XVII – XIX asrlarda o’zbek adabiy tili
R e j a:
Adabiy tilning XIV asr oxiridan XVII asrgacha taraqqiyoti.
Eski o`zbek adabiy tili haqida.
O`zbek adabiy tili taraqqiyotida shoir Atoiyning o`rni.
Sakkokiyning o`zbek tili taraqqiyotidagi roli.
Lutfiy ijodi- adabiy til taraqqiyotida yangi davr.
XVI asrning yarimiga kelib mo`g`illarning mavqei pasaydi. Ularga qarshi sarbadorlar harakati kuchayib, ular hokimiyatni qo`lga oldi. Movarounnahr hokimligi Amir Temurga o`tdi. Mamlakat hayotida bir qancha ijobiy o`zgarishlar yuzaga keldi. Jumladan, fan va san`atning barcha sohalari, me`morchilik obidalari vujudga keldi. Bu davrda fan va adabiyotning ravnaqi bevosita o`zbek tilining takomiliga ham o`z ta`sirini ko`rsatidi. Amir Temur vafotidan so`ng mamlakat bir necha xon va beklilarga bo`linib ketdi. O`rta Osiyo hududida Mirzo Ulug`bek va hoxrux boshchiligida Movarounnaxr va Xurosoda mustaqil davlat tuzildi. Mirzo Ulug`bek va hoxrux vafotidan so`ng mamlakatda o`zaro feodal urushlari ancha kuchaydi. O`zaro urushlar natijasida tarqalib ketgan O`rta Osiyoda ko`chmanchi o`zbeklarning tazyiqi kuchaydi. Taxtga Husayn Boyqaro o`tirgach, mamlakat bir oz tinchiydi.
O`zaro kurashlar natijasida bo`linib ketgan Movarounnaxrga Abulxayrixon nabirasi hayboniyxon XVI asrda bostirib kirdi. Natijada qipchoq tili elementlarining adabiy tilga ta`siri kuchaydi.
Bosqinchilik urushlari olib borilayotgan bir paytda ham O`rta Osiyoda XIV-XVI asrlarda bir qancha fanlar sohasida buyuk olimlar etishib chiqdi. Suniy sug`orishga asoslangan xo`jalikni rivojlantirish. kemasozlik, dengiz sayohati va boshqalar atronomiya, geometriya, matematika kabi tabiiy fanlarning taraqqiy etishini taqozo etsa jamiyatning ma`naviy ehtiyoji gumanitar fanlarning o`sishini talab qilar edi.
Astronomiya sohasida buyuk ishlar qilindi. Tarix, adabiyotshunoslik, axloq, musiqa, harbiy ishlarga doir ilmiy asarlar yaratildi. Fanning turli sohalarida bo`lgan o`zgarishlar til formalari vositasida ifodalandi. Turli fanlarga doir yaratilgan tazkiralar, risolalarda ilmiy terminologiya qo`llana boshladi.Lekin u teminologiya va uslub islom dini qobig`iga o`ralgan edi. O`zbek tilidagi badiiy adabiyot rivojlandi.XV-XVIII asrlarda adabiyotning tematik doirasi ancha kengaydi, dunyoviy motivlarni kuylash ustunlashdi. Bundan tashqari adabiyotda g`azal,ruboiy, qit`a, tuyuq, qasida,noma,munozara, doston, hikoya, masal, memuar kabi yangi janrlar yuzaga keldi. Natijada adabiy tilning yangi uslubiy sistemasi paydo bo`ldi.
Markazlashgan davlat uchun kurash g`oyasini ma`lum bir g`azal yoki ruboiy doirasida bayon etish uslubi bo`lgan tazkira va doston janrining rivojlanishiga olib keldi.O`sha davrda markazlashgan davlat uchun faqat odil shohlar kurashdi, degan tendensiya mavjud edi. Odil shohlarni madh etish jarayonida adabiyotda qasida janri paydo bo`ldi.
eski o`zbek tilidagi shaklldosh so`zlardan, xalq qo`shiqlari uslubidan ustalik bilan foydalanish asosida tuyuq janri vujudga keldi. Tuyuqda omonim so`zlar so`z o`yini uslubidan qo`llandi. Adabiy tilda muammo janri ham paydo bo`lib, muammoda (yashiringan) ma`nodosh yoki shakldosh so`zlarni topib olib, bir tildagi so`zlarning ikkinchi bir tildagi ekvivalentini qo`llash, so`zlardagi ma`lum harflarni tuzib, yangi so`z yasash, abjad hisobini ishlatib raqamlar asosida so`z tuzish kabilar amalga oshiriladi.
Umuman o`zbek klassik adabiyotining taraqqiyoti o`zbek adabiy tilining grammatik va leksik jihatdan ishlanib, muammolashib borishga olib keldi. O`zbek adabiy tilining mukammallashib borishida Alisher Navoiy va uning zamondoshlari asarlari, diniy prozaik asarlar («Sirojul qulub», «Baxtiyornoma», «Tazkirai avliyo») vasiqanoma, davlat – ma`muriy yoriqlar, bir qancha lug`atlar, grammatikaga doir asarlar («Badoyul lug`at», «Abushka», «Lug`ati turkiy», «Kelurnoma», «Muhammad Rizo lug`ati», «Mabono`l lug`ati», «Sangloh», Fatx Alixon lug`ati, hayx Sulaymon Buxoriy lug`ati) asosiy omil bo`lib xizmat qiladi.
XIV asrning oxiri va XIX asrning ikkinchi yarmiga bo`lgan davrdagi adabiy til eski o`zbek tili termini bilan yuritildi. Ko`pchilik tyurkologik adabiyotlarda «chig`atoy lug`ati»deb nomlanadi.Ulardan kitobiy adabiy til haqida fikr yuoitilganda, «chig`atoy tili» termeni xalqni jonli so`zlashuvi tili asosida tarkib topgan adabiy til haqida fikr yuritilganda esa eski o`zbek tili termeni qo`llangan.
V,V. Radlov, A,M,hcherbak, Abulg`ozi Bahodirxon ta`kidlaganidek , chig`atoy tili sun`iy tildir.
Adabiy tilga jonli tildan ko`plab yangi elementlar kirib bordi. Lekin adabiy til bilan jonli til bir-biriga teng hodisa emas. eski o`zbek adabiy tili jonli tildan ancha uzoq edi, chunki unda arabcha, forscha elementlar va ma`lum qolibga kirib qolgan stilistik priyomlar mavjud edi.
Eski o`zbek tili bilan sharqiy Turkiston adabiy tilidagi o`xshash va farqli tomonlar quydagilardan iborat:
1. Fonetik xususiyatlar: harqiy Turkiston adabiy til yodgorliklari tilidagi so`zlarda dz tovushi kelsa eski o`zbek adabiy tilida bu tovush e bilan beriladi.
hart maylidagi fe`llarning oxiridagi r tovushi esa o`zbek adabiy tilida yo`qolgan, ya`ni barsarmen, barsarsen, borsarmiz,borsarsiz, borsar,borsarlar tipidagi formalar o`rnida brasam, barsang,barsak, barsangiz, barsang,barsalar tipidagi formalar qo`llangan.
So`z boshida keluvchi b tovushi m tovushiga o`tgan: ben, men, bangu-mangu, bung-mung kabi.
2. Marfologik xususiyatlari kelishiklar soni bir xil emas. M: harqiy Turkiston tilidagi qurol-vosita kelishigi eski o`zbek adabiy tilida qo`llanmaydi. harqiy Turkiston adabiy tilida ko`plik –lar,-ler,- an,en, t affikislari bilan eski o`zbek adabiy tilida, asosan –lar, ler affiksi bilan hosil qilingan.Sifatdosh formalari eski o`zbek tilida ancha qisqargan bo`lib, asosan –gan,gen,mish,-mish-r, affiksli formalar qo`llanadi.
3. Sintaktik xusiyatlari: eski o`zbek tilida arabcha, forscha so`zlarning hajmi bir oz ko`p, shunda ham turkiy til bilan nazm bitish tendensiyasi susaymadi.
Shoirlar turkiy tilni XIV-XVasrlardagi forsiy tilning nufuzi darajasida ko`tarish maqsadida bu tilda she`rlar, asarlar ijod qila boshladilar, adabiyotni ona tili asosida rivojlantirish uchun kurashdilar. Bu kurash o`zbek adabiy tili taraqqiyotida muhimrol o`ynaydi. Turkiy tilning nufuzi va taraqqiyoti uchun Alisher Navoiy va uning zamondoshlari Lutfiy,Atoiy, Zakkokiy,Yakuniy, Yusuf Amiriy, Axmadiy, Xujandiy, Mir Xaydar, Muqimiy, Gadoiy, Bobir munosib hissa qo`shdilar.
«Nazm dengizining tubiga sho`ng`ib she`riy durlar» yaratishga intilgan Atoiy o`zbek dunyoviy adabiyotining Navoiyga qadar etishgan atoqli namoyondalaridandir.
Atoiy xalq qo`shiqlari tilining soddaligi, ravonligi va musiqiyligidan ilhomlanadi va uni o`rganadi. U o`zining 260 g`azalidan 109 tasini xalq qo`shiqlari vaznida yaratdi. Bu narsa uning xalq og`zaki ijodini yaxshi bilganligini va xalq tili boyliklaridan bahramand bo`lib ijod etganligini ko`rsatadi.
Atoiy xalq maqollari va ta`birlariga katta e`tibor bilan qaraydi. U xalq maqollaridan foydalanish bilan o`z o`z g`azallarining mazmunini ham, til va badiiyligini ham boyitdi. Atoiy xalq maqollarini aynan keltiradi va ularning mazmunini she`riy misralarga singdiradi.
Boldi bagro`i suv gamingdin, yaxshilo`k kil, sal suga,
Axir, ey gul, xirmanni, albatta, zar ekkan orar.
Vasl noshi dunyada, bulmas, Ataiy, nishsiz.
Bundan tashqari Atoiy xalq tiliga xos hazil-mutoyiba tarzida aytilgan misralarda kontrast usulini qo`llaydi. Lekin u engil kulgiga jiddiy tus beradi.
Yuziga kor tike baksam, menge kulub aytur,
«Ataiy, ne kozi toymas gada emishtuksen?»
Atoiy xalq tili boyliklaridan ustalik bilan foydalanib, original o`xshatish, kinoya, mubolag`a, majoxuli orifona, lof kabi badiiy tasvir vositalarini yaratdi. hoir omonim so`zlar va turli birikmalar vositasi bilan chiroyli so`z o`yinlari yasadi va go`zal klassik tuyuqlar yozdi.
Desengkim: «Jan sipar kilgil Atayim!»
Turibmen ushmak, oldur, at, ayim.
Yuzingni, ey malaxat xani, bir ach,
Toya korsun seni bu mustaxik ach.
Atoiy asarlari tili Oltin O`rda yodgorliklarining tilidan farq qiladi.
Atoiy g`azallarida quyidagi til xususiyatlari uchraydi.
Jo`nalish kelishigi uchun –ga, ge, ka, ke affiksi forma bilan bi qatorda a, e affiksi forma ham keng qo`llangan:
Mim agzi bile zulfu kaddi lam alifdin,
ey vay, netey xasta kogil kaldi alamga.
Nazm baxrina chom, karina et durdek, Ataiy,
Darya yuzini chun xasu xashak kerektur.
Jo`nalish kelishigining – a, e affiksli formasi xozir jlovchi o`zbek shevalarida ham qo`llanadi. Lekin bu forma aslida o`g`iz tillariga xosdir.
O`rin – payt va chiqish kelishiklari qo`shimchalaridan oldin bir n tovushi orttiriladi:
Ul sanamkim, suv yakasinda paritek olturur,
Gayati nazuklikindin suv bile yutsa bolur.
Sifat yasovchi – gan, gen affiks – an, en formasida ham uchpaydi. M: kilan – kilgan, alan – algan kabi.
Buyruq fe`lining birinchi shaxs ko`pligi fe`l negizlariga – aling, eleng affiksini qo`shish orqali hosil bo`ladi: baraling, keleing, alaling kabi. Bu forma «Muxabbatnoma»da ham mavjud.
Atoiy g`azallari leksikasida quyidagi so`zlar uchraydi, okush (ko`p)ari) toe bakmak (qaramoq) meng) xolning kattasi) kamuk (hamma) esruk) mast) dudak) lab) ajun (dunyo).
Umuman, Atoiy g`azallari tilida XV asr boshidagi o`zbek adabiy tiliga xos xususiyatlar aks etgan bo`lib, uning asaralri XV asr o`zbek dunyoviy adabiyotidagina emas, balki o`zbek adabiy tili taraqqiyotiga ham munosib hissa bo`lib qo`shildi.
Alisher Navoiy ta`ribi bilan aytganda, Movarounnaxrda shuhrat topgan shoirlardan biri Sakkokiydir. U Ulug`bek zamonida yashab ijod etdi. hoir g`azallar va qasidalar bitdi. Sakkokiy ham Atoiy kabi xalq tili elementlaridan ustalik bilan foydalanib, original tasviriy vositalar yaratishga intildi. U tazot, tanosib, jonlantirish, laf va nashr kabi usullardan foydalanildi, o`xshatish, mubolag`a, majoz va boshqaturdagi tasviriy vositalarga murojaat qildi. Natijada xalq og`zaki ijodiga xos bo`lgan xalq qo`shiqlari uslubida g`azallar bitdi va xalq maqollari bilan o`z g`azallarining mazmunini, tilini boyitdi.
Sakkokiy tuyuq janrida asarlar bitmagan bo`lsa-da, uning g`azallaridan so`z o`yiniga usta shoirligi ma`lum.
Sakkokiy siyosiy lirikaning adabiy janri bo`lgan qasidachilikda ham qalam tebratdi. Ma`lumki, qasida davlat arboblariga, siyosiy va xarbiy voqealarga bag`ishlab yozildi. hoir Ulug`bekka atab yozgan qasidalarida uning ilmiy va siyosiyfaoliyatni maqtaydi. Ulug`beknng «Sulaymon zamon», «Nushiravon», «Muo tek», «hubon», «Atodin mehribon», «Xurshidi zamon» kabi sifatlar bilan ulug`laydi. Qasidaga xos bo`lgan uslubni Sakkokiydan keyingi shoirlar ham davom ettirganlar.
Sakkokiy asarlari qipchoq tili elementlariga nisbatanog`iz tili yoki arbiy adabiy til an`analarining ta`siri kuchlidir.
Sakkokiy asarlarida eyle, kil, et kabi ko`makchi fe`llar parallel qo`llangan.
Gul yozingni arzulab yuz kozin guzar eyledi,
Yuzungni korse, ko`lur gul ozini yuz para,
Vale, bu ranju badano` men ixtiyar etdim.
O`tgan sifatdosh fe`l negiziga – mish, mish affiksini qo`shish orqali hosil bo`ladi. Bu forma O`rxun-enasoy yodgorliklarida ham, undan keyingi yodnomalar tilida ham keng qo`llangan bo`lib, Sakkokiydan keyingi shoirlar siyrak uchraydi. M: Tun chaman ichra nikobin almish ul gul yuzidin.
Bol – fe`li va uning o`g`uz tillariga xos bo`lgan ol – formasi shoir asarlarda parallel qo`llanadi. Adalat bag`i sabz oldi, chu Noshiravon keldi.
O`z davrining «Malikul kalomi» bo`lgan Lutfiy o`zining ko`p yillik adabiy faoliyatini o`zbek dunyoviy adabiyoti va o`zbek adabiy tili taraqqiyotiga bag`ishlanadi. U davrining atoqli so`z sat`atkori sifatida o`zbek va fors-tojik tillarida yozilgan lirik she`rlarining «Gul va Navro`z» hamda «Zafarnoma» dostonlarining muallifidir.
Lutfiy g`azallarida va dostonlarida bir-biriga jo`r, ohangdosh so`zlarni qifoya qilish bilan birga, misralarning mazmunini kuchaytirish, ta`kid yo`li bilan asosiy masalaga e`tiborni ko`proq dalb etish uchun bir yoki bir necha so`zdan tarkib topgan radiflardan ustalik bilan foydalanadi.
Sensan severim, xax inan, xax inanma,
Kandur jigarim, xax inan, xax inanma.
Lutfiy o`zbek adabiy tilining jangovor kurashchisi sifatida xalq jonli tilida original asarlar ijod qildi. Xalq ta`birlaridan, maqol va aforizmlaridan ustalik bilan foydalanib, o`z she`rlarining mazmunan boy, badiiy puxta va o`tkir tilli bo`lishiga erishdi va yangi-yangi badiiy til vositasini original bayon etish usulini yaratdi. Bular o`z navbatda Lutfiyning o`zbek adabiy tilining boyishiga qo`shgan munosib hissasi bo`ldi. M: quyidagi she`riy misraga «Oyni etak bilan yopib bo`lmaydi» xalq maqoli singdirilgan:
el yuziga baksalar, olermen,
«Xurshidni, netey, yashursa bolmas».
O`sha davr adabiy tilida sinonimlar doirasi fors va arab tillaridan kirgan so`zlar hisobiga ham kengayib bormoqda edi. Lutfiy sinonim so`zlari bilan ustalik bilan foydalandi va o`z davriga xos badiiy uslubni vujudga keltirdi. U yav, xasm, dushman; lab, dudag, erin, yuz, araz, vasl, jamal kabi sinonimik qatorlardan ijobiy foydalandi:
Ayu kun yuzin bile laf ursalar, yoktur ajab,
Tutarmen kozki, korsam arazingni,
Tiler vaslingni Lutfiy, kil ijabat.
Ayu tangga kaldi, keche bakib ul jamalga.
ADABIYOTLAR:
Abduraxmonov G`., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1982.
Abduraxmonov G`., Rustamov A. Navoiy tilining grammatik xususiyatlari. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1984.
Aydarov G. Yazik orxonskogo pamyatnika Bilge-kagana. Alma-Ata, Izd-vo «Nauka», 1966.
Aydarov G. Yazik orxonskogo pamyatnikov drevnetyurkskoy pismennosti VIII veka. Alma-Ata, Izd-vo «Nauka», 1971.
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |