoglar nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. 1989-90-o’quv yilida institutda 10 nafar fan doktori, 112 nafar fan nomzodlari faoliyat yuritgan. Shuningdek, talabalarni ham ilmiy ishlarga jalb etish darajasi ortib bordi. “ADPI talabalar ilmiy jamiyati” tashkil etildi. 1970-yilda 1007 nafar talaba ilmiy ishlarda ishtirok etgan bo’lsa 1989-yilda bu ko’rsatkich 1853 nafarga yetdi. Vaholanki, 1970-yilda talabalarning umumiy soni 4047 nafar, 1989-yilda 4035 nafarni tashkil etgan. Kunduzgi bo’lim talabalarining 92,8 foizi ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashdi.

Sport sohasida ham yutuqlar katta bo’ldi. Institutda tahsil olgan O’lmasova Svetlana – Ittifoqda xizmat ko’rsatgan sport ustasi, yengil atletika bo’yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, ikki karra Yevropa, 10 karra Ittifoq chempioni, Jahon kubogi sovrindori, Zamira Zaytseva – 3000 metrga yugurishda jahon rekordi sohibasi, Yevropa va Jahon chempionati kumush medali, SSSR-AQSH xalqaro turniri uch karra g’olibi, Feliks Pak – boks bo’yicha Yevropa chempioni, Ittifoqning besh karra g’olibi, Nail Muhammediyorov – og’ri atletika bo’yicha Seul olimpiadasi rekordchisi va boshqa nomdor sportchilar institut faxriga aylandilar.




AndDU

.

1993-yilda rektor vazifasiga qaytarilgan A.Qosimov 1995 yilda Oliy Majlis raisi o’rinbosari lavozimiga o’tgunga qadar faoliyat yuritdi. Universitetga 1995-1996-yillarda dotsent Bahrom Jalilov, 1996-2006-yillarda professor Sirojiddin Zaynobiddinov rektorlik qildilar. Bu davrda o’quv rejalar, darslik va o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlash, mavjud bo’lmagan darsliklarni markaziy oliy o’quv yurtlaridan keltirish, universitetga yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan taniqli olim va professorlarni jalb qilish, kutubxona faoliyatini tubdan yaxshilash bo’yicha qator amaliy ishlar bajarildi. 1996-1997-o’quv yilidan boshlab universitet qoshida litsey-internat faoliyati yo’lga qo’yildi.



2006-2015 yillar davomida universitetga biologiya fanlari nomzodi T.Madumarov rektor sifatida faoliyat olib bordi. 2015-yildan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari bo’yicha qo’mita raisi o’rinbosari lavozimiga saylangani bois lavozimidan ozod etilgan. Bu davrda o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy ishlar va ayniqsa, moddiy-texnik bazani mustaxkamlash sohalarida amalga oshirilgan ishlar natijasida universitet respublikada yetakchi oliy ta’lim muassasalari qatoriga qo’shildi. 2010-yili Vazirlar Mahkamasi qarori bilan universitet tarkibiga Andijon xorijiy tillar instituti qo’shildi.

O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2011-yil 20-maydagi PQ-1533-sonli qarori asosida, shuningdek, universitetda o’quv jarayonini yaxshilash, bir smenali o’qishni ta’minlash maqsadida universitetga 60 mlrd. so’m mablag’ ajratildi. Ushbu mablag’lar o’zlashtirilib, ADU 1000 o’rinli binosi, Fizika-matematika fakulteti uchun 500 o’rinli o’quv binosi, Axborot-resurs markazi binosi hamda 18x36 o’lchamdagi Barkamol avlod sport zali qurilib, foydalanishga topshirildi. O’quv jarayonini boshqarishni axborotlashtirish, dars jarayonlarini axborot kommunikatsion texnoligiyalaridan foydalangan holda yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish maqsadida 500 dan ortiq kompyuter, 16 ta lingofon, 67 ta proektor, 16 ta elektron doska va 68 ta ekran keltirildi.

Mustaqillik yillarida universitetda ilmiy ishlarda ham katta yutuqlarga erishildi. Ko’plab olimlar ilmiy maktablar yaratib, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorash ishida yuksak muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ulardan akademik Akmal Qosimov rahbarligida biofizika va biokimyo sohasida ko’plab fan doktori va fan nomzodlari muvaffaqiyatli himoya qildilar. Biologiya fanlari doktori, professor Abdurashid Dariyev rahbarligida 2 nafar fan doktori va 12 nafar fan nomzodlari dissertatsiyalarini himoya qildilar.

Olimlar qatorida filologiya fanlari doktori, professor Abdulhamid Nurmonovning samarali faoliyatini alohida ta’kidlash lozim. U o’zbek tilshunosligiga oid 50 yaqin darslik, risola, o’quv qo’llanmalari, 500 ga yaqin ilmiy, ma’rifiy maqolalar muallifidir. Uning rahbarligida 8 ta doktorlik, 30 ga yaqin nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

Tarix fanida o’ziga xos iz qoldirgan O’zbekistonda Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi, tarix fanlari doktori, professor, O’zbekistonda Arxivshunoslik fani otasi Ibrohimjon Alimov faoliyati ham juda samarali bo’lgan. Olim tomonidan yettita tilda 70 ga yaqin darslik, o’quv qo’llanma, monografiya, hujjatlar to’plami hamda 400 dan ortiq ilmiy, ma’rifiy maqolalar e’lon qilingan. Bevosita uning rahbarligida 8 ta doktorlik, 20 dan ortiq nomzodlik dissertatsiya himoya qilingan. 2015-yil may oyidan boshlab universitetga biologiya fanlari doktori, professor A.S.Yuldashev rektor etib tayinlandi va hozirgi kunga qadar samarali faoliyat ko’rsatib kelmoqda. So’nggi yillarda universitetda ta’lim taraqqiyotning yangi bosqichiga ko’tarildi.

So’nggi yillarda mehnat bozorini hisobga olgan holda qator zamonaviy ta’lim yo’nalishlari ochildi. Xususan, bakalavriaturada 5321000 – Oziq ovqat texnologiyasi (maxsulot turlari bo’yicha), Mexanika, Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi, Arxivshunoslik, Vokal san’ati, Cholg’u ijrochiligi, An’anaviy xonandalik kabi 10 ga yaqin yangi ta’lim yo’nalishlari, magistraturada Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi (bu mutaxassislik bo’yicha universitet tayanch hisoblanadi), Ekologiya, Ta’lim va tarbiya nazariyasi (maktabgaчa ta’lim), Ta’lim va tarbiya nazariyasi (boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi), Ta’limda axborot texnologiyalari, Ijtimoiy fanlarni o’qitish metodikasi (huquq ta’limi) kabi mutaxassisliklari ochildi.

Shuningdek, universitetda 2017-yildan maxsus-sirtqi, 2018-yildan boshlab sirtqi ta’lim tashkil etilib, 12 ta yo’nalish bo’yicha mutaxassislar tayyorlash yo’lga qo’yildi. 2015-2018-yillar davomida 7 ta doktrolik va 36 ta falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyalar muvaffaqiyatli himoya qilindi. Bu yillarda 2 mlrd 167 mln so’mlik davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi loyihalar va xalqaro grantlar o’zlashtirldi. Doktoranturaga qabul 31 ta o’ringacha oshirildi.

2018-yilda universitet tuzilmasida boshqalar uchun na’muna bo’ladigan “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi tashkil etildi.



8). Yozma manbalarni talabalarga tushuntirishning bir necha prinsipi mavjud. Birinchisi maxsus kataloglardagi manbaning tavsif prinsipidir. XIX asr oxirida paydo bo‘lgan Yevropa mamlakatlaridagi kataloglar ichida ingliz olimi Ch. Ryoning ko‘p tomlik arab, fors va turkiy tillardagi kataloglaridagi yozma manbani tavsiflash prinsipi o‘zining mukammalligi va puxta o‘ylanganligi bilan alohida ajralib turadi. Quyida til prinsipi asosidagi Ch.Ryoning «Britaniya muzeyidagi turkiy kulyozmalar» (London, 1888, ingliz tilida) (Ñataloguc of the Turkish Manuscripts in the British Museum by Rieu Charles.-London: 1888. 432 p.) katalogidagi manba tavsifi prinsipini keltiramiz. Unda yozma manbaning muzeydagi tartib rakami birinchi bo‘lib sarlavxa o‘rnida berilib, so‘ngra qo‘lyozmaning kodikologik xususiyatlari, varaqlar soni, o‘lchami, saxifadagi satrlar soni, satr uzunligi, xati, ziynatlari alohida, ixcham tarzda berilgan. So‘ngra asar nomi asl nusxada, ya’ni arab alifbosida va uning tarjimasi ajratilib berilgan. So‘ngra muallif nomi va asarning boshlanishi va oxiridagi jumlalar aslida, arab alifbosida keltirilgan. Ana undan keyin muallif to‘g‘risidagi va asar tarkibi, mazmuni bayon etilib, tavsif oxirida asar tarixnavisligi ya’ni o‘rganilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgan.
Download 44,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish